Instagramda kanal qanday ochiladi va foydalaniladi. Telefon va kompyuter orqali ro’yxatdan o’tish yo’llari

Instagramda profil ochish

Salom do’stlar.

Aloqada Umidjon Obudov va men instagram haqida va uning imkoniyatlari to’g’risidagi maqolalar seriyasini yozishda davom etaman. Bugun siz uchun, telefon va kompyuter orqali instagramda profil ochishning eng oson va oddiy, qadamba-qadam qo’llanmasini tayyorladim.

Agar siz bu tarmoqdan oldin foydalanmagan bo’lsangiz va birinchi marta ro’yxatdan o’tayotgan bo’lsangiz, unda sizga Instagram nima va undan qanday foydalanish mumkinligi haqidagi  manabu maqolamni o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Aslida, bu tarmoqda faqat rasmiy mobil ilova orqali ro’yxatdan o’tish mumkin. Kompyuterda, Instagram saytida ro’yxatdan o’tib bo’lmaydi, brauzerda, faqat mavjud akkauntga kirishingiz mumkin. Lekin, kompyuterda akkaunt ochishning bir yo’li bor, bu haqda maqola davomida bilib olasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar haqidagi qo’llanma va maqolalar

Instagramda ro’yxatdan o’tish

Bu ijtimoiy tarmoqda ro’yxatdan o’tib, o’z akkauntingizni oshish uchun, telefoningizga rasmiy ilovasini o’rnatib oling, quyida yuklab olish ssilkalar:

  • Ayfon uchun (iOS)
  • Android uchun
  • Windows Mobile uchun

Namuna sifatida men o’zimning ayfonim misolida ko’rsataman, android va windowsli smartfon hozircha menda yo’q. Bir oz o’zgarishini e’tiborga olmasa barcha ilovalar bir xil, hech qanday qo’rqinchli joyi yo’q.

Qadam № 1. Telefon rusumingizga tegishli, yuqoridagi bergan ssilkamdan yoki ilovalar do’koniga kirib Instagramni yuklab oling.

Instagram yuklab olish va o'rnatish

Qadam № 2. Ilovani oching va ro’yxatdan o’tish yo’lini tanlang. Facebook orqali avtomatik ravishda ham ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish turi

Qadam № 3. Elektron pochta yoki telefon raqam orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Buning uchun bo’limlarni almashtirishingiz mumkin. (tel va pochta parolni qayta tiklash uchun ham kk bo’ladi)

Telefon nomeri yo'q

Qadam № 4. Telefon nomeringiz yoki elektron pochtangizni kiriting.

Pochta orqali

Qadam № 5. Familiyangiz, ismingiz, login va parol kiriting. Avatar rasmingizni ham o’rnating.

Anketani to'ldirish

Qadam № 6. Bir nechita do’stlaringizni qo’shishingiz yoki o’tkazib yuborishingiz mumkin. Agar «Подключиться к ВКонтакте» tugmasiga bossangiz Vkontaktedagi barcha do’stlaringizni Instagramda ko’rishingiz mumkin.

Do'stlarni qo'shing

Qadam № 7. Bo’ldi, akkaunt ochildi, endi uni sozlash va chiroyli bezash qoldi.

Akkaunt ochildi

Qanaday foydalanish to’g’risidagi to’liq ma’lumotlarni keyingi maqolalardan o’qib oling.

Agar sizda tushinmovchiliklar, muammolar savollar yoki xatolarga uchrab qolsangiz, quyida, izohlarda qoldiring albatta javob beramiz.

Kompyuter orqali qanday ro’yxatdan o’tish mumkin

Maqola boshida aytganimdek, kompyuter orqali Instagram akkaunt ochishning iloji yo’q. Lekin, mobil ilovani kompyuter yoki noutbuk orqali ochishning bir yo’li bor. Buning uchun rus tilidagi Android «BlueStack» emulyatorini o’rnatishingiz kerak.

Emulyatorni o’rnatish va Instagrani kompyuterda ochishni MANABU MAQOLADA o’qing. Maqolada barchasi qadamba-qadam ko’rsatilgan, 5 daqiqa ichida telefonsiz ochib olasiz. Barchasi oddiy, hech qanday qiyinchilik joyi yo’q.

Hali aytganimday, tushunmovchiliklarni izohlarda qoldiring. Bir oz keyinroq video qo’llanma qo’yaman.

Mening profilim boshqalarga ko’rinmayapdi, nima qilishim kerak

Instagramda shaxsiy profilingizni boshqalar uchun ochib yoki yopib qo’yishingiz mumkin. Quyidagi suratlarda qanday ochish yoki yopish ketma-ketligini ko’ring va profilingizni sozlang. Birinchi navbatda telefoningizdagi ilovani ochish:

Profil ochish

Quyidagi rasmda ko’rsatilgan qizil ramkaga olingan tugmaga bosing:

Akkauntga kirish

Bu yerda yuqoridagi uch chiziqqa bosing (qizil ramka bilan ko’rsatilgan):

Menyuga kirish

Endi quyidagi НАСТРОЙКА yozuviga bosing:

Sozlamalarga kirish

Bu sahifada «Конфиденциальность» yozuviga bosasiz:

Xavfsizlik bo'limiga o'tish

Keyingi qadamda «Конфиденциальность аккаунта» yozuviga bosasiz:

Maxfiylik bo'limiga kirish

Agar sizda quyidagi rasmda ko’rsatilgan tugma ko’k rangda turgan bo’lsa, demak sizning kanalingiz yopiq, ya’ni kanalingiz boshqalar uchun yopiq. Faqat siz uchun ochiq. Boshqalar uchun ham ochish uchun ushbu tugmani o’chirishingiz kerak. Kanalni ochish uchun tugmaga bosing:

Akauntni sozlash bo'limi

Kichik oynadagi OK tugmasini bosganingizda kanalingiz barcha uchun ochiladi:

Tasdiqlash oynasi

Endi sizning akkauntingiz ochiq:

Akauntimiz ochildi

Mana endi siz ham bemalol Instagramda o’z shaxsiy akkauntingizni osongina ochib sozlab olishingiz mumkin. Bu ijtimoiy tarmoq to’g’risidagi boshqa maqolalar, ya’ni rivojlantirish, targ’ib qilish va nihoyat pul ishlash to’g’risidagi maqolalarni o’qish uchun blog yangiliklariga obuna bo’ling. Ishlaringizga omad!

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 1
  1. leyla

    Yaxshi nArsani urgattiz man kmpyuterdan Olson insta skAchat qlgandm bulmagandi hozir Xie :idea: ;-) :idea: :cool: :x

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: