Odnaklassniki profili orqali pul ishlash: xizmat ko’rsatish, qo’lda ishlangan buyumlarni sotish, mahsulot olib sotish

Odnaklassniki profildan pul ishlash

Assalomu aleykum Odnaklassniki ixlosmandlari. Profilingizni daromad manbaiga aylantirishni istaysizmi? Agar javobingiz “Ha” bo’lsa, unda bu tarmoq haqidagi maqolalar seriyasini o’qishda davom eting. Bundan oldingi maqolamizda biz, «Ok.ru saytidagi profilimizda turli topshiriqlar bajarib pul ishlash«ni o’rgangan edik. Bugungi maqolamizning mavzusi esa, sarlavhada o’qiganingizdek, odnaklassnikida pul ishlash: o’z xizmatlaringizni ko’rsatish, mahsulot sotish kabilarni o’rganamiz hamda hech nima qila olmaydiganlar uchun ham,  bir yo’l o’ylab topamiz.

Siz qandaydir sohada mutaxasis bo’lsangiz, biron mahsulotni qo’lda yasay olsangiz, masalan, sandiq, beshik, mebel, yoki bo’lmasam, qandaydir haykalcha, bolalar uchun o’yinchoqlar, to’qima savatchalar va hokazolar.

Yoki, qo’lingizdan hech qanday ish kelmasa ham, unda bu maqola siz uchun, chunki, qo’lidan hech qanday ish kelmaydiganlar ham bu tarmoqda pul ishlay oladilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash uchun qo’llanmalar

Pul ishlash uchun nimalarni bilish kerak

Pul ishlashning bu turida qanday talablar mavjud:

  • Maxsus ko’nikmalar, yoki, mutaxasist bo’lish shartmi?: qandaydir mahsulotni qo’lda yasay olishingiz yoki, shunga o’rgata olishingiz kerak. Yoki, qo’lingizdan hech qanday ish kelmasa ham bo’laveradi(((.
  • Sarmoya kiritish: juda kam miqdorda, yoki, umuman xarajat qilmasdan ham ishlash mumkin.
  • Qancha pul ishlash mumkin: siz sotadigan mahsulot, yoki, ko’rsatadigan xizmatingiz turiga bog’liq.

Pul ishlashning bu turida, Odnaklassnikidagi profilingiz, mijozlarni jalb qilish vositasi sifatida xizmat qiladi. Biron sohaga ixtisoslashgan tajribangiz, mahsulot tayyorlay olishingiz yoki, arzon narxdagi mahsulotni topib, ustiga narx qo’yib, uni qayta sotish, sizning asosiy daromadingiz bo’ladi.

OK.ru da ishlashning bu turi kimlar uchun

Men bu usulni, ko’proq o’zi uchun ishlaydiganlarga tavsiya qilgan bo’lardim. Odnaklassniki sahifangizda, mijozlarga taklif qilishingiz mumkin bo’lgan xizmatlar namunalari quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • Maslahat – agar siz, vrach, advokat, yurist va shunga o’xshash kasb egalari bo’lsangiz;
  • Repetitorlik – agar siz, o’qituvchi, repetitor, musiqachi va shunga o’xshash kasb egalari bo’lsangiz;
  • Maishiy texnika va kompyuterlarni ta’mirlash – texnika ustasi bo’lsangiz;
  • Go’zallik va salomatlik sohasidagi mutaxasistlar – o’qitish, sartaroshlar, manikyurlik;
  • Ta’mirlash ishlari – elektriklik, santexnik va hokazolar;
  • Tozalash xizmatlari va boshqalar;
  • Qo’lidan hech qanday ish kelmaydiganlar va hk.

Qo’lda biron mahsulotni yasashni yoqdiradigan odamlar o’z xobbilarini pullashtirishlari mumkin. Mahsulotning asl nusxasi yuqori baholanadi.  Agar mahsulotingiz doimiy foydalanadigan bo’lmasa ham, ammo noyob va odatiy bo’lsa, talab albatta bo’ladi. Bunday mahsulotlar asosan, auditoriyasi ko’proq ayollar bo’lgan Odnaklassniki foydalanuvchilari o’rtasida mashhur bo’ladi.

OK da sotiladigan mahsulotlar namunalari:

  • O’yinchoqlar;
  • Qo’lda tikilgan kiyim – kechaklar;
  • Idish – tovoqlar;
  • Turli suvenirlar;
  • Parfumeriya mahsulotlari;
  • Poyabzallar;
  • Aksesuarlar.

Yog’och, temir va boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar.

Hunarmandchilik mahsulotlari

Qo’lidan hech qanday ish kelmaydigan odam qanday pul ishlashi mumkin

Hech qanday mahsulot yasay olmaydigan odamlar uchun ham, Odnaklassniki profili, doimiy daromad manbai bo’la oladi. Bunda siz, internet orqali arzon mahsulotni topasiz va o’zingiz, ustiga narx qo’yib, profilingizda sotasiz. Mahsulotni arzon narxlarda ko’tarasiga buyurtma berishingiz va qimmat narxlarda, donalab sotishingiz ham mumkin. Agar siz, hech narsa sota olmayman, shaxsiy pulimni ham yo’qotib qo’yaman deb qo’rqsangiz, unda, oldindan pulini olib ishlashga urinib ko’ring.

Bundan tashqari, taniqli brend mahsulotlarga agentlik qilish yoki, malum bir foiz hisobiga sheriklik qilish yo’li bilan ham ishlashingiz mumkin. Masalan, Amway va Oriflamega o’xshagan gigantlar, ularga maslahatchi bo’lishni va juda katta chegirma bilan, arzon narxlarda o’z mahsulotlarini taklif qilishadi. Siz bular bilan hamkorlik qilib, Odnaklassniki profilingizda, mahsulotlarini reklama qilib sotishingiz mumkin.

Oriflimeda ishlash

Qadamba-qadam qo’llanma

  1. Qanday mahsulot yoki xizmatni ko’rsatishingizni aniqlab oling.
  2. Qanday auditoriyaga xizmat qilmoqchi ekanligingizni aniqlab oling.
  3. Odnaklassnikida o’zingizga profil ochib oling.
  4. Shaxsiy malumotlaringizni kiriting, ishingiz namunalari ko’rsatilgan rasm va video yozuvlar bilan to’ldiring. Profilingizga kirgan odam, profil nimaga ixtisoslashganligiga, sizning tajribaliligingizga darhol tushunishi kerak.
  5. Taklifingizni batafsil tushuntirib yozing: mahsulotning afzalligini izohlang, mahsulot suratini qo’ying, to’lov qanday amalga oshirilishi va mahsulotni mijozga yetkazib berish yo’llari haqidagi malumotlarni batafsil yozing.
  6. Maqsadli auditoriyangizni qidiring, foydalanuvchilarni “Друзья” bo’lishga chaqiring va ularga o’z xizmatingizni taklif qiling. To’g’ri kelganga, shaxsiy xabarlarda, yoppasiga spam qilib yozmang. Spam xatlarini yuborsangiz, profilingizni bloklashlari mumkin. Shuning uchun, yaxshisi, sizning xizmatingizga muhtoj odamlarni izlang. Sizning sohangizga to’g’ri keladigan gruhlarga a’zo bo’ling va muhokamalarda qatnashib, foydali maslahatlar bering. Shunday qilsangiz, odamlar sizning mutaxasis ekanligingizni ko’rishadi va o’zlari sizga yordam so’rab murojoat qilishadi.

Xulosa

Do’stlar, yuqoridagi maslahatlar va o’zingizda bor bilim va tajribalaringizni qo’llab, harakat qilsangiz, natija sizni ko’p kuttirmaydi. Bir natijaga erishganingizdan keyin, tajribangiz kundan kunga ortib boraveradi. Bir marta mag’lubiyatga uchrasangiz hechqisi yo’q, ikkinchi urinishda uddalaysiz, agar ikkinchi urinishda uddalamasangiz ham, yana hechqisi yo’q, keying safar uddalaysiz.

P.S   Shu yerda bir gap esimga tushdi, lekin, kim aytganini qanchalik eslashga urinsam ham eslay olmadim, balki siz eslarsiz? Agar eslasangiz maqola ostidagi izohlarda qoldiring, muhokama qilamiz…

Qaysidir milliarderning intervyusida eshitgandim bu gapni, xullas, u:

Men bunday mashhurlikka erishmasimdan oldin, manashu mashhur bo’lgan ishimni amalga oshirishga doim urinardim. Lekin, har doim omadsizlikka uchrardim. Uyimdagilar, do’stlarim, hamkasblarim menga – nima qilasan urinib, 999 marotaba urinding, Lekin, hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmading, bo’lmaydigan ishga urinma – deyishdi, va men ularga, uddasidan chiqqunimga qadar urinaveraman dedim va uddaladim ham. Mana bugun men dunyoning eng boy odamlaridan biriman” degan edi.

Agar siz bu gaplarni kim aytganligini bilsangiz, albatta, izohlarda yozing.

Men demoqchimanki, agar siz o’zingiz bir narsaga qattiq ishonsangiz va harakat qilsangiz, olloh ham, koinot ham sizni qo’llar ekan va siz albatta, ko’zlagan maqsadingizga erishasiz.

Barchaga, ko’zlagan yaxshi niyatlariga erishishlarini tilab, keyingi maqolagacha xayrlashamiz. Keying maqolamiz esa, “Odnaklassniki akkauntni rivojlantirib sotish” haqida bo’ladi, albatta o’qing, juda qiziqarli bo’ladi, xayr salomat bo’ling.

Hurmat bilan Umidjon

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: