Odnaklassniki saytidagi akkauntingiz orqali qanday pul ishlash mumkin, to’liq qo’llanma

Odnaklassniki profili orqali pul ishlash

Salom do’stlar!

Maqola sarlavhasidan bilganingizdek, bugungi maqolamiz, odnaklassnikida pul ishlash yo’llari haqida bo’ladi. Bu ijtimoiy tarmoq haqida bitta maqolada barcha imkoniyatlarini yoritib berish imkonsiz, shu sababli, odnaklassnikida ishlash bo’yicha maqolalar seriyasini yozishga qaror qildim.

Odnaklassnikidan ham boshqa ijtimoiy tarmoqlar, vkontakte, facebook, instagramlarga o’xshab, turli yo’llar bilan yaxshi daromad olish mumkin. Bugungi maqolamizda, turli topshiriqlarni bajarib qanday pul ishlash mumkinligi haqida gaplashamiz.

Maqolalar seriyasining keying mavzulari quyidagilardan iborat bo’ladi:


Keyingi maqolalarni o’tkazib yubormaslik uchun, blog yangiliklariga obuna bo’ling. Maqola chiqqan zahoti, birinchilardan bo’lib xabar topasiz.


Bu maqolalar seriyasini o’qib siz, nafaqat odnaklassnikida pul ishlashni bilib olasiz, balki, o’zingizga qaysi yo’li maqul kelishini ham tushunib olasiz. Va o’rganganingizni amalda qo’llab, daromad ham olasiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash uchun qo’llanmalar

Demak boshladik…

Turli topshiriqlar bajarib pul ishlash

Pul ishlashni boshlash uchun, oldin o’zingizga bu ijtimoiy tarmoqdan shaxsiy profil ochib olishingiz kerak, yani, tarmoqda ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Shaxsiy profilsiz, yuqorida aytilgan hech qaysi yo’l bilan pul ishlashning imkoni yo’q.

Demak, pul ishlashning bu yo’lida qanday afzalliklar mavjud:

  • Alohida mutaxasist bo’lish shart emas
  • Hech qanday sarmoya kiritish talab qilinmaydi
  • Har bir odam, kuniga 50 – 400 rublgacha pul ishlashi mumkin.

Topshiriq bajarib pul ishlashning eng asosiy afzalligi, hech qanday sarmoya kiritmasdan, birinchi pulingizni, topshiriqni bajargan zahotingiz olasiz.


Odnada ishlashning bu yo’li, ko’proq, internetda ishlashni endi boshlayotganlarga to’g’ri keladi. Chunki, topshiriqlar juda oddiy va oson, faqat, talabni to’g’ri bajarsangiz marra sizniki. Topshiriqlar esa, quyidagicha:

  • “Klass” bosish
  • Postlarni (kichik maqola) qayta chop qilish
  • Izoh yozish
  • Guruhlarga a’zo bo’lish va boshqalar.

Eng yuqori baholanadigani, guruhlarga a’zo bo’lish hisoblanadi. Layk bosib ham ishlash mumkin, lekin, ancha kam haq to’lanadi.


Oldindan aytib qo’yaman, bunday ishlash, ijtimoiy tarmoqlar qoida qonunlarida man qilingan. Shuning uchun siz, bunday topshiriqlarni beradigan alohida birja yoki bir nechta birjalarda ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi. Bu birjalarda buyurtmachilar ham ro’yxatdan o’tishadi va pul ishlashni xohlovchilar uchun, turli topshiriqlarni chop qilishadi, hamda, bajarilgan topshiriqlarga to’lash uchun, birja hisobiga pul o’tkazishadi.

Birja esa, buyurtmachi va bajaruvchi o’rtasida “dallol” vazifasini bajaradi. Topshiriqlarning to’g’ri-noto’g’riligini tekshiradi, bajaruvchiga pul to’laydi va o’z xizmati uchun malum bir foiz oladi. Birja, bajaruvchilarga pul ishlashga yordam beradi, buyurtmachilarga esa, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarini yoki profillarini rivojlantirishga yordam beradi.

Agar siz ham kelajakda, ijtimoiy tarmoqlarda o’z guruhingizni yaratib, u orqali daromad olishni xohlasangiz, unda siz ham bunday birjalarda, buyurtmachi sifatida ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Va bajaruvchilarning “Klas”,”Layk” va boshqa harakatlari uchun pul to’lab, o’z guruhingizni rivojlantirishingiz mumkin.

Shunday birjalarning eng mashhurlari:

  • Socialtools.ru
  • Prospero.ru
  • Forumok.com
  • Cashbox.ru
  • Smmok-ok.ru

Daromadni oshirish uchun nima qilish kerak?

Agar siz, bitta birjada ro’yxatdan o’tib, ishni boshlasangiz, Odnaklassniki uchun berilgan topshiriqlarni tezda bajarib, ishni tugatasiz. Bekor o’tirmaslik uchun nima qilish mumkin:

  1. Bir nechita birjalarda ro’yxatdan o’ting. Qaysi birida topshiriq tugab qolsa, boshqasiga kirib ishni davom ettirasiz.
  2. OK da, bir nechita profil oching. Bir marta bajargan topshirig’ingizni, boshqa profilingiz orqali, bir necha bor qayta bajarishingiz mumkin. Ko’p birjalarda bunday harakat taqiqlanmaydi, lekin shunday bo’lsa ham, jarimaga tushib qolmaslik uchun, birja qonun qoidalarini o’qib chiqing.
  3. Yuqoridagi birjalarda, barcha mashhur ijtimoiy tarmoqlar uchun topshiriqlar topish mumkin. Agar, Vk, Instagram yoki Facebook kabilarda akkauntingiz bo’lsa, bular uchun ham topshiriqlar bajarishingiz mumkin.
  4. Bulardan tashqari bu birjalarda, ijtimoiy tarmoqlarga bog’liq bo’lmagan topshiriqlar ham mavjud. Masalan, qidiruv tizimlaridan (Google, Yandex) biron saytni topasiz va saytning bir nechita sahifasini ko’rib chiqasiz yoki qandaydir forumlarda izoh qoldirasiz.

Juda ko’p birjalarda hamkorlik dasturi (партнерская программа) mavjud. Siz bu dasturlar orqali buyurtmachilar va bajaruvchilarni taklif qilib, yaxshi daromad qilishingiz mumkin.


Xavfsiz ishlash uchun nimalarni bilish kerak?

Yuqorida aytganimdek, Odnaklassniki moderatorlari bunday harakatlarga juda qattiq turishadi. Har qanday shubhali harakat uchun, ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz vaqtinchalik bloklanishi mumkin. Doimiy qoida buzarlik uchun esa, butunlay bloklashishi ham mumkin.

Bundan tashqari, turli guruhlarga a’zo bo’lish, klass, layk bosish, turli topshiriqlar bajarish orqali, o’zingizga kerak bo’lmagan malumotlar bilan akkauntingizni to’ldirasiz:

Odnaklassniki profilni tozalash

Shuning uchun o’zingizning asosiy akkauntingizni bu maqsadlar uchun ishlatmaslikni maslahat bergan bo’lardim. Bloklangan taqdirda ham achinmasligingiz uchun, alohida akkauntlar ochib oling va aynan shu profillar orqali ishlang.


Bosilgan klas, layk yoki guruhlarga a’zo bo’lgan bo’lsangiz va ularni akkauntingizni tozalash maqsadida o’chirib tashlayman deb o’ylasangiz, xato qilasiz. Bunday harakatlar birja tarafidan kuzatib boriladi. Sizni ushlashadi va jarima solishadi. Jarimani ishlagan pulingizdan ushlab qolishadi yoki butunlay bloklshadi, hatto ishlagan pulingizni ham yechib ola olmaysiz.


To’liq qadamba-qadam qo’llanma

  1. Odnaklassnikida yangi akkaunt oching. Profilni shaxsiy malumotlaringiz bilan to’ldiring, rasmingizni yuklang (aynan o’zingizniki bo’lishi shart emas), akkauntingizni hamma uchun ochiq qilib qo’ying.
  2. Kamida 50 ta druzya qabul qiling. Tanishlaringiz bilan yoki begonalar bilan do’stlashishingiz mumkin. Siz o’zingiz ham shu birjalar orqali profilingizni rivojlantirishingiz (накрутка) mumkin.
  3. Yuqorida berilgan birjalar ro’yxatidan birini tanlang va ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin, Odnaklassniki akkauntingizni birja bilan bog’lang.
  4. Birjadagi topshiriqlardan birini tanlang, talablari bilan tanishing va bajaring. Barcha topshiriqlarni bajaring va yangi topshiriq berilishini kuting.
  5. Ishlagan pulingizni yechib olish uchun ariza tashlang. Odatda, pulingiz hamyoningizga bir necha kun ichida kelib tushadi (uzog’i bilan bir hafta), shuning uchun pul yechishni oldinroq rejalashtiring.

Bir hafta, kuniga 8 soat, bir nechita birjalarda, turli akkauntlardan ishlab, yaxshi harakat qilinsa, oyiga, 6 000 – 8 000 rubl ishlash mumkin. Ha, bu kam deyishingiz mumkin, unda sizni keying, “Xizmatlarni taqdim etish, mahsulot olib sotish” nomli maqolani o’qib chiqishni maslahat beraman. Chunki, maqoladagi malumotlarni bilib siz, topshiriq bajarib pul ishlashga ko’ra ko’proq pul ishlashingiz mumkin.

Birjalar orqali pul ishlash eng oddiy va oson yo’li. Yuqorida aytganimday, bu yo’l bilan odatda, internetda ishlashni endi boshlayotganlar ishlashadi.

Keyingi maqolalarimizda ko’rsatiladigan yo’llar ancha murakkab, lekin daromad ham shunga yarasha yuqori bo’ladi. Barcha ishda bo’lgani kabi, qiyin ish hamma joyda qimmat turadi, lekin quvonarlisi, o’sha qiyin ishni ham bir marta qund bilan o’rgansangiz, ishlash oson kechadi.

Barchaga, ishlarida omad tilab, keying maqolagacha deb xayrlashamiz, xayr!

Hurmat bilan Umidjon

Baholashni unutmang!
( 3 assessment, average 3.67 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 1
  1. Elbek

    Meni ham qo’shing.

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: