Ielits imtihoniga qanday tayyorlanish va topshirish mumkin. Ingliz tilini o’rganish haqida nimalarni bilishingiz kerak

ielts haqida malumot

Salom do’stlar! Bu maqolamizda biz, Ielts haqida gaplashamiz, chunki, bugungi kunda internet orqali masofadan turib chet el kompaniyalarida ishlash, yoki aynan chet ellarda ishlash uchun  hech bo’lmaganda ingliz va rus tillarini bilish talab qilinmoqda. Shunday ekan, har bir boshqa mamlakatlarda ishlashga qiziqayotgan odam birinchi navbatda yuqoridagi tillarni bir oz bo’lsada bilishi kerak.

Siz rus tilini bir oz bo’lsada bilishingiz tabiiy hol albatta. Agar bilmasangiz tezroq o’rganishni boshlang. Lekin, hozirgi kundagi yaxshi daromad qilishimizni to’sib turuvchi eng asosiy narsa bu – ingliz tilini bilmaslikdir.

Shunday ekan, bugungi maqolamda ingliz tilini o’rganish va ielts haqida ma’lumotlar berib o’taman. Eng asosiysi, qanday qilib IELTS imtihoniga yolg’iz o’zingiz tayyorlanishingiz mumkinligini bilib olasiz. Va ingliz tilini onlayn, uyingizdan chiqmagan holda o’rganish uchun bir nechita onlayn maktablar ro’yxatini keltirib o’taman.

Yangi boshlayotganlar uchun qo’llanmalar

Ingliz tili va ielts haqida

Ingliz tili va ilits

Sizga ingliz tilini o’rganish hozirgi kunda juda zarur. Chunki bugungi kunda pul topish mumkin bo’lgan internet saytlarining aksariyati ingliz tilida yuritiladi. Siz ingliz tilini o’rganishni boshlang. Buni o’rganish siz o’ylaganingizdan ko’ra osonroq.

Lekin aytib o’tishim kerak, har bir sohani o’rganishning o’ziga yarasha qiyinchiliklari bo’ladi albatta. Kerakli bilimlarni olib, til bo’yicha mahoratingizni oshirib olganingizdan keyin, IELTS testini topshirishga tayyorlaning va test topshirib ma’lum bir darajangiz haqida sertifikatga ega bo’ling.

Ielts haqida

ILETS nima?

IELTS – bu ingliz tili bo’yicha topshiriladigan xalqaro testdir.

Hozirgi kunda ,dunyo bo’yicha 140 mamlakatdagi hukumat muassasalari, ta’lim berish maskanlari va ish buyuruvchilar ja’mi 10 000 dan ortiq tashkilot va korxonalar IELTS ga ishonishmoqda.

Bundan ko’rinib turibdi-ki, IELTS testini topshirib yuqori ballga ega bo’lganlarga talab yuqori. Keyin esa, bu sertifikatga ega bo’lgan odam qaysidir bir tashkilotga ish qidirib borsa, ular bu odamni qabul qilish foizi ko’proq bo’ladi.

Ielts sertifikati nima uchun kerak

Menga nima uchun kerak

IELTS xalqaro sertifikati ingliz tili rasmiy til bo’lgan mamlakatlardagi, shuningdek, boshqa davlatlardagi ta’lim ingliz tilida olib boriladigan xalqaro oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish imkonini beradi.

Shunday ekan, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarga immigratsiya qilmoqchi bo’lsangiz, siz ham IELTS shartlarini bajarib, test topshirishingiz lozim bo’ladi. Sizning testingiz maxsus kengash tomonidan tekshirilib baholanadi. Qancha yaxshi topshirgan bo’lsangiz, shuncha yuqori ballga ega bo’lasiz.

Ielts imtihoni haqida

IELTS imtihoni haqida

IELTS imtihoni 2 moduldan iborat:

  1. Academic IELTS. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatdagi kollejlar va oliy o’quv yurtlariga hamda boshqa mamlakatlarning ingliz tilida ta’lim beriladigan o’quv yurtlariga o’qishga kirish uchun qo’llaniladi;
  2. General training IELTS. Yuqorida aytib o’tganimdek, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarga kasbiy immigratsiya yo’nalishi bo’yicha immigratsiya qilmoqchi bo’lgan insonlar uchun majburiy shartlardan biri hisoblanadi.

Bu imtihon test tarzida topshiriladi.
Ielts imtihoni haqida

Imtihon topshirish uchun ro’yxatdan qanday o’tish mumkin

Registratsiya jarayoni juda oson va tushunarli. Buning uchun pasportingiz raqami kerak bo’ladi. Bu osonlik bilan amalga oshiriladi:

  1. Britaniya Kengashining rasmiy ro’yxatdan o’tish sahifasiga kirasiz; uz
  2. Britaniya Kengashida hisobingizni yaratasiz;
  3. O’zingizga eng yaqin test markazini topasiz;
  4. IELTS imtihoniga ro’yxatdan o’tasiz va onlayn to’lov o’tkazasiz

Siz 18  yoshdan kichik bo’lsangiz, ota-onangiz orqali amalga oshirasiz. Shundan so’ng, test markazi sizga IELTS imtihonining sanasi va vaqti haqida yozma tasdiqni yuboradi.

Testni topshirish uchun bo’sh o’rinlar mavjud bo’lsa, istalgan payt ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Siz test qachon bo’lishini yangiliklar 2020 dan bilib oling va imtihonga 5-6 hafta qolganida ro’yxatdan o’tganingiz ma’qul (shaxsiy maslahat).

Xo’sh siz ro’yxatdan otdingiz. Endi esa siz imtihon kuniga qadar ingliz tili kurslarida o’rgangan darslaringizni boshidan oxirigacha takrorlab turing. Faqatgina bular bilan cheklanib qolmasdan, turli kitoblar o’qib, bilimingizni yanada oshiring.

Qattiq tayyorlaning deganimning sababi – bu imtihonning narxi qimmatroq, uni har doim shunchaki topshira olmaysiz. Shunday ekan, bu imkoniyatni qo’ldan boy bermaslikka harakat qiling.

Ielts imtihoniga tayyorlanish haqida

Imtihonga tayyorgarlik va onlaym maktablar ro’yxati

Imtihonga tayyorlanishda o’qituvchi bilan yoki o’zingiz mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin. Agar buni mustaqil ravishda amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, Britaniya Kengashi saytida buning uchun ko’plab materiallar mavjud. Misol uchun, IELTS Prep App, IELTS WORN POWER va turli xil mobil ilovalar mavjud. Sizdan talab qilinadigan narsa, shularni telefoningizga o’rnatib olib tayyorlansangiz bas.

Qolaversa, siz Play Market yoki App Store ilovalari orqali juda foydali dasturlarni topib, bilimingizni oshirishingiz mumkin. Bundan tashqari onlayn maktablarda o’z bilimingizni oshirishingiz mumkin. Quyida shunday onlayn maktablar ro’yxatini keltiraman, bu maktablarda darslar rus tilida olib boriladi. Bu bilan ingliz tilini o’rganish jarayonida sizga rus tilini ham o’rganish imkoniyati tug’iladi:

Ielts imtihoni haqida xulosa

  1. Онлайн-школа английского по Skype и Zoom – Skype va Zoom orqali onlayn ingliz tili maktabi
  • Kamida 5 yillik tajribaga va maxsus ma’lumotga ega o’qituvchilar.
  • Barcha o’quv materiallari Shaxsiy xonangizda bo’ladi.
  • Shaxsan o’zingiz yoki guruh bilan birga mashg’ulotlarni onlayn o’tishingiz mumkin .

Xulosa

Maqolam o’z nihoyasiga yetdi. Bugungi maqoladan foydali ma’lumotlar olgan bo’lsangiz men juda ham hursandman. Saytning yangiliklariga obuna bo’lmaganmisiz? Unda hoziroq ro’yxatdan o’tishingizni maslahat beraman. Chunki, foydali maqolalalardan bexabar qolib ketishingizni xohlamayman.

Maqola sizga yoqqan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali do’stlaringizga ulashing, bizni kuzatishda davom eting. Xayr, salomat bo’ling!

Baholashni unutmang!
( 5 assessment, average 4.4 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 1
  1. Dildora

    Rahmat ozim uchun bilan boldi. Ma’lumotiz foydali va dolzarb Macau bupti

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: