Odnaklassnikida akkaunt sotib qanday pul ishlash mumkin, rivojlantirish yo’llari

odnaklassniki akkaunt sotish va pul ishlash qanday bo'ladi

Salom do’stlar! Odnaklassnikida akkaunt ochib, uni tezda rivojlantirib, mashhur qilib sotib, yaxshi pul ishlash mumkinligini bilasizmi? Bilmasangiz bilib qo’ying, ha, buning iloji bor, bo’lganda qandoq. Lekin, bu bir martalik pul ishlash bo’ladi. Yana pul ishlashingiz uchun, yangi akkaunt ochasiz va uni ham rivojlantirib, keyin sotishingiz mumkin. Demak bugun odnaklassniki akkaunt sotish va pul ishlash to’g’risida gaplashamiz.

Maqolani boshlashdan oldin eslatib o’taman: OK to’g’risidagi maqolalar seriyasining birinchi va ikkinchi qismlari, “turli topshiriqlar bajarib pul ishlash” hamda “profilda xizmat ko’rsatish, mahsulot sotish” haqida bo’ldi. Demak, bugun esa, akkauntni sotish haqida gaplashamiz.

Pul ishlashning bu turida nimalarni bilish kerak?

  • Maxsus mahoratga ega bo’lish: foydalanuvchilarni, siz bilan do’st bo’lishga va obuna bo’lishga qiziqtirish uchun, malum bir auditoriyani qiziqtira oladigan, qiziqarli o’yinlarni tezda topish;
  • Sarmoya kiritish: kerak emas;
  • Qancha pul ishlash mumkin: bitta akkauntni sotib, o’n mingdan bir necha o’n minggacha ishlashingiz mumkin.

Hali aytganimdek, bu bir martalik pul ishlash bo’ladi. Qachonki, shoshilinch pul kerak bo’lib qolganida yoki, rivojlantirilgan akkauntingizni shunchaki tashlab yubormaslik uchun, bunday ishni qilishingiz mumkin. Bu ish bilan ko’pgina biznesmenlar shug’ullanishadi. Siz ham urinib ko’ring. Balkim, bu siz uchun eng yoqimli mashg’ulotga aylanar…


Bu pul ishlash yo’lining eng muammoli joyi – akkauntga mijoz qidirish. Akkauntni rivojlantirishga ko’p vaqt sarflashingiz mumkin, ammo, oqibatda uni sota olmasligingiz mumkin.


Qanday akkauntlar mijozlar uchun qiziqarliroq:

  • Ko’p do’stlarga va obunachilarga ega;
  • Mashhur o’yinlar va dasturlar bilan to’ldirilgan, masalan, “Хроника хаоса”, “Битва за трон” va boshqalar.

Akkauntni qanday va qayerda sotish mumkin?

Odnaklassniki qoida qonunlarida, profilni sotish taqiqlanadi. Shuning uchun akkauntni, ijtimoiy tarmoqlarga ixtisoslashgan forum va servislar orqali sotasiz. Quyida bir nechita, shu ishni amalga oshirish mumkin bo’lgan servislar ro’yxatini keltiraman, bu yerda siz, nima sotishingiz haqida e’lon berasiz:

  • Garant Marker,
  • Antichat,
  • AccsMarket,
  • Zismo.biz,
  • Searchengines.guru,
  • OK Club.

Qaysi servisni tanlashingizdan qat’iy nazar, tranzaktsiyalar jarayonida (oldi-sotdi) kafolat xizmatidan foydalaning. Mijozning, “oldin barchasini tekshirishim kerak, keyin pulini to’layman” degan gapiga ishonib, akkauntga kirish malumotlarini hech qachon bermang. Juda ko’pchilik bunday aldovlarda kuyib bo’lgan, siz ham o’shalarning biriga aylanmang.


Qadamba-qadam qo’llanma

  1. Odnaklassnikida yangi profil oching va uni asosiy malumotlar bilan to’ldiring.
  2. Rivojlantirish yo’llaridan birini tanlang: turli o’yinlar bilan to’ldirish yoki, do’stlar va obunachilarni ko’paytirish.

O’yinli profillarni rivojlantirish

  1. Birinchi navbatda mashhur o’yinni tanlang. Qanday o’yinlarga talab ko’pligini aniqlash uchun, OK dagi, mavzuga oid, forumlar va guruhlarni o’rganing.
  2. O’yinlarda o’ynang va shaxsiy personajingizni yarating.
  3. O’yinda yuqori darajaga yetganingizda, forumlarda, akkauntni sotish to’g’risidagi e’lonni joylashtiring va mijozlarning fikr-mulohazalarini kuting.

Ko’p do’stlar va obunachilarga ega bo’lish uchun ochilgan profilni rivojlantirish

  1. O’zingizning maqsadli auditoriyangizni tanlang. Masalan, 30 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan, bolali ayollar.
  2. Barcha, shu yoshga to’g’ri keladigan foydalanuvchilarga do’st bo’lishni taklif qiling.
  3. Bir necha ming do’stlarga ega bo’lgach, akkauntni sotuvga qo’ying. E’londa, qanday auditoriya yig’ganingizni yozing.

Quyidagi suratda, “Garant Marker” forumidagi, akkauntlarni sotish to’g’risidagi e’lonlarni ko’rishingiz mumkin:

Elonlar skrini

Xulosa

Do’stlar, ha bilaman, bu ish bilan juda ko’pchilik shug’ullanishmaydi yoki bilishmaydi. Shunday bo’lsa ham, bu ishda yaxshi daromad qilish mumkin. Urinib ko’ring, faqat yuqoridagi maslahatlarni esingizdan chiqormang. Barchaga omad tilab sizlar bilan xayrlashamiz. Keying maqolamiz “Guruxlarda pul ishlash” to’g’risida bo’ladi, albatta o’qing.

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: