Barchaga salom!
Internet orqali ish qidirganimizda biz ko’pincha freelanser tushunchasiga duch kelamiz. Bu so’z juda yangi va anchagina tushunarsiz. Bugungi kunda, freelanser bo’lib ishlaydigan odamlar internetda yaxshigina pul topishyapdi va shuning uchun o’zlariga katta e’tiborni tortishyapdi.
Freelanser kim va qanday ish bilan shug’ullanadi, ish joyilarni qayerlardan izlash kerak va qanday freelanser bo’lish mumkin?
Aslini olganda, bu ish bilan har birimiz shug’ullanishimiz mumkin. Biz hozir, nimadan boshlash kerak, qanday va qayerda ishlash kerak, eng asosiysi, nima uchun bizga pul to’lashlari haqida gaplashamiz.
Maqola oxirida, pul ishlashingiz mumkin bo’lgan saytlar namunalarini keltiraman. Eng qizig’i, bu kasbga, hech kimning yordamisiz o’rganishingiz mumkin. Balkim sizda, bu kasbda ishlash uchun, yetarli bilimingiz va tajribangiz allaqachon bordir.
Bu kasbda ishlash uchun, hech kim sizdan diplom talab qilmaydi va institutda 5 yil o’tirishning ham hojati yo’q. Bugungi kunda maxsus ma’lumotga ega bo’lmagan har qanday kishi, noldan, qanday qilib freelancer bo’lishni osonlikcha bilib oladi va uyda o’tirib pul ishlashi mumkin. Juda jozibali taklif, shunday emasmi?
Internet kasblar ro’yxati va bularda ishlash uchun qo’llanmalar |
Freelanser kim, qanday pul ishlaydi va nima ish qiladi?
Freelanser – deb, internet orqali masofadan turib ishlaydigan odamlarni aytishadi. Uyda o’tirib, boshqa odamlarning yoki kompaniyalarning buyurtmalarini bajarib, pul ishlaydi.
Freelans va masofadan turib ishlovchi, alohida tushunchalar:
- Freelans – ishdan bo’sh vaqtida qo’shimcha daromad qiluvchi, yoki, buyurtma qidirib, bir martalik ishlarni bajaruvchi.
- Masofadan turib ishlovchi – bir buyurtmachi bilan, yoki, kompaniyada doimiy ishlovchi.
Mana aslida freelanser kim.
Buyurtmachi bilan sizning muloqotingiz faqat internet orqali amalga oshadi. Ko’p hollarda bir biringizni ko’rmaysiz ham. Masalan manashu siz o’qiyotgan saytda ham uchta, ba’zida turtta odam masofadan turib ishlashadi. Men ularning bazilarining hatto suratini ham ko’rmaganman((. Sizdan faqat, ishni sifatli va muddatda topshirish talab etiladi xolos. Ishlagan pulingiz esa, sizning elektron hamyoningizga, bank kartangizga yoki, bank hisob raqamingizga tushadi.
Endi boshlayotganlar, o’zlarining asosiy ishlari bilan freelanserlikni bemalol birlashtirishlari mumkin. Chunki, endi boshlayotganlar ko’p narsalarni o’rganishlari kerak. Lekin, internetda freelanser bo’lib ishlashni o’zining asosiy daromad manbaiga aylantirib olgan ko’plab odamlarni misol qilib keltirish mumkin.
Internetdagi talab yuqori kasblar, yoki freelanser qanday ish bilan shug’ullanadi
Sizga eng mashhur onlayn kasblar ro’yxati bilan tanishishni taklif qilaman. Bugungi kunda aynan shu quyida aytilgan harakatlar uchun, haqiqiy yaxshi pul to’lashyapdi:
- Matn bilan ishlash. Maqola yozish, tahrirlash va saralash. Bu, kurslar yozish, diplom ishlari, referatlar, topshiriqlar bajarish, insho yozish va boshqalar bo’lishi mumkin. Oddiy yoki SEO kopirayting bilan bir qatorda, matnni qayta yozish, muharrir va korrektorlar (imlo xatolari, tinish belgilari va uslubni tekshirish) haqida ham unutmaslik kerak. Va, kontent menejeri (saytni kerakli ma’lumotlar bilan to’ldirishga mas’ul bo’lgan shaxs). Bu erda sizga, matnlarni yozish va chop etish uchun, tez va chaqqon qo’lingiz, ya’ni, klaviaturada chaqqon yoza olishingiz kerak. Shuningdek, kerakli mavzularni bilish va o’z fikrlaringizni chiroyli va barkamol ifoda eta olish qobiliyatingiz ham bo’lishi kerak.
- Turli mavzulardagi matnlarni tarjima qilish. Qanday qilib tarjimon freelanser bo’lish mumkin? Siz texnik tarjima qilishingiz, badiiy matnlarni, reklama shiorlarini va hatto butun saytlarni tarjima qilishingiz mumkin. Yoki, audio va video yozuvlar, kompyuter o’yinlari va boshqalar.
- Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash. Bular, turli yo’nalishlarga ixtisoslashgan mutaxasistliklar, SMM (ijtimoiy tarmoqlarda brendni targ’ib qilish), SMO mutaxassisi (ijtimoiy tarmoqlar uchun veb-saytni optimallashtirish). Yoki, ijtimoiy tarmoqlardagi o’z guruhlarida, yoki, oddiy kliklar orqali pul ishlaydigan yangi foydalanuvchilarga yordam berish.
- Saytlarni boshqarishda turli vazifalarni bajaradigan dastur va skriptlar yozish mumkin. Bundan tashqari, har qanday dasturiy mahsulot sinovchisi bo’lishingiz mumkin. Bunga: turli o’yinlar, yana dasturlar, mobil ilovalar, onlayn xizmatlar, saytning internetda mavjudligini tekshiruvchi va boshqalar kirishi mumkin.
- Grafika bilan ishlash, dizaynerlar. Siz, interer va landshaft dizayneri, grafik dizayner (bannerlar, tugmalar va boshqalar chizishingiz mumkin) va nihoyat veb-dizayner (veb-sayt dizayni) bo’lishingiz mumkin. Bu erda sizga (Photoshop, CorelDraw va boshqalar) dasturlar bilan ishlash qobiliyati kerak bo’ladi.
- Seo mutaxassisi (veb-saytlarni rivojlantirish). Sizning daromadingiz, ma’lum so’rov so’zlarda, sayt mavqeini oshirish va qidiruv tizimlaridan tashrif buyuruvchilar sonini ko’paytirish bilan bir qatorda, loyihaning daromadini oshirishga ham bog’liq bo’ladi. Buning uchun, qidiruv tizimlarining algoritmlarini o’rganishingiz va bilishingiz kerak. Shuningdek, SEO mutaxassisi uchun, optimallashtiruvchilar hamda aloqa menejerlarining ishini ham tushunishi tavsiya etiladi.
Bular eng asosiylari edi.
Qanday qilib freelanser bo’lish va masofadan turib ishlash uchun ishni qayerdan topish mumkin?
Freelanser bo’lib ishlash uchun, bo’sh vaqt, internet va ishlashga ishtiyoq bo’lishi kerak. Asosan, bunday odamlar maxsus birjalarda ish topishadi. Har bir freelancer ishni o’zi tanlaydi. Siz ishning, narxi, topshirish muddati va miqdoriga qarab tanlashingiz mumkin.
Har kuni freelans birjalarida yuzlab yangi vazifalar paydo bo’ladi, shuning uchun, ish barchaga yetadi. Bundan tashqari, hatto endi boshlayotgan odam ham, o’zi uchun qiyin bo’lmagan ishni topishi mumkin. Qoidaga asosan, yangi boshlayotgan odamga qiyin (qimmat) buyurtmani ishonishmaydi va u eng sodda va arzon ishlarni bajaradi. Ammo, tajriba orttirganingizda, kim bilan ishlashni tanlashingiz mumkin.
Lekin, qanday qilib haqiqiy freelancer bo’lish va yaxshi pul ishlashni boshlash kerak?
Siz ham boshqalar kabi, birjalarda ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Keyin, ish turini tanlaysiz va qanday buyurtmalar borligini ko’rib chiqasiz. Agar sizga bironta buyurtma maqul kelib, bajarishga qaror qilsangiz, ishni bajarish uchun ariza tashlab, murojaat qilasiz.
Mana eng mashhur birjalar ro’yxati:
- Author24.ru. Yozma ishlarni, dissertatsiyalarni, insholarni yozish, topshiriqlarni echish, tarjimalar, nazorat va hokazolarni bajarib daromad olish mumkin. Agar siz o’qituvchi bo’lib ishlagan bo’lsangiz, yoki, kerakli mavzuni yaxshi bilsangiz, demak siz bu yerda ishlashingiz mumkin.
- Fl.ru. Bugungi kunda bu eng yirik va taniqli freelance birjalaridan biri. Deyarli har qanday mutaxassislar uchun ish topiladi.
- Freelance.ru. Eski, sinovdan o’tgan, masofaviy ishlash uchun freelance birjasi.
- Etxt.ru. Ushbu sayt sizga maqolalar yozish va sotishga imkon beradi.
Internetdagi shu va shunga o’xshash, masofadan turib ishlash imkonini beruvchi barcha freelance birjalar ro’yxatini “Internet orqali masofadan turib ishlash uchun eng yaxshi freelans birjalar” sarlavhali maqolamizdan o’qib, o’zingizga maqulini tanlab, ishni boshlashingiz mumkin.
Haqiqiy freelanser bo’lishingiz uchun, sizda birinchi navbatda elektron hamyon bo’lishi shart. Shunday elektron hamyonlardan biri WebMoney, hozirgi kunda O’zbekistonda to’laqonli o’z faoliyatini boshladi. Shu sababli sizga, WebMoney electron hamyonini ochib olishni tavsiya qilaman. Nima uchun aynan WebMoney, chunki, chet el freelans birjalarining ko’pchiligida bu hamyonga pul o’tkazish imkoniyati bor.
Agar siz uchun masofadan turib ishlash qiziq bo’lsa, yuqorida ko’rsatilgan birjalarning birini tanlab, ro’yxatdan o’tib ishni boshlang. Yaxshisi, bitta emas, balki, bir nechita birjalardan ro’yxatdan o’tishni maslahat beraman. Chunki, birida ishingiz yurishmay qolsa, ikkinchisida ishni davom ettiraverasiz.
Bugunga menda tamom, barchalaringizga omad tilab, keying maqolalarda ko’rishguncha men sizlar bilan xayrlashaman, xayr!
Hurmat bilan Umidjon
Rahmat kattakon ishlarizga omad🤩😸
men ohunjon dasturlash va videolar qili b beraman men ishimni boshlamoqchiman menga padeshka qiling