SMM menejerlik kasbi – u kim, bu kasb sizga nimaga kerak, uning imkoniyatlari va u qancha haq oladi

Smm menejer haqida

Assalomu-aleykum uzinterbiz.com blogining o’quvchilari. Sizlar bilan men Tuychiyeva Malika, bukun siz bilan smm haqida gaplashamiz. Bilamizki xozirgi kunda insonlar o’z hayotini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar. Internet nafaqat ma’lumot manbai, balki, uyda o’tirib pul ishlash uchun qulay platforma bo’lib hisoblanadi. Agar siz boshqalar kabi ertalab turib ishga borishni yoki qattiqqo’l xo’jayinlar bilan ishlashni yoqtirmasangiz, uy bekasi  yoki nogiron bo’lsangizda, pul topish ilinjida bo’lsangiz, bugun sizni uyni tark etmasdan  daromad topish mumkin bo’lgan kasb, smm haqida ma’lumotlar bilan tanishtiraman.

Agar siz logist, jurnalist yoki marketing bo’yicha mutaxassis bo’lsangiz, lekin o’zingizning ish qobiliyatingizni qanday qo’llash mumkinligini bilmasangiz, SMM menejeri kasbiga e’tibor berishingiz kerak. SMM menejeri qanday kasb va uni egallash  uchun qanday asosiy qobiliyatlarga ega bo’lish kerakligini bilish uchun, quyidagi ma’lumotlarni o’qing, demak smm haqida…

Internet kasblarning barcha turlari haqida qo’llanmalar

SMM-menejeri kim va u nimaga javobgar?

Smm menejeri

SMM menejer kim va nima ish qiladi? SMM so’zi qisqartirilgan “Social Media Marketing”, ya’ni ijtimoiy media marketingining deb ingliz tilidan tarjima qilinadi. SMM menejer, ijtimoiy platformalar orqali ommani jalb qilish bo’yicha mutaxassis bo’lib, qisqa vaqt ichida Facebook, Instagram, Odnoklassniki kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlarda jonli trafikka ega bo’ladi.

SMM menejerining asosiy faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda brendni reklama qilishdir. Turli firmalarda ushbu mutaxassis uchun professional talablar mutlaqo boshqacha bo’lishi mumkin: ba’zida u faqat ijtimoiy tarmoqlarda postlarni chop etish va obunachilar  bilan onlayn muloqotni amalga oshirish bilan shug’ullanadi, ba’zida esa uning vazifalari  murakkab jarayonlarni o’z ichiga olishi mumkin: masalan, maqsadli auditoriya bilan muloqot, tahlil qilish, guruhlarni (internetdagi) reklama qilish va boshqalar.

SMMdagi asosiy e’tibor, tashkilotchining ishtirokisiz foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar orqali o’z-o’zidan ma’lumot tarqatadigan qiziqarli kontent yaratishiga qaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda uzatiladigan xabarlar potentsial iste’molchilarda ko’proq ishonch tug’diradi. Bu o’zaro ta’sirning asosiy ijtimoiy aloqalari orqali ijtimoiy axborot vositalarida tarqatishning tavsiya etilgan sxemasiga bog’liq.

Ideal SMM menejerining vazifalari nimalardan tashkil topgan bo’ladi?

Smm menejer vazifalari

Kompaniyadagi SMM uchun javobgar shaxsning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Ijtimoiy tarmoqlarda brendni yaratish uchun umumiy strategiyani ishlab chiqish va ushbu strategiyani haqiqatga aylantirish
  • Brendni his qilish va tushunish, barcha harakatlarni maqsadli auditoriyaga yo’naltirish va uning tilida muloqot qilish qobiliyati
  • Buyudjetni oqilona boshqarish, reklama kampaniyalarini tashkil qilish va tahlil qilish;
  • Chiroyli suratga olish qobiliyati. Hatto telefonda ham, chunki, kichik biznesni endi Instagramdagi go’zal profilsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Har doim professional fotosuratchini ishga jalb qilish arzon variant emas. Shuning uchun foto-kontent ko’pincha SMM menejeri tomonidan yaratilishi kerak;
  • Go’zallik tuyg’usiga ega bo’ling va tendentsiyalardan xabardor bo’ling
  • Savodli yozma til, matn tarkibini yozish va so’zlash qobiliyati;
  • Ijtimoiy tarmoqlar uchun veb-saytni optimallashtirish;
  • Va, albatta, odamlar bilan ishlash qobiliyati va psixologning ko’nikmalar juda muhimdir;
  • Rus tili va ayrim holatlarda ingliz tilini mukammal bilish. Rus tilini bilmasangiz ishlay olmaysiz !

SMM menejer qanday fazilatlarga ega bo’lishi kerak va nimalarni bilishi kerak?

smm menejer kasbi

SMM mutaxasisti bo’lishni istaganlar uchun ba’zi maslahatlar:

  1. Juda kech bo’lmasdan o’ylab ko’ring! Yo’q, jiddiy aytayapman, odamlar bilan doimo ishlashingiz kerak bo’ladi, bu esa haqiqiy do’zaxdir. Agar avtobusda sizni yo’lovchilar turtganidan g’azablanadigan inson bo’lsangiz, unda bu kasb siz uchun emas.

Mijoz bilan muloqot qilish oson emas, lekin agar siz professional bo’lsangiz, agar siz nuqtai nazaringizni himoya qilsangiz va qaror qabul qilsangiz, hamma narsa yaxshi bo’ladi.

Misol uchun:

– Keling, bir kunda5 ta post chop etamiz, – deydi mijoz.

– Yo’q, – deydi smm menejer.

 Barchasi shu tarzda davom etsa, albatta, ziddiyat kelib chiqishi aniq. Ziddiyatga bormaslik uchun siz, qarshiligingizning sabablarini asoslab berishingiz kerak, yani, masalan quyidagicha davom etishingiz mumkin:

– Yo’q, men buni tavsiya qilmayman. O’zingiz o’ylab ko’ring, biz 5 ta postni yaratamiz, ularni har birini kuniga kamida 5 dollarlik reklama qilish kerak. Afsuski, bizning byudjetimiz kuniga 25$ ajratish imkonini bermaydi, bizda faqat oyiga 200 $ bor.

  1. Fikringiz o’zgarmadimi? Yaxshi, avvalo ijtimoiy tarmoqlarning barcha nozikliklarini yaxshilab o’rganishingiz kerak. Bu, albatta, Odnoklassniki, keyin Facebook va Instagram.
  2. Endi nazariya haqida. Agar internetda sahifa yaratish oson deb hisoblasangiz va obunachilar daryo bo’lib oqib keladi desangiz , qattiq yanglishasiz. Sizning sahifangiz aslini olganda hech kimga kerak emas, maksimal 3 ta layk to’playsiz: onangizdan, o’zingizdan va mushugingizdan. Shuning uchun men sizga, quyida ajoyib resurslar ro’yxatini beraman va albatta, ijtimoiy tarmoqlarda imkon qadar ko’proq marketingni rivojlantirish haqida postlar o’qing:
  • siliconrus.com
  • cossa.ru.
  1. Resurslar va maqolalar to’plamlarini o’qish uchun uch kecha o’ldirdingizmi? Tabriklayman, siz hali ham SMM haqida hech nimani bilmaysiz. Smm menejeri asosiy mahoratni “tajriba jang maydoni” da orttiradi. Ushbu bosqichda sizga Odnoklassniki, Facebook yoki Instagramda qiziqarli kontentga ega bo’lgan sahifa ochishni tavsiya etaman. Agar 1000 ta obunachi yig’a olsangiz, bu juda katta yutuq hisoblanadi.
  2. Eng oddiy narsalarni, sahifalarni reklama qilishdan boshlang. Masalan, tumovdan tabletkalarmi, eshik va romlarmi farqi yo’q. Sizga tajriba kerak!
  3. Siz foydalanuvchilarning manfaatlariga befarqlik qila olmaysiz. Ijtimoiy tarmoqlar aloqalar va axborot uchun ishlatiladi, shuning uchun taniqli internet jamoa foydalanuvchilarini fikrini hisobga olishingiz kerak. Ba’zan kulgili suratlarni joylashtirishingiz kerak va ba’zan maslahat va foydali tavsiyalar berishingiz kerak Bundan tashqari, maqsadli auditoriyani do’stlar bilan baham ko’rishga nima undaganligini bilish ham muhimdir.
  4. Ma’lumotni oqilona hajmda va o’z vaqtida joylashtirsangiz, potentsial xaridorlarni jalb qilish imkoniyati ortadi. Faqat muntazam chop etishni ta’minlash kompaniya brendini targ’ib qilishga yordam beradi. Smm haqida yana nimalarni bilishingiz kerak?…

Bu kasb sizga nima uchun kerak? Qancha oylik oladi? Kasbning kelajagi 

Smm menejer oyligi

Bu kasbning eng katta afzalligi, bu uyni tark etmasdan ishlay olish imkonidir. Ya’ni hozirda ko’p qulog’ingizga chalinayotgan “freelancer” so’zi aynan shunday kasb egasidir. Albatta freelanceda boshqa ishlar bilan ham shug’ullansa bo’ladi, bu haqda keying maqolalarimda to’xtalib o’taman.

Endi esa mavzuimizning eng qiziq qismiga keldik. Maosh! Yuqorida   aytib o’tganimdek , SMM mutaxassisining vazifalari ko’p qamrovlidir. Qilingan ish va majburiyatlariga qarab oylik pul ham har xil bo’ladi.

Masalan: Siz reklama agentligida SMM menedjer bo’lib faoliyat yuritsangiz, farqi yo’q siz “inhouse” mutaxassismisiz yoki “outsource”mi oyligingiz 2 million so’mdan 3,5 milliongacha bo’lishi mumkin. Lekin agar hech bir joyda ishlamay, yakka o’zingiz proyektlar bilan shug’ullansangiz oyligingiz 8 million so’mga ham yetishi mumkin.

Xursand bo’lishga shoshmang, bu 8 millionni olish uchun , siz reklama agentligida ishlayotgan 8 ta odamni ishini qilishingizga to’g’ri keladi. Ya’ni siz targetolog, kopirayter, dizayner, fotosuratchi, ekonomist va analitik bo’lishingiz kerak bo’ladi (Bitta proyektni yaxshi olib borish uchun shunday mutaxassislar kerak bo’ladi). Sizni tinchlantiradigan  bir narsa bu – yuqorida keltirilgan kasblarni bitta odam ham mukammal  egallashi mumkinligidir. Faqatgina katta xohish va vaqt kerak bo’ladi xolos.

SMM menejerlikga qanday va qaerda o’rganish mumkin? 

Smm menejer onlayn maktabi

Agar SMM  menejmentni teztroq o’rganmoqchi bo’lsangiz, sizga maslahatim reklama agentliklariga borib  tekinga amaliyot o’tang.  Albatta barcha agentliklar ham amaliyotchilarni qabul qilishmaydi, lekin ayrimlari yordamchi qo’ldan voz kechishmaydi. Agentllikda ishlayotgan SMM menejerlarga yordamchi bo’lib, siz 100ta kitobdan o’qiganingizdan ko’ra ko’proq ma’lumot olasiz.

Hozirgi paytda Toshkent shahrida bunday agentliklar juda ko’p. Ulardan eng mashxurlari “Alpha-education” “X-marketing”, “Africa agency”, “22 Agency”, “Space Agency”, “Yes Agency”. Ular haqida to’liq ma’lumotni  ijtimoiy tarmoqlardan olishingiz mumkin. Bu o’quv maskanlarida o’qish narxi 500 000 so’mdan 6 000 000 million so’mgacha tashkil etadi (maqola yozilayotgan payt).

Nima uchun Toshkent yoki boshqa shaharlarda o’qishdan onlayn o’qish afzal?

Smm menejerlikka masofadan o'qish

SMM – menejerlikni, ijtimoiy tarmoq marketinggini o’rganish uchun ko’proq onlaynda bo’lishingiz kerak. Chunki, siz ko’proq bloglar o’qishingiz, video ko’rishingiz, mutaxasistlar gruxlarida qatnashishingiz kerak bo’ladi. Sinfda, o’quvchi partasida o’tirib o’qish, bu ishlar uchun emas.

Eng yaxshi mutaxasistlar Toshkentda, Moskvada, Londonda va shunga o’xshash katta shaharlarda, lekin, ular ham internetda onlayn o’qitish orqali ko’proq o’qituvchilarni jalb qilish maqsadida chet joylarga intilishadi. Shuning uchun ham uzoq – uzoq joylardan kelib, ortiqcha xarajatlar qilib, poytaxtda yoki boshqa shaharlarda o’qishga hojat yo’q deb hisoblayman.

Smm haqida onlayn maktablar ro’yxati

Agar onlaynda, uydan chiqmasdan o’rganishni istasangiz quyidagi onlayn maktablarga e’tiboringizni qarating! Bu maktablarda o’qish ancha arzonga tushadi, chunki, siz uchun o’qish pulidan tashqari hech qanday ortiqcha xarajat qilmaysiz. Masalan, yo’l puli, yotoqxona puli va hokazo.

O’qish narxlari har xil, siz har oy uchun alohida oyiga to’lab o’qishingiz ham mumkin, bundan tashqari boshlang’ich kurslarni bepul o’rganasiz. Agar, kurs sizga yoqsa, keyin pulini to’lab o’qishni davom ettirishingiz mumkin. Umumiy narxlar 29 000 rubldan (taxminan maqola yozilayotgan payt 3770 000 so’m) 50 000 rublgacha (taxminan 6 370 000 so’m).

  1. Convert Monsterdan SMM-menejer kasbi

O’qituvchi va kuratorlar promo-loyihalar tuzishni, raqobatchilarni tahlil qilish, bellashuvlar o’tkazish va Odnaklassniki, Vkontakte, Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda 20 ta o’quv mashg’uloti doirasida o’rgatishni vada qilishyapdi. Oqish vaqti 90 kunga mo’ljallangan. O’qishni tugatganlarga ishga joylashishga ko’maklashishadi. To’liq malumot va ro’yxatdan o’tish uchun bu yerga bosing.

Videokurs yozuvlari bu yerda

Ijtimoiy tarmoqlar mutaxasisti
  1. Нетология dan SMM-menejer kasbi
Smm menejerlikni o'rganish
  1. Instagram – marketolog, SMM – menejerlik kasbi
Instagram marketologlikni o'rganish
  1. Geekbrains va Mail.rudan SMM – menejerlik kasbi.
Smm menejerlik kasbi
  1. 1day1step.rudan BEPUL onlayn marafon
onlayn marafon

SMM menejer bo’lib ishlash uchun ishni qayerlardan topish mumkin.

Ushbu kasbni  mukammal o’rganganingizdan keyin, sizda qayerdan ish topsam ekan, degan savol tug’iladi. Ko’pincha marketologiyaga bog’liq bo’sh ish o’rinlarini quyidagi saytlaridan topishingiz  mumkin:

  • Rabota.uz
  • OLX.uz
  • Ishko’p.uz

Chet tilini bilsangiz, masofadan turib boshqa davlatda  ham ishlasangiz bo’ladi. Masalan, Rossiya uchun quyidagi saytilarda aniq ish topasiz:

Maoshni odatda valyuta kartasi yoki electron hamyonlarga o’tkarishadi.

Yuqorida yozib o’tilgan agentliklarning internet sahifalarida ham bo’sh ish joylari haqida ma’lumotlar paydo bo’lib turadi, ularni muntazam kuzatib boring. Ko’pgina xollarda SMM mutaxassis amaliyot o’tagan agentligida ishga joylashadi, agar o’zini yaxshi tomondan ko’rsatsa, albatta.

Xulosa

O’ylaymanki, SMM mutaxassisi har bir kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bilan shug’ullanadigan muhim bir birligi ekanligini tushunib yetdingiz. Xozirgi kunda, bozorda aqlli mutaxassislar juda ko’p emas, talab taklifdan  ancha yuqori va ish haqi mehnat xarajatlarini to’liq oqlaydi. Bu yo’nalishning asosiy afzalliklari menimcha, bu katta raqobatning yo’qligi va ushbu xizmatga bo’lgan talabning ortishihamdir. Axir, kimdir pul uchun biznesni rivojlantirishga yordam beradi, bu ham bir biznesku!

Bundan tashqari o’z oilangizdan yiroqlashmay ishlash imkoniyati ham,  oxirgi o’rinda turmaydi. Har xil insonlar bilan muloqot qilib o’zingizni kommunikativ jihatlaringizni ham rivojlantirasiz. Bitta tovarni reklama qilish uchun juda ko’p ma’lumot yig’ishingiz va izlanishingiz kerak bo’ladi, bu esa tajribangizni  yanada oshiradi.

Umid qilamanki, ushbu maqola sizga o’z yo’lingizni topishga va maxoratingizni ko’rsatishga yordam beradi. Maqola haqidagi fikr va mulohazalaringiz bilan quyida izohlarda bo’lishing. Qiziqtirayotgan savollar bo’lsa, to’liq javob berishga harakat qilaman. Yanada qiziqarli va foydali maqolalarni o’qish uchun bizning sahifamizga obuna bo’ling. Sog’ bo’ling!

Hurmat bilan Malika Tuychiyeva 

Текст на русском

Профессия SMM-менеджера — кто это, зачем нужна эта профессия, ее возможности и сколько она стоит

Здравствуйте, читатели блога uzinterbiz.com. Я Малика Туйчиева, и сегодня мы поговорим о SMM. Мы знаем, что современные люди не представляют свою жизнь без социальных сетей. Интернет — это не только источник информации, но и удобная площадка для заработка сидя дома. Если вы не любите вставать утром, чтобы идти на работу как все или работать со строгим начальством, если вы домохозяйка или инвалид, и хотите зарабатывать, сегодня я расскажу вам о профессии и т.д. ., где можно заработать не выходя из дома я познакомлю вас с информацией.

Если вы логист, журналист или маркетолог, но не знаете, как применить свои рабочие навыки, вам стоит обратить внимание на профессию SMM-менеджера. Чтобы узнать, что такое профессия SMM-менеджера и каковы основные навыки для ее приобретения, прочитайте информацию ниже, так что о smm…

Путеводители по всем видам интернет-профессий

Кто такой SMM-менеджер и за что он отвечает?

Кто такой SMM-менеджер и чем он занимается? Слово SMM сокращенно «Social Media Marketing», то есть маркетинг в социальных сетях в переводе с английского. SMM-менеджер является экспертом по привлечению масс через социальные платформы, и в короткие сроки у вас будет живой трафик в популярных социальных сетях, таких как Facebook, Instagram, Одноклассники.

Основная деятельность SMM-менеджера — реклама бренда в социальных сетях. В разных фирмах профессиональные требования к этому специалисту могут быть совершенно разными: иногда он занимается только публикацией постов в социальных сетях и онлайн-общением с подписчиками, а иногда в его задачи могут входить сложные процессы: например, общение с целевой аудиторией , анализ, реклама групп (в интернете) и т.д.

Основной упор в SMM делается на создание интересного контента, который пользователи самостоятельно распространяют через социальные сети без привлечения организатора. Сообщения в социальных сетях вызывают больше доверия у потенциальных потребителей. Это зависит от рекомендуемой схемы распространения в социальных сетях по основным социальным звеньям взаимодействия.

Каковы обязанности идеального SMM-менеджера?

К основным задачам ответственного за SMM в компании относятся:

Разработка общей стратегии построения бренда в социальных сетях и воплощение этой стратегии в жизнь
Умение чувствовать и понимать бренд, направлять все действия на целевую аудиторию и общаться на ее языке
Рациональное управление бюджетом, организация и анализ рекламных кампаний;

Возможность делать красивые снимки. Даже в телефоне, ведь малый бизнес уже невозможно представить без красивого профиля в Instagram. Наем профессионального фотографа не всегда дешевый вариант. Поэтому фотоконтент чаще всего должен создавать SMM-менеджер;

Иметь чувство прекрасного и быть в курсе тенденций

Грамотная письменная речь, умение писать и говорить текстовое содержание;
Оптимизация сайта для социальных сетей;
И, конечно же, очень важны умение работать с людьми и навыки психолога;
Отличное знание русского и, в некоторых случаях, английского языка. Вы не можете работать, если не знаете русский язык!

Какими качествами должен обладать SMM-менеджер и что он должен знать?

Вот несколько советов для начинающих SMM-специалистов:

Думай, пока не поздно! Нет, серьезно, тебе приходится постоянно работать с людьми, а это ад. Если вы тот человек, который злится, когда пассажиры толкают вас в автобусе, то эта работа не для вас.

Общаться с клиентом непросто, но если вы профессионал, если отстаиваете свою точку зрения и принимаете решение, то все будет хорошо.

Например:

– Давайте выложим 5 постов за один день, – говорит клиент.
– Нет, – говорит SMM-менеджер.

Если все будет продолжаться в том же духе, обязательно возникнет конфликт. Чтобы избежать конфликта, нужно обосновать причины своего возражения, то есть, например, можно поступить следующим образом:

– Нет, не рекомендую. Сами подумайте, мы создадим 5 постов, каждый из которых должен рекламироваться минимум на 5 долларов в день. К сожалению, наш бюджет не позволяет выделять 25$ в день, у нас есть только 200$ в месяц.

Вы передумали? Ну, для начала нужно досконально изучить все тонкости социальных сетей. Это, конечно же, Одноклассники, за которыми следуют Facebook и Instagram.

Теперь о теории. Если вы думаете, что создать страницу в интернете легко, а подписчики потекут рекой вы очень ошибаетесь. Ваша страница никому особо не нужна, вы получите максимум 3 лайка: от мамы, себя и своего кота. Вот почему я даю вам список замечательных ресурсов ниже и, конечно же, читайте как можно больше сообщений о маркетинге в социальных сетях:

Силиконрус.com
cossa.ru.

Убил три ночи на чтение сборников ресурсов и статей? Поздравляем, вы еще ничего не знаете о SMM. Менеджер CMM приобретает ключевые навыки на «поле битвы опыта». На этом этапе рекомендую открыть страницу с интересным контентом в Одноклассниках, Facebook или Instagram. Если вы можете получить 1000 подписчиков, это огромное достижение.

Начните с самого простого, рекламных страниц. Например, неважно, пилюли это, двери или рамы. Вам нужен опыт!

Нельзя быть равнодушным к интересам пользователей. Социальные сети используются для общения и получения информации, поэтому следует учитывать мнение известных пользователей интернет-сообщества. Иногда нужно разместить забавные картинки, а иногда нужно дать совет и полезные рекомендации, а также важно знать, что мотивирует целевую аудиторию делиться с друзьями.

Если разместить информацию в разумном объеме и в нужное время, шансы на привлечение потенциальных покупателей увеличатся. Просто предоставление регулярной печати будет способствовать продвижению бренда компании. Что еще нужно знать о SMM?…

Зачем вам эта профессия? Сколько месяцев это занимает? Будущее профессии

Самым большим преимуществом этой профессии является возможность работать, не выходя из дома. То есть слово «фрилансер», которое вы часто слышите, это обладатель такой профессии. Конечно, вы можете заниматься и другими делами как фрилансер, об этом я расскажу в следующих своих статьях.

Вот мы и подошли к самой интересной части нашей темы. Зарплата! Как я уже говорил выше, обязанности SMM-специалиста многогранны. В зависимости от работы и обязательств ежемесячная сумма будет разной.

Например: Если вы работаете SMM-менеджером в рекламном агентстве, неважно, специалист вы «инхаус» или «аутсорс», ваша месячная зарплата может составлять от 2 млн до 3,5 млн сумов. Но если вы нигде не работаете и занимаетесь проектами самостоятельно, ваша месячная зарплата может достигать 8 миллионов сумов.

Не спешите радоваться, чтобы получить эти 8 миллионов, вам придется выполнять работу 8 человек, работающих в рекламном агентстве. То есть вам нужно будет быть таргетологом, копирайтером, дизайнером, фотографом, экономистом и аналитиком (такие специалисты нужны, чтобы хорошо запустить один проект). Одна вещь, которая даст вам душевное спокойствие, это то, что даже один человек может в совершенстве овладеть вышеперечисленными профессиями. Просто нужно много желания и времени.

Как и где научиться SMM-менеджменту?

Если вы хотите быстрее научиться SMM-менеджменту, советую вам отправиться в рекламные агентства и пройти бесплатную стажировку. Конечно, не все агентства принимают практиков, но некоторые не оставляют руки помощи. SMM, работающий в агентстве, — это помощник менеджеров, и вы получите больше информации, чем сможете прочитать в 100 книгах.

В настоящее время таких агентств в Ташкенте много. Самые известные из них «Альфа-образование», «Х-маркетинг», «Агентство Африка», «Агентство 22», «Космическое агентство», «Агентство Да». Получить полную информацию о них можно из социальных сетей. Стоимость обучения в этих учебных заведениях колеблется от 500 000 до 6 000 000 млн сумов (на момент написания статьи).

Почему лучше учиться онлайн, чем учиться в Ташкенте или других городах?

Чтобы научиться SMM-менеджменту, маркетингу в социальных сетях, нужно больше быть онлайн. Потому что вам нужно будет больше читать блоги, смотреть видео, участвовать в экспертных группах. Учиться в классе, сидеть за студенческой партой — не для работы.

Лучшие специалисты находятся в Ташкенте, Москве, Лондоне и подобных крупных городах, но они также ищут зарубежные места, чтобы привлечь больше учителей через онлайн-обучение в Интернете. Поэтому я считаю, что нет необходимости приезжать издалека и тратить лишние деньги на обучение в столице или других городах.

Список онлайн-школ по SMM

Если вы хотите учиться онлайн, не выходя из дома, обратите внимание на следующие онлайн-школы! Обучение в этих школах намного дешевле, потому что вы не несете никаких дополнительных расходов, кроме платы за обучение. Например, командировочные, расходы на проживание и т.

Цены на обучение разные, вы можете оплачивать каждый месяц отдельно, а также можете пройти начальные курсы бесплатно. Если вам это нравится, вы можете заплатить за это и продолжить чтение. Общие цены варьируются от 29 000 рублей (около 3 770 000 сумов на момент написания статьи) до 50 000 рублей (около 6 370 000 сумов).

Карьера SMM-менеджера от Convert Monster

Преподаватели и кураторы обещают создавать промо-проекты, анализировать конкурентов, проводить конкурсы и обучать в течение 20 обучающих сессий в социальных сетях, таких как Одноклассники, Вконтакте, Facebook, Instagram. Срок годности 90 дней. Выпускникам помогают устроиться на работу. Нажмите здесь для получения полной информации и регистрации.

Записи видеокурсов здесь

Профессия SMM-менеджер от Netology
Instagram — это маркетолог, SMM — профессия менеджера
SMM от Geekbrains и Mail.ru — профессия менеджера.
БЕСПЛАТНЫЙ онлайн-марафон от 1day1step.ru
Где найти работу SMM-менеджером?

После того, как вы в совершенстве освоили эту профессию, у вас возникает вопрос: где мне найти работу? Вакансии, связанные с маркетингом, часто можно найти на следующих сайтах:

Работа.uz
OLX.uz
Ishko’p.uz

Если вы знаете иностранный язык, вы можете работать удаленно в другой стране. Например, конкретные вакансии для России вы найдете на следующих сайтах:

hh.ru
Work-Zilla.com
Кворк
Зарплата обычно перечисляется на валютные карты или электронные кошельки.

Информация о вакансиях также появляется на сайтах вышеперечисленных агентств, следите за ними регулярно. Во многих случаях SMM-специалист устроится на работу в агентство, где он проходил стажировку, если, конечно, покажет себя с хорошей стороны.

Краткое содержание

Думаю, вы поняли, что SMM-специалист — важная единица каждой компании, занимающейся рекламой в социальных сетях. Сегодня на рынке не так много умных профессионалов, спрос значительно превышает предложение, а заработная плата полностью оправдывает трудозатраты. На мой взгляд, главные преимущества этого направления – отсутствие конкуренции и повышенный спрос на данную услугу. Ведь кто-то помогает развивать бизнес за деньги, это тоже бизнес!

К тому же возможность работать, не отрываясь от семьи, не последнее дело. Общаясь с разными людьми, вы разовьете свои коммуникативные навыки. Вам нужно будет провести много исследований и исследований, чтобы рекламировать один продукт, что еще больше повысит ваш опыт.

Надеюсь, эта статья поможет вам найти свой путь и показать свои навыки. Поделитесь своими мыслями и комментариями по поводу статьи в комментариях ниже. Если будут интересные вопросы, постараюсь ответить на них полностью. Подпишитесь на нашу страницу, чтобы читать больше интересных и полезных статей. Будьте здоровы!

Оцените материал
( 19 assessment, average 4.42 from 5 )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 11
  1. Zor chiqibdi

    SMM haqida juda yaxwi maqola yozibsiz.Bu haqida yanada ko’proq yozish mumkin edi,llekin siz qisqa va lo’nda qilib yozibsiz, bu juda yaxwi ;-)

    1. Умиджон Обудов

      Raxmat, sizga ma’qul bo’lganidan xursandmiz.

  2. YORKINBEK

    assalomu aleykum SMM haqida judayam br tushunarli qilb yozibsz katta raxmat hec nima bilmasdm endi yaxshigina malumotga ega man bundan tawqari marketing haqida yozganizi ham oqidm yena wunaqa mavzularda yozing

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Sizga foydasi tekganidan xursandman.

  3. Эркинбек

    Хакикатан хам жуда кизикарли ва фойдали макола булибди, хам одамни фикрини жамлашда хам хаётдаги тажрибасини оширишда ёрхам берадиган хакикий маслат булибди, рахмат

  4. alik

    BU maqolalar zur lekin kuchirib bulmas ekan.Uqigan bn yodga qolmaydi.Avtorda iloji bulsa kuchirib olib odamlar uni uqib yurush uchun pdf yoki word farmatda skachat qilish uchun qulaylik yaratsa juda xam zur bulardi :| :x :x :x :x

    1. Alex

      PDF fileda saqlasa boladi

  5. 0810

    Salom hammaga bularni qayerda o’rgansa bo’ladi kimdir bilsa yoki o’rgataman deganlar telegramdan ( @GULM0810 ) GA yozinglar kampyuter yo’q lekn
    :idea:

  6. Nodira

    Malikahon juda ham chiroyli tushuntirib yozib qoldiribsiz rahmat.Ishiyizga Omad tiliyman

  7. zarina

    juda ham foydali bo’ldi lekin bepul onlayn kurslar mavjud emasmi qatnashishni xohlardim juda ham

    1. Умиджон Обудов

      Salom. Foydasi tekganidan xursandman. Bepul kurslar ko’p, lekin pullik kurslarda o’qishni maslahat beraman. Chunki, birinchidan pul to’lab o’qisangiz darslarni oxirigacha qund bilan o’rganasiz, pul to’laganingizdan keyin qiynalganingizga qaramasdan o’zingizga motivatsiya berasiz pulim kuymasiz deb(((, qolaversa o’rgatuvchi nazoratida o’qiysiz va biron natijaga erishasiz. O’qishdan maqsad natijaga erishish to’g’rimi. Shunday ekan, natijaga erishish uchun albatta pullik kurslarda o’qishni maslahat bergan bo’lardim. Tajribamga ishonavering, o’zim ham bepul kurslarda o’qisa ham bo’ladi deb naq 5 yilimni yo’qotdim. Bepul kurslar natijasi juda kam bo’ladi…

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: