Pul ishlash uchun eng yaxshi va foydali hamkorlik dasturlarini qanday tanlash va nimalarga e’tibor berish kerak

pul ishlash uchun eng yaxshi hamkorlik dasturi qanday tanlash kerak

Salom do’stlar! Hamkorlik dasturlari to’g’risidagi maqolalar seriyasining beshinchi qismini, ya’ni pul ishlash uchun eng yaxshi hamkorlik dasturi to’g’risidagi mavzuni boshlaymiz. Qidiruv tizimlari orqali blogimga birinchi marotaba kelganlar uchun oldingi maqolalarni eslatib o’tsam:

  1. Hamkorlik dasturi nima degani va qanday ishlaydi
  2. Asosiy turlar va pul to’lash shartlari
  3. Bularda ishni nimadan boshlash kerak
  4. Bunday dasturlarni qayerlardan izlash kerak

Qayerdan izlashni o’rgandik, lekin ularni qanday tanlash kerakligini hali bilmaymiz.

Bugungi maqolamizda pul ishlash uchun, bu dasturlarni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak, eng yaxshi va foydalilarini qanday bilishimiz mumkin, shular haqida so’z yuritamiz. Albatta, men hozir o’zim sinab ko’rgan partnyorkalar ro’yxatini sizga taqdim qilishim mumkin, lekin, men bunday qilmayman.

Partnyorkalar katalogi

Sababi, har bir mahsulotning o’z auditoriyasi bo’ladi, yani mening auditoriyamda ishlagan sheriklik mahsuloti, sizning auditoriyangizga to’g’ri kelmasligi mumkin. Qanday mahsulotni reklama qilishingiz auditoriya qiziqishlariga bog’liq. Shuning uchun, mening vazifam, bu partnyorkalarni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak, qaysi taraflariga diqqatimizni qaratishimiz kerakligi haqida, sizga yo’nalish berish.

Chunki, internetda turli partnyorkalar mavjud, ularning orasida, aldoqchilari, sifatsizlari ham uchrab turadi. Agar, siz qanday tanlashni bilmasangiz, bekorga vaqt sarflab, hech qanday natijaga erisha olmaysiz, bu esa juda yomon.

Demak  boshladik…

Barcha internet kasblar haqida qo’llanma

Pul ishlash uchun eng yaxshi hamkorlik dasturi qanday tanlanadi

Yaxshi partnyorkani tanlash

Oldingi maqolamizda biz, partnyorkalarni qayerdan izlash kerakligini ko’rib chiqdik va siz, 5 – 10 dona partnyorkalarni topgan bo’lishingiz kerak. Bu maqoladagi malumotlarni o’sha partnyorkalarda sinab ko’rasiz. Agar, siz hali topishga ulgurmagan bo’lsangiz, bugungi mening ko’rsatmalarimni o’rganib chiqing va izlashni boshlang.

Mavzu va resurslarni tahlil (analizi) qilish  

Birinchi navbatda siz, sheriklik mahsulotlarini reklama qilishni mo’ljallayotgan o’z auditoriyangizni tahlil (analiz) qilishingiz kerak, yani, ijtimoiy tarmoqdagi gruppa va kanallaringiz, sayt yoki blogingiz, YouTube, pullik reklama turlari va hokazolar.

Qanday tahlil qilasiz? Bu yerda hech qanday analitika yoki statistikani bilishingiz shart emas. Shunchaki, qanday qiziqishlar bo’yicha mavzu yaratishingiz kerakligini mantiqan chamalab ko’ring. Va keyin, shu qiziqishlar asosida sheriklik mahsuloti yoki xizmatni tanlab olasiz.

Masalan, men manabu, Telegramda pul ishlash maqolasini yozishni rejalashtirganimda, qanday pullashtirishni o’ylay boshladim va bir nechita, shu maqolaga mos sheriklik mahsulotlarini topdim va shunga moslab maqolani yozdim. Va manabu, Internetda pul ishlash uchun TOP – 35 sayt nomli maqola ham xuddi shunday yozilgan.

Yana bir yo’li, yuqoridagi yo’lning teskarisi. Yani, siz oldin sheriklik mahsulotini o’rganasiz va keyin shu mahsulot uchun kontent yaratasiz va shu mahsulot uchun auditoriya qidirasiz.

Mahsulotning xaridorgirligi va mashhurligi, ommabopligi

xaridorgir mahsulotni tanlash

Mahsulotning xaridorgirligi, ko’proq, axborot mahsulotlariga tegishli – turli o’quv kurslari, treninglar, qo’llanmalar. Bularda, axborotlar tez eskiradi va xaridorgirligini yo’qotadi. Bazi mahsulotlarning mashhur va ommabop bo’lib, keyin yo’qolib qolganligini siz ham eslagan bo’lsangiz kerak.

Bu yerda men sizga hech qanday aynan misol keltira olmayman, buni tushunish uchun siz, o’z sohangizni va uning udumlarini tushunishga harakat qilishingiz kerak.

Hammasidan yaxshisi, mahsulotning xaridorgirligi yoki mashhurligi bilan emas, balki, bir odamning qandaydir muammosini yechuvchi, yordam beruvchi mahsulotlarni reklama qilishdir.

Sotuvchi sahifa

Sotuvchi sahifa tahlili

Deylik siz kerakli partnyorkani topdingiz. Keling endi shu dasturning yaxshi yoki yomon ekanligini tushunish uchun, qaysi nuqtalariga diqqatimizni qaratishimiz kerakligini aniqlab olaylik

Sizning tavsiyangiz bilan kelgan odam birinchi navbatda qayerga keladi? U sotuvchi sahifaga kelib tushadi va bu sahifa orqali sotuvchi varonkaga tushadi (sotuvchi varonka nimaligi hozircha sizga kerak emas). Bu sahifalarning ssilkalarini siz, o’sha partnyorkadagi shaxsiy kabinetingizdan topasiz.

Ssilkalarni toping va ustiga bosib sahifaga o’ting. Endi sahifani ko’zdan kechiring, sizga yoqadimi, sahifadagi barcha detallar aytilganidek ishlaydimi, sahifa mobil telefonda ochiladimi va hokazo.

Chunki, siz bu sahifaga odam olib kelgandan keyin, sahifaning hamma joyi ishlashi kerak. Bazida shunday holatlar bo’ladiki, siz odam olib kelasiz, a olib kelgan odamingiz qandaydir tushunarsiz sahifalarga tushib qolishadi va u odam sahifani tark etadi. Yoki, obuna bo’lish formasi ishlamaydi va obuna bo’la olmaydi. Oqibatda siz, pul va vaqtingizni ketgizasizu, lekin hech nima ishlay olmaysiz.

Agar sahifada qandaydir muammo borligini ko’rib qolsangiz va bu haqda sahifa muallifiga bildirsangiz, muallif ishonchiga kirasiz va o’zingizga yaxshi bo’ladi. Partnyorkalarda anchadan beri ishlayotgan odam sifatida shuni aytishim mumkinki, barcha sahifalarni har doim ham tekshirib tura olmaysiz, ko’pincha mijozlarning o’zlari xabar berishadi. Bazida yo’q sahifaga odam olib kelasiz, shuning uchun barchasini kuzatib turish kerak.

Sotuvchining obro’si 

Mahsulotning yoki muallifning taniqliligi. Ishlab chiqaruvchi brendi yoki shu mavzuning brendi. Mahsulotga (muallifga) qancha ishonch yuqori bo’lsa, shuncha mahsulotni sotib olish ehtimoli yuqori bo’ladi. Axborot mahsulotlari va xizmatlar ham shunday.

mashhur odam

Bazida sotuvchi sahifa juda xunik qilingan, lekin muallif, ishlab chiqaruvchi juda mashhur va saytda nima yozilganidan qat’iy nazar uning mahsulotini sotib olishadi. Bazida esa teskarisi, sahifa juda go’zal qilingan lekin, mahsulotni hech kim sotib olmaydi.

Sharh va izohlar

Malum bir mahsulot yoki sotuvchi haqida sharh va izohlarni internetda ko’plab o’qishingiz mumkin. Lekin, juda ishonchli dalil va isbotlar bo’lmasa, bunga ko’p ham ishonavermang! Chunki, izoh va sharhlarni to’g’ri kelgan odam, xohlaganini yozaverishi mumkin. Yoki, raqobatchilar buyurtma berishi mumkin va hokazo.

Shuning uchun, bazida shunday holatlar bo’ishi mumkin: mahsulot haqida internetda juda yomon gaplar yozilgan, lekin o’sha mahsulotni xarid qilib, o’zingiz sinab ko’rsangiz, juda foydali bo’lishi mumkin. Yoki teskarisi, mahsulot haqida juda yaxshi izohlarni o’qiysiz, lekin, sotib olib, sinab ko’rsangiz, hamma gaplar yolg’on bo;lib chiqadi.

Ha, bizning hayotimiz shunday qurilgan, 95% odam, boshqa birovning fikri bilan ish yuritadida, hayotdagi qancha imkoniyatlarni o’tkarib yuborishadi(((.

Nafaqat mahsulot va muallif haqidagi, balki sheriklik dasturi haqidagi izohlarni ham o’qib chiqing. Balkim shunda, bu partnyorka o’z mijozlarining foizlarini to’lamasligi, dastur egalari dasturni tashlab qo’yganligi yoki, mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limlari mijozlar so’rovlariga javob bermasligi aniq bo’lib qolar.

Oxirgi izoh qachon qoldirilganligiga qarang.

Ijtimoiy tarmoqdagi harakatlar

Ijtimoiy tarmoqlar

Hozirgi kunda deyarli barcha loyiha va kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqlarda kanallari mavjud, telegram chat, shaxsiy profil. Bularga ssilkalarni, mijozlarning ishonchiga kirish uchun, sotuvchi sahifalarda ko’rsatishadi.

Ularda, yangiliklar, aksiyalar haqida yozishadi. Ularni toping va bu kanallar hozirda yuritilyapdimi, mijozlar bir birlari bilan muloqot qilishyapdimi, shularni aniqlang. Agar hech qanday harakat sezmasangiz, demak, mahsulot bilan hech kim qiziqmayapdi va siz olib kelgan mijoz ham bu harakatlarni ko’rmasa, hech nima sotib olmaydi va siz ham vaqtingizni bekorga sarflaysiz.

Hamkorlik shartlari va to’lanadigan foizlar hajmi

Bu dasturlarning tashqi ko’rinishiga e’tibor berish bilan birga, ichki shartlariga ham diqqatni qaratish kerak. Bu jihatlarini biz, Hamkorlik dasturlarining turlari va pul to’lash shartlari nomli maqolamizda batafsil ko’rib chiqqan edik.

  • Targ’ibot qilish yo’llari. Balkim, siz mo’ljallayotgan reklama qilish yo’li, taqiqlangandir.
  • Mahsulot narxi va to’lanadigan foiz. Narx navo, sizning auditoriyangizga to’g’ri kelmasligi mumkin. Reklama qilishga sarflagan sarmoyangiz o’zini oqlamasligi mumkin.
  • Sizga to’lanadigan foizning tez amalga oshishi

Hamkorlik dasturining rivojlanishi

Asosiy e’tiboringizni ko’proq, hamkorlik dasturini rivojlantirish bilan shug’ullanishayotganliklariga qarating. Shaxsiy xonangizda, reklama uchun bannerlar, xabar textlari, videodarsliklar va qo’llanmalar mavjudmi. Mijozlarning e’tiborini tortish uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan.

Hamkorlar uchun turli vebinarlar, aksiyalar, turnirlar, bellashuvlar o’tkazilayapdimi. Qanchalik, mualliflarning o’zlari, hamkorlarga shart-sharoitlar yaratib bersa, shunchalik sizda yaxshi pul ishlash imkoningiz bo’ladi.

Shunday qilib, maqolamizga xulosa yasaymiz 

Bu malumotlarni o’rganib va tadbiq qilib, ishonamanki siz, eng yaxshi dasturlarni tanlab olasiz. Lekin, ularning ishonchli ekanligini, siz amalda sinab ko’rib bilib olasiz.

Agar siz, bu yo’nalishni endi o’rganishni boshlayotgan bo’lsangiz, unda sizga bazi bilimlar, faqat, tajribangiz ortgan sari keladi. Buning uchun, o’z sohangizni yaxshi tushunishni, auditoriyangizni va ko’proq mijozlar olib kelish o’rganishingiz kerak bo’ladi.

Izohlarda tushunmaganingizni so’rashingiz yoki qo’shimchalar qo’shishingiz mumkin. Men albatta javob beraman va yordamlashaman.

Partnyorkalar to’g’risidagi yangiliklarni o’tkarib yubormaslik uchun obuna bo’ling! Barchaga omad tilayman! Keying, “Ro’yxatdan o’tish va shaxsiy kabinet bilan qanday ishlash kerak” degan maqolada uchrashamiz, xayr!

Baholashni unutmang!
( 2 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: