Telegramda ishlashni nimadan boshlash kerak, kompyuterga qanday o’rnatiladi va ro’yxatdan o’tiladi

Telegramda ishlash haqida va kompyuterga o'rnatish

Assalomu aleykum, uzinterbiz.com blogining, aziz o’quvchilari! Siz bilan yana men, Tuychiyeva Malika. Bugun ham sizglarga qiziqarli bo’ladi degan umidda maqolalar seriyasini tayyorladim. Siz bilan maqolada bo’lishmoqchi bo’lgan malumotim telegramda ishlash haqida bo’ladi.

VKontakte asoschisi Pavel Durov tomonidan yaratilgan yangi messenjer tezda butun dunyoda keng tarqalgan bo’lib, ko’plab foydalanuvchilarda Telegram nima  va nima uchun kerak degan savolni tug’dirdi.

Bu maqolamdan siz messenjer haqida nafaqat umumiy tushunchalar, unda ishlash asoslari , balki, uni qanday qilib kompyuter va telefoningizda ishlata olishingiz haqida bilib olasiz.

Telegram messenjerida ishlash bo’yicha to’liq qo’llanma

Telegramning kelib chiqishi

Messenjerning kelib chiqishi

Nima uchun matnli suhbatlar va fayllarni almashish uchun yana bir dastur turini  ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’lganligini yaxshiroq tushunish uchun, boshqa shunga o’xshash turli  ilovalar bilan ko’plab janjallar va muammolarni eslatib o’tish foydali bo’ladi deb o’yladim. Masalan:

  • WhatsApp messenjeri bir necha bor shaxsiy ma’lumotlarni himoya qila olmaslik va foydalanuvchi ma’lumotlarini muntazam ravishda o’g’irlashda ayblandi
  • Ham WhatsApp, ham Imo faqatgina mobil ilovalar formatida mavjud.
  • Ommabop bepul messenjerlar “og’ir” va yetarlicha tez ishlamaydi.
  • Web-variantlari mavjud emas- brauzerlar orqali muloqot qilish mumkin emas.

Gap shundaki, bu himoyalanmagan messenjerlarni biznes uchun ishlatish mumkin emas, chunki tijorat ma’lumotlarining raqobatchilarning yoki tajovuzkorlarning qo’liga tushishiga yo’l qo’yilmasligiga kafolat yo’q.

Shunday qilib Vkontakte ixtirochisi darhol, Digital Fortress kompaniyasi yordamida yuqoridagi kamchiliklar va muammolardan xoli bo’lgan Internet-messenjerni ishga tushirdi.

Endi esa, qahva tayyorlab, monitor oldiga qulayroq joylashing – Telegramning nima ekanligini va nima uchun kerakligini batafsilroq bilish vaqti keldi.

Telegram qanday ishlaydi?

Telegramning ishlashi

Telegramda suhbatni boshlash jarayoni  juda oson va sodda – hech qanday ro’yxatdan o’tish talab qilinmaydi. Aynan shuning uchun ham u foydalanuvchining diqqatini tortadi. Ilovani rasmiy saytdan yoki Google Play onlayn do’konidan yuklab olishingiz mumkin.

Ilovani o’rnatishdan oldin uni qaysi qurilmaga o’rnatishingizni aniqlang. Bundan tashqari, u qanday operatsion tizim asosida ishlashini ham bilish lozim. Quyidagi 4 qadam bilan siz messenjerda ish boshlashingiz mumkin.

  • Ilovani yuklab oling va o’rnating.
  • Telefon raqamingizni kiriting.
  • Tasdiqlash kodi bilan SMS keladi.
  • Kodni belgilangan maydonga kiritish kerak.

Shundan so’ng, dastur avtomatik ravishda gadjetingizdagi kontaktlarga ulanadi va siz do’stlaringizdan qaysi biri Telegramga ega ekanligini darhol ko’rish imkoniga ega bo’lasiz.

DIQQAT: Esingizda bo’lsin, dasturda telefonsiz ro’yxatdan o’tish mumkin emas!

Telegram boshidanoq messenjer dasturi hisoblanib, xabar almashinish prinsipiga asoslangan edi. Biroq, vaqt o’tishi bilan, iste’molchilarning talablaridan kelib chiqqan holda, dastur ijtimoiy tarmoqqa o’xshab ketdi.

Dastur nafaqat oddiy foydalanuvchilar orasida, balki, bloggerlar, turli kompaniyalar va brendlar orasida ham mashhurlikka erishdi. Ko’pchilik tadbirkorlarning pul topish maydoniga  aylanishga ham ulgurdi. Qanday pul ishlash kerakligi haqida “Telegramda pul ishlash” nomli maqolada batafsil o’qishingiz mumkin.

Telegramda ishlash haqida va kompyuter uchun Telegram

Messenjerning kompyuter ilovasi

Boshqa mashhur messenjerlardan farqli o’laroq, Telegram turli xil operatsion tizimlarda, statsionar kompyuterlar, noutbuklar va planshetlar uchun tayyor ilovalarga ega. Bundan tashqari, web-interfeys orqali har qanday qurilmadan brauzerda Webogram sayti orqali foydalanishingiz mumkin.

Telegramni kompyuter uchun yuklab olish juda oson, buning uchun emulyatorlarni o’rnatish shart emas. Messenjerni o’rnatish uchun, sizga bir daqiqa kerak bo’ladi. Lekin, o’rnatishni talab qilmaydigan portativ versiya ham bor, uni yuklab olgandan keyin to’g’ridan-to’g’ri ishga tushirish va do’stlar bilan muloqot qilish mumkin.

Quyida, ilovani kompyuterga o’rnatish ketma-ketligini keltiraman.

  1. O’rnatish faylini yuklab oling va uni ishga tushiring.
  2. Birinchidan, dasturni o’rnatish tilini tanlang.
  3. Dastur o’rnatilishi kerak bo’lgan joyni ko’rsating.
  4. “Пуск” menyusida papka nomi ko’rsatiladi.
  5. “Установить” tugmasiga bosing.
  6. Keyin esa “Завершить” tugmasini bosing.
  7. Dastur ishga tushadi.
  8. O’zingizni davlatingiz va telefon raqamingizni yozing. Keyin esa “Продолжить” tugmasini bosing.
  9. Agar sizda akkaunt bo’lsa, lekin ilova o’rnatilgan qurilma mavjud bo’lmasa – «Отправить код по SMS» («kodni SMS orqali yuborish») tugmasini bosing.
  10. Agar siz, bundan oldin parolni o’rnatgan bo’lsangiz, uni kiriting.

Shunday qilib, barcha sozlamalar tugallandi, kontaktlarni qo’shing va do’stlaringiz bilan sahbatni boshlang.

DIQQAT! Davlat va telefon raqqamingizni haqiqiysini kiriting, chunki unga kodli sms habar keladi.

Profilga rasm o’rnatish qoidalari

Telegram avatariga rasm qanday qo'yiladi

Shuni yaxshi bilamanki, tarmoqdagi ba’zi foydalanuvchilar o’zlarining haqiqiy yuzini yashirishga odatlanganlar va boshqa odamlarning fotosuratlarini yuklaydilar. Telegramda ham xuddi shunday, siz avatarda bir yoki bir nechta tasvirni o’rnatishingiz mumkin (eng muhimi, pornografik xarakterga ega bo’lmagan, zo’ravonlik, ekstremizm va boshqa huquqbuzarliklarni o’ziga olmasligi kerak).

Yangi foto qo’shish uchun, Telegram akkauntingizda “Настройки профиля” (profilni sozlash) menyusiga o’tib, “Kamera” tugmasiga bosing. Keyin rasmni belgilang va so’rovni tasdiqlang.

Bundan tashqari, agar sizning qurilmangiz begona odamlarning qo’liga tushib qolmasligi uchun, ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun parol o’rnatishingizni maslahat beraman!.

Xulosa

Dastur yordamida qo’ng’iroqlarni amalga oshirish imkoniyati, uning mashhurligini oshirdi. Ishlab chiqaruvchilar 2019 yil davomida  dasturga yangiliklarni qo’shishni va’da qilmoqdalar. Yangi funktsiyalar paydo bo’lishi bilan Telegram asta-sekin to’liq ijtimoiy tarmoqqa aylanishi aniq.

Umid qilamanki, sizga maqolam yoqadi. Fikr va muloxazalaringizni izohlarda kutaman. O’tkazib yubormang, messenjerning boshqa sirlari haqidagi maqolalar seriyasini tayyorlayapmiz. Siz bu maqolalardan, telegram messenjeridan maksimal darajada foyda olishni o’rganib olasiz.

Keyingi maqolalarda uchrashguncha, azizlar!

Baholashni unutmang!
( 2 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 11
  1. Muhsinbek

    :smile: :idea:

  2. Shahnoza

    :idea:

  3. Shahnoza

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

  4. Shaydo

    O’rnatish uchun mendan emile addressni sorayapti lekin men emile addressimni bilmayman men emile adresni bilishim uchun nima qilishim kerak

  5. Axadbek

    O’rnatish uchun mendan emile addressni sorayapti lekin men emile addressimni bilmayman men emile adresni bilishim uchun nima qilishim kerak

  6. Azimbek

    Assalomu alaykum

  7. Azimbek

    Assalomu alaykum man bot yaratmochima qanday yaratsam buladi

  8. Durdona

    Assalomu Allaykum.
    Qandey silka quyaman iltimos chuntrila

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Qo’yadigan silkangizni kopiya qilib olasiz va telegram oynasiga qo’yasiz.

  9. ozodbeko

    bu telefon nomerda avval akkaunt ochilgan bo’lishi kerakmi

  10. AJINIYAZ

    DOSLAR EMAILE DEGAN SIZNING POSHTANGIZ YZGNIY ELEKTRON MASALAN/ ASADBEK05@GMAIL. COM. DOSLAR ISMINGIZNI OLDIGA HOQLAGAN SONNI YOKI BELGI QOYISHINIZ MUMKIN ;-) ;-) :razz:

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: