Hamkorlik dasturlarining (Партнерская программа) asosiy turlari va pul to’lash shartlari

Dasturlarning asosiy turlar

Salom do’stlar. Bugun biz, sizning eng yaxshi va foydali hamkorlik dasturini topib, sarmoyasiz pul ishlash va yaxshi daromad olishingiz uchun, internetdagi hamkorlik dasturlarining turlari va pul to’lash shartlarini ko’rib chiqamiz. Bundan oldingi maqolamizda biz, hamkorlik dasturi nima va nima uchun kerakligini va ishlash prinsiplarini o'rgangan edik.

Partnyorkalar katalogi

Hozir esa, hamkorlik dasturlarining turlarini ko’rib chiqishdan oldin, keling, internetda nima sotish mumkinligini bir o’ylab ko’ramiz. Agar siz, “Internetda pul qayerdan keladi va bu pulni kim sizga to’laydi” nomli maqolani o’qigan bo’lsangiz, bilasizki, bu yerda barchasi qandaydir mahsulotning sotilishi ustiga qurilgan. Internet – bu, faqat reklama qilish uchun bir qurol xolos. Shuning uchun bu yerda kimki sotishni bilsa, mahsulotga xaridor olib kelishni bilsa, och qolmaydi.

 

Sheriklik daturlari (партнерская программа) haqida qo’llanmalar

Internetda nima sotish mumkin?

Hamkorlik dasturlari orqali sotiladigan mahsulotlarni 3 turga bo’lish mumkin:

  1. Jismoniy mahsulot – bu, sotib olgan narsamizni qo’limiz bilan ushlashimiz mumkin bo’lgan mahsulot. Masalan, qurilish materiallari, eb – ichish, kiyim – kechak, uy jihozlari va shunga o’xshash tovarlarga buyurtma beramiz va sayt orqali pulini to’laymiz. Internet magazinlarning hamkorlik dasturlari haqida, oldingi maqolamda alohida misollar keltirib o’tdim.

internet do'kon

Bunday mahsulotlarga yana kino, musiqa, dasturlar, electron kitoblar va hokazolarni qo’shish mumkin...

  1. Axborot mahsuloti – bu alohida yo’nalish, yani infobiznes. Internet orqali axborot sotish juda qulay, hech qanday pul sarflash shart emas. Bu yo’nalishga, onlayn o’qitish (turli kasblarga, chet tillarga), maslahat (vrachlar, psixologlar, yuristlar) kabilarni misol qilish mumkin.
  2. Xizmatlar – bularga, masofadan turib ishlash (sayt tuzish, dizayn, reklama berishni sozlash, matn yozish va hk.), turli servizlar (xostinglar, CRM dasturlar, freelans birjalar va hk.), boshqalar (banklar, aloqa, taksi xizmati, mehmonxonalar ijarasi, aviabilet sotuvlari va hk.). Internet orqali o’z xizmatlarini eng ko’p sotadigan offlayn kasblar: go’zallik saloni, eb-ichish mahsulotlarini sotuvchi tashkilotlar, turli xil ko'ngilochar ob'ektlar va shularga o’xshaganlar misol bo'la oladi.

Pul to’lash bo’yicha hamkorlik dasturlarining uch turi 

  1. Sotganlik uchun to’lov 

CPS (Cost Per Sale) – mahsulot yoki xizmatni sotganligi uchun pul to’laydi. Barchasi oddiy, agar mijoz sizning ssilkadan o’tib, biror bir mahsulot sotib olsa, mahsulot narxining sizga ajratilgan foizini sistema sizga to’laydi.

  1. Malum harakat uchun to’lov

CPA (Cost Per Action) – malum bir harakat uchun pul to’lanadi. Bunda siz, sotgaligingiz uchun emas, balki, dasturning shartlariga qarab pul ishlashingiz mumkin. Ya’ni, masalan, siz olib kelgan foydalanuvchi, qandaydir dasturni qurilmasiga yuklab olsa va o’rnatsa, saytda ro’yxatdan o’tsa yoki kredit olishga ariza bersa va hokazo ishlar uchun sizga pul to’lashadi.

  1. Reklama beruvchi tarmoqlarning hamkorlik dasturlari

Bu yerda ishlash prinsipi shunday: siz qandaydir reklama beruvchi tarmoqlarning hamkorlik dasturiga ulanasiz va unga sherik bo’lasiz. Bularga, konteks reklama tarmog’i, tizer va banner reklama tarmog’iga o’xshaganlar kiradi. YouTube hamkorlik dasturlari ham shular jumlasidan.

Bunday dasturlarga sherik bo’lganingizdan keyin, har xil reklamalar saytingizda ko’rinishi uchun sizga kod beriladi va siz bu kodni saytingizga o’rnatasiz. Shartlarga ko’ra, reklamaning ko’rilgan soniga yoki reklama ustiga nechi marta bosilganligiga qarab sizga haq to’lanadi.

To’lanadigan foiz shartlari

Barcha kompaniyalar va loyihalar hamkorlik dasturlarini yaratayotganlarida o’zlarining shartlarini qo’yishadi, bularni biz hozir quyida ko’rib chiqamiz.

Bir darajali va ko'p darajali hamkorlik dasturlari

Bir darajali – bunda, olib kelgan xaridoringizga yoki sotilgan tovar uchun sizga bir marta foiz to’lanadi.

Ko’p darajali – bunda, olib kelgan xaridaoringizning o’zi ham ushbu dasturdan sherik sifatida ro’yxatdan o’tadi va hamkorga aylanadi. Va siz uning sotgan mahsulotidan ham o’zingizga ajratilgan ulushni olasiz.

MASLAHAT! Bir yoki ikki darajali hamkorlik dasturlari bilan ishlashni maslahat beraman, bundan ortig’i yaxshi daromad keltirmaydi.

2 darajali hamkorlik dasturi

To'lanadigan foizlarning qanday turlari mavjud?

  1. Butun oborotdan to’lanadigan foiz – xaridorning sarf qilgan pul miqdoridan sizga foiz ajratiladi. Masalan siz, to’lash sharti 10% bo’lgan magazinning hamkorlik dasturida qatnashyapsiz. Agar, xaridor sizning ssilkangizdan kelib, 20 000 rublga televizor va 10 000 rublga telefon sotib olsa, sizning ishlagan pulingiz 2000 va 1000 rublga teng bo’ladi.
  2. Mahsulot sotilganligi uchun belgilangan foiz – qanday mahsulot sotilganligidan qat’iy nazar, bir xil haq to’lanadi. Masalan siz, biron bir bankni reklama qilyapsiz deylik va sizning reklamangizdan mijoz kelib, haligi bankda hisob raqamini ochsa yoki kredit olsa, bank sizga, har bir keltirgan mijozingiz uchun, shartnomada belgilangan 500 rubl pulni to’laydi.
  3. Bir marta yoki butun umr to’lanadigan foiz – xaridor har oy to’laydigan mahsulotlar mavjud, masalan, har oy ko’rsatiladigan har xil xizmatlar yoki dasturlar uchun. Bunga yana, bir necha turdagi mahsulotlarni o’z ichiga olgan loyihalarni qo’shish mumkin. Bu loyihalarda, bir mahsulotga olib kelingan mijoz, boshqa mahsulotni sotib olishi mumkin.

Hamkorlik dasturlarining shartlariga ko’ra, siz, olib kelgan mijozingizning har bir sarflagan pulidan, bir marta yoki butun umr foiz olishingiz mumkin. Shunday qilib, hamkorkik dasturlari orqali doimiy daromad manbaini yaratish mumkin.

Masalan, McHost xostingining hamkorlik dasturida, o’zingiz tanlashingiz uchun bir nechita shartlar va ssilkalar berilgan:

mcxost hamkorlik dasturi

Hamkorlik malumotlarining saqlanish muddati qancha?

Birinchi, hamkorlik dasturlari haqidagi maqolada, ularning texnik tomondan qanday tuzilganligi, ishlash texnologiyasi, qanday esda saqlanadi va kuzatib borilishi to’g’risida to’liq malumot berib o’tdik. Shuning uchun, dasturlardagi diqqatni qaratadigan shartlaridan yana bittasi, bu – ID, identifikatorning (cookies) saqlanish muddati.

Identifikator, mijoz brauzerini (qurilmasidagi) yopgunicha saqlanishi mumkin (keyin o’chib ketadi), yoki butun umrga saqlanishi mumkin. Bu nima degani – xaridor sizning ssilkangizdan keladi va hech narsa sotib olmasdan, brauzerini yopib, kompyuterini o’chirib, chiqib ketsa (cookiening saqlash muddati bir necha soat bo’lgan taqdirda) va ertasiga qaytib kelib, mahsulotni sotib olsa, sizga bu savdodan foiz to'lanmaydi.

Reklama qilish shartlari 

Reklama qilish shartlarini ham unutmaslik kerak. Bazi hamkorlik daturlarining shartlarida, qaysi yo’llar, usullar bilan reklama qilish mumkin va qaysi yo’llar bilan reklama qilish mutloqo taqiqlanishi haqida batafsil yozib qo’yilgan. Diqqat bilan o’qib, shartlarga rioya qilishingiz kerak. Aks holda…

Aks holda, bunday shartlarni bajarmaslik, sizning ishlagan pulingizni ham to’lamasdan, hech qanday asoslarsiz, butunlay azolikdan mahrum bo’lishingizga olib kelishi mumkin.

Hamkorlik dasturlarida ishlash jarayonida shartlarni o’qimasdan, oson pul ishlash maqsadida, mahsulotga haddan tashqari yuqori baho berib, to’g’ri kelgan joyda SPAM qilib, reklama qilishdan foyda yo’q.

Bitta narsani tushuniи olishingiz kerak, spam qilib siz, nafaqat o’zingizning obro’yingizni tushirasiz, balki, kompaniyaga ham, boshqa hamkorlarga ham zarar уеtkazasiz. Shuning uchun reklama qilish shartlarini diqqat bilan o’rganish zarur.

Xulosa yasaymiz

Bu maqolada, sheriklik dasturlarining turlari, pul to’lash va boshqa shartlari to’g’risida tushuncha berishga harakat qildim. Keying maqolamizda, hamkorlik dasturlarida qanday pul ishlash kerak va nimadan boshlash kerakligi to’g’risida keng to’xtalamiz. O’tkazib yubormang, blog yangiliklariga obuna bo’ling!

Agar sizda savollar, tushinmovchiliklar bo’lsa, albatta quyida izohlarda qoldiring, albatta yordamlashaman

Barchaga omad. Xayr!

Maqolaga baho bering!
( 1 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: