Shablon – bu, saytning tashqi ko’rinishi. Shablonlarning turlari juda ko’p, va ular pullik va bepul shablonlar bo’lishi mumkin.
Bizning maqsadimiz – hech kimning saytiga o’xshamagan, o’zimizning noyob shablonga ega bo’lish. Lekin, kursimizda yangi boshlayotganlar ham o’qishini inobatga olib, men boshqa yo’lni tutishga qaror qildim. Chunki, yangi boshlayotganlarning shablon uchun katta pul xarajat qilishga tayyor bo’lmasliklari, imkoni yoki ishtiyoqi bo’lmasligi mumkin.
Men o’zim ham shu yo’l bilan boshlaganman va shunday qilsak yaxshi bo’ladi deb hisoblayman.
Birinchi pulni ishlagunimizcha, xohlagan bir bepul shablonni o’rnatamiz, sozlaymiz va shu shablon bilan ishlaymiz. Keyin esa ishlagan pulimizga pullik shablon sotib olamiz yoki, hech kimda bo’lmagan noyob shablonga buyurtma beramiz.
Men, namuna uchun WPshop xizmatining Root shablonidan foydalanaman. Bu shablon juda oddiy va engil, optimallashtirilgan shablon, lekin pullik. Narxi uncha qimmat emas, bir oz xaraat qilishni istaganlar foydalanishi mumkin. Bu, boshlanishida juda ma’qul yo’l.
Sayt uchun shablonlarni qayerlardan topish mumkin?
Optimallashtirilgan shablonlar:
- Optimallashtirilgan shablonlar do’koni wpshop.
- Beewise loyihasidan eng yaxshi «Sky» shabloni ( «InterBiz» promokodi, shablonni 10% arzon olishga imkon beradi).
Boshqa do’konlar:
- WorPressning ofisialni shablonlar bo’limi
- Themeforest.net
- Templatemonster.com
- Mythemeshop.com
sdsdsdsad