Hamkorlik dasturlarini qanday va qayerdan izlash kerak: 5 ta eng yaxshi, asosiy yo’llari

Hamkorlik dasturlarini izlash

Assalomu aleykum do’stlar! Yana hamkorlik dasturlari haqidagi maqolalar seriyasini davom ettiramiz. Oldingi maqolalarimizda hamkorlik dasturi nima degani, ularning turlari va pul to'lash shartlari hamda, dasturlarda ishni nimadan boshlash kerakligi haqida yozgandik.

Bugungi, to’rtinchi maqolamizda biz, bu dasturlarni qayerdan va qanday izlab topish kerakligi to’g’risida so’z yuritamiz. Internetda pul ishlash uchun saytlar juda ko’p, lekin, ularning bazilarining hamkorlik dasturlarini topish biroz qiyinchiliklar tug’diradi. Bugun manashu muammolarni qanday qilib oson yechish yo’llarini ko’rib chiqamiz.

Xullas, eng qizigiga, yani, pul qanday ishlash kerakligiga yaqinlashayapmiz, bizdan uzoqlashmang, maqolalar seriyasini o’qishda davom eting!

 

Sheriklik dasturlari (партнерская программа) haqida qo’llanmalar

Hamkorlik dasturlarini topishning besh yo’li

Eng oson va qiziqarli yo’llaridan beshtasini ko’rib chiqamiz va har biri haqida to’liq malumotlar berib chiqaman. Albatta, izlashning boshqa yo’llari ham bor, lekin bular eng asosiylari hisoblanadi.

Partnyorkalar katalogi

Internetdan sotib olgan mahsulotingiz

Eng oddiy va ishonchli usul bu, o’zingiz sotib olgan, o’zingizda sinab ko’rgan mahsulotni tavsiya qilish. Internetdan sotib olganmisiz biron nima? Masalan, kiyim-bosh, texnika, qandaydir xizmatlardan foydalangandirsiz va hokazo. Qaysi saytdan sotib olgan bo’lsangiz osha saytga kirasiz va hamkorlik dasturining ssilkasini qidirasiz:

Sayt partnyorkasi

Odatda bu ssilka, saytning bosh sahifasida, yoki shaxsiy kabinet ichida bo’ladi, ular quyidagicha nomlanishi mumkin.

Runetdagi saytlarda:

  • Партнёрская программа,
  • Партнёрка,
  • Приведи друга — получи бонус,
  • Реферальная программа,
  • Зарабатывайте, рекомендуя данный продукт,
  • Зарабатывайте с нами,
  • Партнёрам.

Ingliz saytlarda:

  • Afilliate

O’zbek saytlarda:

  • Hamkorlik dasturi
  • Sheriklik dasturi

Masalan mana bunday ko'rinishda bo'lishi mumkin:

O'zbek sayt partnyorkasi

Internetdan mahsulot va xizmatlar qidirish 

Bu usul ham xuddi yuqoridagiga o’xshaydi, lekin siz bu yerda aynan bir mahsulotni yoki xizmatni qidirasiz. Oldin mahsulotni topasiz va keyin uning hamkorlik dasturi bor yo’qligini qidirasiz.

Yandex yoki Google qidiruv tizimlaridan biriga kirasiz va izlayotgan mahsulot yoki xizmat nomini yozasiz va izlash tugmasiga bosasiz. Faqat mahsulot nomini rus tilida yozasiz, masalan, “Смартфон”, “Маркерная доска”, “Курсы по похудению”, “Зарядные устройства для телефона” va hokazo.

Qidiruv tizimlari sizga, yuz minglab magazin va saytlar to’plamini ko’rsatadi. Xohlagan bir saytga kirib, uning hamkorlik dasturini qidiring. Agar, mahsulot reklamasi berilgan bo’lsa, ularni ham kirib ko’ring.

Qidiruv tizimlaridan partnyorka izlash

Men aniq bilaman, manashu uchta magazinda hamkorlik dasturi (Партнерка) bor.

Sheriklik dasturini (партнерка) mavzu bo'yicha qidirish

Bunda siz, partnerkalarni qidiruv tizimlaridan, aynan bir mavzu yoki kompaniyalarni qidirasiz. Barchasida ham partnyorkasi bosh sahifada yoki shaxsiy kabinetda bo’lavermaydi. Bazida, “Партнерская программа Aliexpress”, “Партнерская программа Ozon.ru” deb, yani, kompaniya yoki mahsulot nomini yozib qidirishga to’g’ri keladi.

Chunki, menga oxshab juda ko’pchilik mana shunday magazinlarning partnyorkalari haqida maqolalar yozishadi va siz shu maqolalar orqali partnyorkalarda qanday ro’yxatdan o’tishni bilib olasiz. Ha aytgancha, agar kimda kim shunday maqolalarni yozib pul ishlashni xohlasa menga yozinglar (admin@uzinterbiz.com), men hozir shunday odam qidiryapman, yaxshi pul ishlab olishingiz mumkin.

Partnyorkalarni mavzu bo’yicha qidirishning yana bir varianti, “партнерская программы здоровье”, “партнерки спортивных товаров”, “парнерки автомобильной тематики” va hokazo deb qidirishingiz mumkin. Qanday qidirishni o’rgansangiz, partnyorkalar qanchalar ko’pligiga hayron qolasiz, ular realni juda ko’p.

Katalog va forumlardan qidirish

Keyingi paytlarda partnyorkalarda pul ishlash juda mashhur va foydali bo’lganligi sababli, internetdagi foydalanuvchilarga qulay bo’lishi uchun, ularning hammasini bir joyga yig’ib, turli kategoriyalarga bo’lib boradigan resurslar paydo bo’la boshladi.

Siz uchun, o’zim tez tez foydalanib turadigan bir nechita catalog va saytlarni bir joyga yig’dim:

  1. Hamkorlik dasturlari katalogi 1.0 – bu bizning hamkorlik dasturlarida ishlashni o’rgatish bo’yicha onlayn marafon uchun yig’gan bazaviy sheriklik dasturlari. Siz u yerdan, bizning asosiy, to’liq katalogga qanday ega bo’lishingiz mumkinligi haqidagi malumotga ega bo’lasiz.
  2. Partnerskie-programmi.rupartnyorkalar katalogi
  3. Allpp.ru – partnyorkalar kataloi
  4. Info-hit.ru – o’quv kurslari va treninglar katalogi
  5. JustClick – axborot mahsulotlari katalogi. E’tibor bering, bu yerda oyiga 990 rubl deb yozilgan, lekin, bu siz uchun emas, sizga bepul. 990 rubl bu o’z mahsulotlarini sotadiganlar uchun. Siz shu yerda ro’yxatdan o’tasiz va mahsulotlarni reklama qilib pul ishlashingiz mumkin.
  6. Glopart partnyorkalar katalogi – turli kitob va axborot mahsulotlari. Bu yerda ro’yxatdan o’tib, mahsulotlarni reklama qilib pul ishlashingiz va o’z mahsulotlaringizni sotishingiz mumkin. 

Internetda bunday saytlar juda ko’p, lekin ularning ko’pchiligining faoliyatiga ancha bo’lgan. Shuning uchun ularning yangilanish sanasiga e’tibor bering!

Quyida bir nechita forumlar ro’yxati berilgan. Bu forumlarda sheriklik dasturlari muhokama qilinadi. Partnyorkalar haqida turli fikrlarni o’qishingiz, yangi dasturlar haqida va ko’plab malumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

  • https://searchengines.guru/forumdisplay.php?f=35
  • https://www.maultalk.com/forum15.html
  • http://webmasters.ru/forum/f18
  • http://mastertalk.ru/categories/partnerskie-programmy
  • https://webledi.ru/forum/index.php?board=3.0
  • http://moneyforum.biz/forums/partnerskie-programmy.322
  • https://www.info-forum.ru/forum/67-partnerskie-programmy/

Agar siz yana qandaydir foydali resurslarni bilsangiz izohlarda qoldiring, bu yerga qo’shib qo’yaman.

SPA – setlardan partnyorkalarni qidirish

SPA-set nima deganini manabu maqoladan o’qishingiz mumkin. SPA setni qisqacha qilib tushuntiradigan bo’lsam, bu, mahsulot muallifi va mahsulotni sotib pul ishlashni xohlagan odam o’rtasidagi posrednik sayt degani. Bu yerda ko’proq jismoniy tovarlar va qandaydir harakat uchun pul to’lanadigan mahsulotlarni topish mumkin. Masalan, turli dasturlar, o’yinlar, moliyaviy tashkilotlar va hokazolarda ro’yxatdan o’tganligingiz uchun pul to’lashadi.

SPA setlar:

  • ePN.com – bu setda eng mashhur internet magazinlar ishtirok etishadi. Masalan, Aliexpress, Ozon, Bang good, GearBest, Asos.
  • Admitad.com – juda ko’plab mashhur kompaniya va internet magazinlardan takliflar mavjud.
  • ActionPay.net – mashhur kompaniya va brendoviy internet magazinlar ishtirok qilishadi.
  • Gdeslon.ru – katta internet magazinlarning partnyorlik seti.
  • M1-Shop.ru – ko’plab turli mahsulotlar.
  • Advertise.ru – turli xizmatlar ko’rsatuvchi mashhur kompaniyalar partnyorlik seti.
  • Primelead.com.ua – Ukraina SPA seti. Ro’yxatdan o’tasiz, o’zingizga yoqqan magazinni (Oferni) tanlab, unga ulanasiz va sheriklik ssilkangizni olib, reklama qilishni boshlaysiz.

Xulosa  

Ko’rib turganingizdek hamkorlik dasturlarini (партнеркаларни) xohlagan auditoriya uchun toppish mumkin. Har bir soha uchun mahsulot va xizmatlar mavjud. Bu maqoladagi resurslar ro’yxatini kelajakda yana yangi malumotlar bilan to’ldirib boraman. Shuning uchun bu maqoladan kerak paytda foydalanish uchun zakladkaga olib qo’yishlaringizni tavsiya qilaman.

Keying maqolada qanday qilib bu, bir to’da partnyorkalar ichidan eng yaxshisini va foydalisini tanlab olishni ko’rsatib beraman. Chunki, sifatsiz va eskirgan partnyorkalarga juda ko’p vaqt sarflashingiz va oqibatda hech narsa ishlay olmasligingiz mumkin. Shuning uchun blog yangiliklariga obuna bo’ling, yangi maqolani o’tkarib yubormang

Fikr mulohazalaringiz va savollaringizni izohlarda qoldiring. Barchaga omad, xayr!

Maqolaga baho bering!
( 2 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 1
  1. Javohir

    Toshkent

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: