Qanday qilib, sheriklik dasturlarida pul ishlash mumkin? + Yangi boshlayotganlar uchun, «Партнёркаларда пул ишлаш 2.0» qadamba-qadam onlayn-marafonning BOSHLANISHI

Dasturda ishlash

Salom do’stlar! Internetdagi hamkorlik dasturlari to’g’risidagi maqolalar seriyasini davom ettiramiz. Va bugungi maqolamizda, bu dasturlarda qanday pul topish yo’llari mavjud, nimadan boshlash kerak va qayerlarda reklama qilish kerakligi haqida so’z yuritamiz. Va endi boshlayotganlar hamda shu ishga urinib, hech qanday natijaga erisha olmayotganlar uchun, o’zimning takliflarimni bermoqchiman.

Qisqa qilib aytganda, bugungi, bermoqchi bo’layotgan malumotlarim, hamkorlik dasturida qanday ishlash kerakligini tushunib olishingizda va nimadan boshlash kerakligini bilishingizga yordam beradi.

Maqolani o’qishni davom ettirishingizdan oldin, manabu “TOP-14 ta internetda pul ishlash turlari” nomli maqolani o’qib chiqishingizni xohlardim. U yerda men, butun internet qanday tuzilgan, pul qayerdan keladi va kim bu pulni to’laydi, shular haqida to’liq malumot berganman. Bu sizga, hamkorlik dasturlarida qanday ishlash kerakligini tushunishingizga imkon beradi.

Maqolani o’qib chiqishingiz uchun 5 daqiqa vaqt yetadi, o’qib chiqib, keyin bu maqolani o’qishda davom eting!

 

Sheriklik daturlari (партнерская программа) haqida qo’llanmalar

Hamkorlik dasturlarida qanday ishlash kerak? 

Qanday ishlash kerakligini ikki og’iz gapda shunday deyish mumkin: hamkorlik dasturlaridagi qaysidair mahsulotni olasizda internetda reklama qilasiz, odamlar sizning reklamangizdan o’tib mahsulotni sotib olishadi va siz har bir sotuvdan o’zingizga ajratilgan ulushni olasiz.

Partnyorkalar katalogi

Bir qarashda barchasi oddiy, lekin shu yerda quyidagi savollar paydo bo’ladi:

  1. Hamkorlik dasturidagi mahsulotlarni va xizmatlarni qayerdan qidirish kerak?
  2. Sheriklik dasturlarida qanday ro’yxatdan o’tish kerak va ssilka (havola) ni qayerdan olish kerak?
  3. Hamkorlik dasturlari bilan qanday ishlash kerak?
  4. Hamkorlik dasturlarining qanday turlari va to’lov foizlari mavjud?
  5. Ishlangan pul qanday va qayerdan olinadi?
  6. Sheriklik dasturlarida alohida shartlarga ega bo’lish uchun, dastur mualliflari bilan qanday gaplashish kerak?
  7. Doimiy daromad qanday yaratiladi?
  8. Va asosiy savol – qanday reklama qilish kerak?

Oxirgi savolga, javobni yuzlab keltirish mumkin. Reklama qilishning har bir yo’li uchun alohida maqolalar seriyasini yozishim mumkin, lekin, unda siz chalkashib ketasiz va sizga foydasi kamroq bo’ladi. Shuning uchun, agar sizga maqul bo’lsa, qanday reklama qilib, pul ishlashni real ko’rsatmalar bilan ko’rsatib, onlayn-marafon uyushtirishimiz mumkin. Takliflaringizni izohlarda qoldiring, sizning talablaringizni hisobga olgan holda harakat qilaman.

Onlayn-marafon qanday bo’ladi? – ketma-ket video darslarni ko’rasiz va oddiy vazifalarni bajarasiz, natijada esa daromadga chiqasiz. Sizga nafaqat bilim kerak, balki, cho’ntagingizga pul ham tushishi kerak, to’g’rimi?

Hamkorlik dasturlarida kimlar pul ishlay olishi mumkin? 

pul ishlash

Internetda, juda ko’pchilik odamlar hamkorlik dasturlari haqida bilishmaydi yoki bilishni istashmaydi. Bu bilan ular internetda xohlagan odam pul ishlay oladigan, eng daromadli va eng oson pul ishlash yo’li borligidan bexabar qolishadi. Bu dasturlarning yana bir eng muhim va ko’pchilik uchun zarur bo’lgan jihati, uyda o’tirib ishlash imkonini berishini bilishmaydi.

Mana, masalan siz, menga aytingchi, internetda, qachonlardir, do’stlaringizga, tanishlaringizga biron narsani tavsiya qilganmisiz? Qandaydir qiziqarli bir kinoni ko’rishnimi, qandaydir kitobnimi, kompyuter o’yinlarinimi, yoki yaxshi tovarlari bo’lgan internet magazinnimi, foydali sayt, kimningdir maqolasini, o’rgatuvchi video kurslar va hokazo…

Balkim sizdan qandaydir muammoni echish uchun, shu ish bilan shug’ullanadigan qaysidir odamni tavsiya qilishingizni so’rashgandir? Ishonamanki, har kimda bunday holat bo’lishi tabiiy. Lekin, siz shu holatda, kimnidir yoki nimanidir tavsiya qilib, moddiy manfaat ko’rganmisiz? Vaholanki, moddiy manfaat ko’rishingiz ham mumkin edi.

Bundan tashqari, hamkorlik dasturlari orqali, o’zingiz sotib olgan narsangizdan ham pul ishlashingiz mumkin, qiziq-a? Qanday deysizmi? – sotib olmoqchi bo’lgan mahsulotingizni topasiz, o’sha magazinning hamkorlik dasturida ro’yxatdan o’tasiz va mahsulotning sheriklik ssilkasini olasizda, shu ssilkadan kirib, mahsulotni sotib olasiz. Va sizning pulingizdan dasturda ko’rsatilgan summa, dasturdagi sizning hisob raqamingizga qaytib tushadi va siz uni xohlagan joyga yechib olishingiz mumkin.

Lekin, bunday usul, barcha sheriklik dasturlarida ham ishlayvermaydi, bular to’g’risida onlayn-marafonda tushuntirib, ko’rsatib o’taman.

Shunday qilib bu yo’l bilan, oddiy internet foydalanuvchisi ham bemalol pul ishlay olishi mumkin va buni katta biznesga aylantirish mumkin. Agar, siz internetda ishlayotgan bo’lsangiz, boshqalarga qandaydir xizmat ko’rsatayotgan bo’lsangiz yoki biznes qilayotgan bo’lsangiz, bu mavzuni o’rganmaslik, qiziqmaslik, qo’pol qilib aytganda, nonko’rlik desa ham bo’ladi. Chunki internetning 80-90% i, shu sherikchilik asosida ishlaydi.

Nimadan boshlash kerak, sarmoyali va sarmoyasiz yo’llari

nimadan boshlash kerak

Yuqorida aytganlarimdan ko’rinib turibdiki, hozirning o’zida, hech qanday xarajat qilmasdan, hamkorlik dasturlarida ro’yxatdan o’tib, biron-bir mahsulotni tavsiya qilib, pul ishlay boshlashingiz mumkin. Lekin, bunday ishlash, sizning asosiy daromadingizga qo’shimcha daromad bo’la oladi.

Agar siz bu ish bilan, asosiy daromad manbaiga aylantirish maqsadida, jiddiy shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, nima qilishingiz kerak? Bu holda, sheriklik mahsulotlarini reklama qilishning turli yo’l va usullarni o’z ichiga olgan, quyidagi ikkita yo’lni tanlashingiz kerak bo’ladi.

Birinchi yo’l – bepul yo’l. Hamkorlik mahsulotlarini reklama qilish uchun katta auditoriyaga ega bo’lgan o’zingizning, internetdagi resurslaringizni yaratishingiz kerak. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingiz yoki gruxingiz, o’z saytingiz yoki blogingiz, YouTube kanalingiz, email pochta bazangiz va hokazo.

Ikkinchi yo’l – pullik. Bunda, mahsulot reklamasi uchun pul sarflashingiz kerak bo’ladi. Masalan, ko’p auditoriyaga ega bo’lgan ijtimoiy tarmoqlardagi gruxlarda reklama postlar uchun, turli reklama beruvchi maxsus saytlarda, TOP yangilik maqolalarida reklama qilish uchun, banner reklama va hokazo.

Ikkinchi yo’l bilan har doim ham foyda olmasligingiz mumkin, chunki, bu yerda reklama qilish uchun, har bir yo’lni yaxshi bilishingiz, reklama berish sirlarini bilishingiz kerak bo’ladi. Aks holda sarflagan pulingiz o’zini oqlamasligi mumkin.

Shuning uchun, bu ishni endi boshlayotgan bo’lsangiz, quyida sanab o’tadigan, bepul yo’l bilan boshlashingizni tavsiya qilaman.

  Eng samaralilari:
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy akkauntingiz (VKontakte, Facebook, Odnaklassniki, Instagram). Bunda samaralilik, reklama qilayotgan mahsulotingiz, auditoriyangizga mos kelishiga ham bog’liq.
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi gruxlaringizda.
  • YouTube kanalingizda.
  • Shaxsiy blogingiz.
  • Sayt, forumlar, portallar.
  • Email bazaga avtomatik xatlar yuborish.
  • Mashhur gruhlar va bloglarda izoh qoldirish.
  • Forumlarda muloqotga kirishish.
  • Mashhur resurslarda maqola yozib qoldirish va hokazo.

Bularning barchasini bepul yoki arzimagan xarajat bilan qilish mumkin. Masalan, 20 – 30 000 so’m (4 ta Jizzax somsani puli) bilan shaxsiy blogni ochib, yuritish mumkin. Keyinchalik o’zidan kelgan daromad bilan rivojlantirish mumkin, muhimi tadbirkorligingiz.

Men ham bir paytlar xuddi shu yo’llar bilan boshlaganman, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimni yuritish bilan birga blogimni ham rivojlantirganman. Hozirgi kunda, yuqoridagi barcha yo’llardan foydalanaman.

Reklama berishning qanday turlari mavjud:
  • Google AdWords, Yandex Direkt
  • Tizer reklama
  • Banner reklama
  • VKontakteda reklama
  • Facebookda reklama
  • Email baza orqali reklama
  • Mashhur saytlarda reklama maqolalar berish
  • YouTubeda reklama berish 

Bular eng ommaboplari, ularning ko'pchiligini onlayn-marafonda o'rganamiz. Eng muhimi, agar siz faqat hamkorlik mahsulotlariga emas, balki o'z resurslaringiz uchun reklama sotib olsangiz, abonentlaringiz (xaridorlar) bazasi yig'iladi.

Hamkorlik dasturlarida yaxshi daromad qilish uchun asosiy yo’nalishlar shulardan iborat. Yuqoridagi yo’nalishlarning 2-3 tasini tanlab oling va nimani bilishingiz kerak, nima qilishingiz kerakligi to’g’risida kichkinagina reja tuzing.

Sizga kichkina topshiriq: birinchi navbatda, qaysi 2 – 3 ta yo’lni o’rganishni xohlaysiz va qanday savollar sizni qiziqtiradi, shular haqida quyida, izohlarda yozing. Bu bilan siz menga, sizga nima yetishmayotganligini tushunishimga yordam berasiz va men sizning muammolaringizni yechishga yordam beraman.

“Noldan boshlab, hamkorlik dasturlarida pul ishlash” onlayn-marafoni haqida

Onlayn-marafon nima degani? – Bu qadamba-qadam o’rgatuvchi kurs. Siz ketma-ketlik bilan berilgan darslarni o’rganasiz va har bir darsda berilgan oddiy topshiriqlarni bajarasiz.

Bu pul ishlash turining eng asoslarini birma-bir tahlil qilamiz, shaxsiy resurslarimizni yaratamiz, targ'ib qilishni o'rganamiz va ularga foydalanuvchilarni olib kelamiz.

Partnyorkalarda pul ishlash

Marafonda ishtirok qilish uchun, onlayn maktabimizda ro’yxatdan o’tishingiz kerak – uzinfobiz.com

Onlayn maktabda qanday ro'yxatdan o'tish va o'qishni boshlash kerakligini manabu sahifada bilib olishingiz mumkin.

DIQQAT! Do'stlar, marafon boshlandi, albatta marafonda ishtirok eting va o'zingizning bir umrlik moddiy bazangizni yarating!

Marafonning maqsadi nafaqat o’qitish, balki, shu sohaga qiziquvchilarni bir joyga yig’ib, fikr, tajriba almashish. Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin, siz, shu sohaga qiziquvchilarning ijtimoiy tarmoqdagi yopiq gruxiga azo bo’lasiz va hamfikr do’stlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo’lasiz.

Umuman, ko’p qiziqarli va foydali malumotlar berishni rejalashtiryabmiz, safimizga qo’shiling!

Bugunga tamom, keyingi maqolamiz, hamkorlik dasturlarini qanday va qayerdan izlash kerakligi haqida bo'ladi. Maqolada ko'rishguncha, xayr!

Maqolaga baho bering!
( 2 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 2
  1. Asilbek

    Man hoz qanaqb pul topaman ubu narsa sotwm keremi

    1. Umidjon Obudov (author)

      Salom. Internetda passiv daromad olish uchun, o'zingizning moddiy bazangizni yaratasiz. Siz hech nima ishlab chiqishingiz yoki yaratishingiz va uni sotishingiz kerak emas. Internetda sotiladigan mahsulotlar juda ko'p. Siz, internetdagi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringiz, saytingiz, va hokazolar orqali, mahsulotlarni tavsiya qilasiz xolos. Biz shularni qanday amalga oshirishni o'rgatamiz.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: