Ishga qabul qilishlari uchun, rezyumeni qanday yozish kerak, qo’llanma va shablonlar namunalari. Mukammal rezyume to'ldirish uchun servislar

Mukammal rezyume to'ldirish

Ish qidirayotganlarga alangalik salomlar!

Ishlarni topasan, barchasiga rezyumeni yuborasan, lekin, hech qaysisi suhbatga ham chaqirmaydi va hatto rezyumeingizga javob ham berishmaydi. Agar o’zingiz telefon qilib so’rasangiz, o’zimiz telefon qilamiz, yoki, vakansiyamizga ishchi oldik deyishadi. Shunday holat sizga tanishmi? Agar sizda ham shunday holatlar bo’lgan bo’lsa, unda siz, to’g’ri manzilda, to’g’ri joydasiz.

Chunki, bugun men, yaxshi ishni olish uchun, bir marta yuborilgan rezyumega qanday javob olishni o’rgataman, yani, siz bilan birgalikda, o’zimizning mukammal rezyumeimizni yozib, to’ldirib chiqamiz. O’zbek tilidagi rezyume namunasi bilan tanishasiz va chet el kompaniyalari uchun qanday rezyume tayyorlash kerakligi haqida bilib olasiz.

Mukammal rezyumeni to’ldirgandan keyin, o’zingiz xohlagan, yaxshi ko’rgan ishingizga, rezyumeingizni bemalol yuborishingiz mumkin bo’ladi.

Ish izlab topish uchun qo’llanmalar

Rezyume nima degani va uning qoidalari

Rezyume nima degani

Rezyume Yevropa va Amerika kadrlar boshqaruvi amaliyotidan kirib kelgan hujjatdir. Ishga joylashishda rezyumeni taqdim etish biznes etiketining zamonaviy qoidalarining elementlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, rezyume mehnat bozorida o’z- o’zini reklama qilishning eng samarali vositasi. Har qaysi davlatda rezyume yozilishiga bo’lgan talab turlicha.



Amerika rezyume namunasida Curriculum Vitae eng mashhuri (tarjimasi – “hayot yo’li” deb ataladi) yoki, qisqartirilib, CV deb yuritiladi. Faqat, sarlavha va format boshqacha, qolganlari o’zimiznikiday. Agar siz, freelanser bo’lsangiz va so’mda ishlash sizga kamlik qilayotgan bo’lsa, ingliz tilini o’rganing va dollorda ishlashni boshlang.



Rezyume-bu mehnat bozorida raqobatbardosh bo'la oladigan shaxsning qobiliyatlari ko’rsatilgan hujjatdir.  Rezyumeda, bo’lajak xodimdan talab qilinadigan fazilatlarni ko'rsatish kerak.

Rezyume uchun ma'lumot sizning maqsadlaringizga asoslangan bo’lishi kerak, ya'ni, rezyume, siz talab qilayotgan lavozimingiz uchun muhim bo'lgan tajribangizning aniq jihatlarini tasvirlay olishi kerak.

Siz rezyumeyingizni ishga kirmoqchi bo’lgan kompaniyangizning biznes xususiyatlarini hisobga olgan holda, muayyan ish beruvchining talabiga binoan yozishingiz kerak.

Diqqat! Yangi ishga joylashish uchun suhbatga borayotganingizda rezyumeni bir nusxasini ham olib boring.

Shunday qilib, to'g'ri yozilgan rezyume-munosib ishni topishda sizning yordamchingiz bo’ladi, shuning uchun, rezyume yaratish mahoratingizni doimo rivojlantirib borishni tavsiya etamiz.

Rezyumening qanday turlari mavjud

Rezyumening qanday turlari bor

Tanlagan kasbingizga qarab, rezyumeni 5 turga bo’lish mumkin:

  • Kamida 10 blokdan iborat bo’lib, har biri to’liq to’ldiriladi. Bu turni, kimda katta tajriba va oliy ma’lumoti bo’lsa, o’shalarga tavsiya qilaman.
  • Turli funksiyalik. Studentlar, uy bekalari hamda, ko’p vaqtlar ishsiz yurganlarga tavsiyz qilinadi. Bilimga, qobiliyatga va xizmatlarga urg’u beriladi.
  • Yutuqlar, mehnat stajingiz, yillar ketma-ketligida yozilishi kerak.
  • Vazifa — muayyan bir ishni olish. Siz xohlayotgan, qobiliyat va ma’lumotingizni o’z ichiga olishi kerak bo’lgan kasb. Qisqalik va mutaxasistlik — asosiy afzalligi.
  • O’qituvchi va professorlar yozishadi. Hujjatning taxminan 60 foizi — mukofotlar, ilmiy maqolalar va nashrlar, ma'lumotlarning tavsiflari tashkil etadi.

Bir necha turini birlashtirib yozing. Masalan, umumiy – xronologik rezyume juda uyg’un bo’ladi.

Injiq hujjat to’ldirishni yoqtirmaydiganlar va Googlega o’xshagan katta kompaniyalarga ishga kirishni xohlovchilarga, videorezyume yozishni maslahat beraman.

Nima uchun yaxshi rezyume barcha uchun muhim va kerak

Siz o’zingizni ish beruvchining o’rniga qo’yib ko’ring. Deylik siz, kichik bir korxona egasisiz. Ishchiga to’lanadigan pul qiymatidan ko’proq foyda olmoqchisiz. Pochtaga 35 ta rezyume keldi. Har bir inson yaxshi mutaxasistdek ko'rinadi, biroq siz ulardan birini tanlashingiz kerak.

Har bir anketani ko’zdan kechira boshlaysiz: ba’zilari juda o’xshash, ba’zilarida malumot yetarli emas. Shu payt ko’zingizga, did bilan yozilgan, muloqotlar o’z o’rnida, asosiy malumotlar ko’rsatilgan anketa tushib qoladi. Siz u inson bilan tanish emassiz, lekin, hujjat u insonning to’g’riligi va aniqligi haqida malum qiladi, garchi bu haqda hech qanday gap yozilmagan bo’lsa ham. Siz u insonni kompaniyangizga taklif qilasiz va u suhbatdan muvaffaqiyatli o’tadi.

Xulosa. Bu murojaat egasi boshqalardan ko’ra yaxshiroq ham, yoki, yomonroq ham emas, u faqat, o'z ishiga e'tibor qaratdi va rezyumeni to'g'ri to'ldirishga 40 daqiqa vaqt ajtatdi.

Mukammal rezyumeni 9 qadamda birgalikda to’ldirib chiqamiz

Mukammal rezyumeni to'ldiramiz

Hujjatni  yaratayotib, siz 2 asosiy yo'ldan birini tanlashingiz mumkin.

  • Birinchi yo’l, siz avval ma'lumotlarni qog'ozga yozasiz, keyin uni elektron shaklda to'ldirasiz.
  • Ikkinchi yo’l, internetda tarqalgan blankalardan foydalanib, darhol rezyumeni yaratasiz.

Biz esa, ikkinchi yo’lni qo’llaymiz va siz uchun mukammal rezyumeni to’ldirib chiqamiz. Rezyume blankasini manabu yerdan yuklab oling va har bir bo’limni men bilan birgalikda to’ldirib boring. Yaxshi rezyumeni kitobga o’xshatish mumkin. Har bir blok, bir-birini to’ldirib boradi, qayta-qayta o’qish ishtiyoqini tug’diradi.

Raqobatchilardan ajralib turing, barcha imkoniyatingizni ishga soling. Ish beruvchining diqqatini tortish uchun sizda, 15 soniya vaqtingiz bor:


DIQQAT! Fayl nomini: Familiya_Ism_Mansab shaklida saqlab qo’ying. Shunday qilsangiz, anketangiz hech qachon yo’qolib ketmaydi. Ish beruvchi esa, sizning bilimdonligingizdan xursand bo’ladi.


Sarlavha

Ijodiy nomni kashf qilishning hojati yo'q. Standart bo'yicha yozing: familiya + ism.

Sarlavha qanday yoziladi

Fotosurat

Rezyume nomini tanladik, endi, anketaga rasm qo’yishimiz kerak.

Rezyume uchun rasmni qanday tanlash mumkin? Pasportingizdagidek, bir rangda bo’lgan orqa fon, 3,5×4,5 sm o’lchamli va bir oz kulimsiragan surat bo’lsa bas. Tabiiyki, oila a'zolaringiz yoki do’stlaringiz aks etgan suratni rezyumega kirita olmaysiz. Bu bilan, ish beruvchiga hurmatsizlik qilgan bo’lasiz.

Suratdagi tashqi ko'rinishingiz sizni mutaxassis sifatida tasvirlashi kerak. Agar siz ofis lavozimiga (menejer, kotib, bo'lim boshlig'i, katta menejer va boshqalar) ishga kirmoqchi bo’lsangiz , ofisda, ish kiyimida suratga tushish yaxshiroq. Yuzingizga ko’proq e'tibor bering, chunki, u sizning xarakteringizni aks ettiradi.

Fotosurat tanlash

Agar siz ijodiy lavozimga ishga kirmoqchi bo’lsangiz- masalan, jurnalist, qo'shiqchi, dizayner, radio boshlovchi va boshqalar. U holda ijodingiz aks etirilgan suratni qo’yishingiz mumkin. Lekin sizning yuzingiz doim diqqat markazida bo'lishi kerak.

Mana menda nima hosil bo’ldi:

Rezyume ko'rinishi

Maqsad

Rezyumening maqsadi e'tiborni jalb qilish, ijobiy taassurot qoldirish va ish beruvchini, sizni shaxsan uchrashuvga taklif qilishga undashdir.

Ish beruvchining suhbatdan oldin ko'rgan rezyumesi, nomzod haqida asosiy xulosani yaratishga yordam beradi, qo'shimcha savollarni shakllantirib vaqtni tejaydi va suhbat samaradorligini oshiradi.

Shuning uchun ham rezyumeda, imkon darajasida, afzal tomonlaringizni ko’proq yoritib, kamchiliklaringizni berkitishga harakat qiling.

Shaxsiy ma’lumotlar

Bu yerda o’z haqingizdagi malumotlarni yozasiz:

  • Tug’ilgan sana
  • Shaxsiy mobil telefon raqamingiz
  • Electron pochta – pochta nomida, ism va familiyangiz qatnashgan bo’lsa juda yaxshi. Iloji boricha pochtangiz Gmailda bo’lgani yaxshi, unga Google Document, PayPal electron hamyonlarni bog’lash mumkin
  • Shaxsiy blog yoki, ijtimoiy tarmoqlardagi profilingiz, portfolio. Havolani click.ru saytida qisqartiring.
  • Uy manzilingiz
  • Oilaviy ahvoli.

Tabriklayman! Rezyumeingizning 30 foizi tayyor bo’ldi.

Shaxsiy malumotlar

Qayerda o’qidingiz?

Albatta, agar ish tajribasiga ega  bo'lmasangiz, olgan ta'limingizga alohida e'tiborga ega bo’ladi.


O’quv markazlarining nomlarini harflar bilan ko’rsatmang, balki, to’liq nomini ko’rsating. Masalan, O’ZMU – O’zbekiston Milliy Universiteti.


Birinchi navbatda, egallamoqchi bo’lgan lavozimingiz  bilan bevosita bog'liq bo'lgan mutaxassislik va muassasa haqida ma'lumot berishni maslahat berardim.

Qayerda o'qidingiz

Diqqat! Ta’lim haqida ma’lumotni ko’rsatishda, ko'pincha, biz qat'iy xronologik tartibga rioya qilamiz. Birinchi ta'limdan boshlab, maktabni yozish shart emas, o'quv yillarini, litsey, institut yoki universitetning nomini, so'ngra sizga berilgan mutaxassislikni ko'rsating.

Bundan tashqari, siz qaysi tillarda gapira olishingiz, kompyuterda ishlash darajangiz, haydovchilik guvohnomasining mavjudligini va maxsus dasturlarni bilishingiz haqida yozishingiz mumkin.

Qayerda ishlagansiz va qancha vaqt?

Bu sizning rezyumeyingizning juda muhim qismidir. Ish beruvchi sizning haqiqiy professionallik  mahoratingizni, yuritgan faoliyatingiz  turi va bajargan vazifalaringizdan bilib oladi.

Oldingi ish joyingiz

Mehnat daftarchangizni ochib, qaysi tashkilotda qancha vaqt ishlaganingizni, vazifangizni, ishingiz natijasi va hatto yutuqlaringizni ham rezyumega kiritishingiz mumkin. Ammo, shuni esda tutingki, ushbu ma'lumotlarni ish beruvchi telefon orqali tekshirishi mumkin. Shuning uchun yolg’on ma’lumotlarni yozmang!

Agar siz frelanser bo’lib ishlagan bo’lsangiz, buni, bu bo’limda ko’rsatishingiz foydadan xoli bo’lmaydi.

Shaxsiy yutuqlaringiz

Ushbu bo’limda siz o’z ish faoliyatingiz jarayonida erishgan yutuqlaringiz haqida yozishingiz mumkin. Har xil faxriy yorliqlar, diplomlar va sertifikatlarni, rezyumega ilova sifatida taqdim etasiz. Yutuqlaringiz sizni rezyumeyingizni raqobatbardoshligini oshiradi.

O’tgan zamon fe'llaridan foydalaning, masalan: etkazib berishni yo’lga qo’ydim, daromadlarni ko’paytirdim va h.k.


Mutaxasistligingizda erishgan yutuqlaringiz namunalari:

  • «Mawsee» bilan ekskluziv shartnoma tuzilgan mahsulotlarning qatorini kengaytirdim — daromad 29% ga oshdi;
  • 2 oy ichida tushumni 19% ga oshirgan yangi mahsulotlarni yaratdim.

Xizmatlaringizni quyidagi formula bilan yozing: muammo  + xizmat = natija.

Qo’shimcha ma’lumotlar

Bu yerda, yuqoridagi bloklarga to’g’ri kelmaydigan barcha malumotlarni yozish mumkin: qiziqishlaringiz, kelajakdagi rejalaringiz. Agar bu bo’limdan to’g’ri foydalansangiz, rezyumeingizga, qo’shimcha bal olib keladi. Albatta, bunday bo'lim majburiy emas, lekin potentsial ish beruvchiga qiziq bo'lishi mumkin.

Qo'shimcha malumotlar

Misol uchun, chet tillarini bilishingiz, haydovchilik guvohnomangiz, ishdan tashqari vaqtda ham ishlashga tayyorligingiz yoki uzoq muddatli ish safarlariga borish imkoniyati va hatto biznes aloqalarining mavjudligi kadrlar bo'limi xodimlarining e'tiborini tortadi.

Oldingi ish beruvchilarning tavsiyalari

Rezyumening oxirida sobiq rahbarlaringizning ism-sharifini, lavozimlarini va telefon raqamlarini ko’rsating. Bu sizning rezyumeingiz reytingini oshiradi va ishonchni kuchaytiradi. Bo’lajak ish beruvchingiz yoki uning vakili, sizning professionalligingizga ishonch hosil qilish uchun, oldingi rahbarlaringizdan siz haqingizdagi fikrlarini bilishga qiziqishlari mumkin.

Tavsiyachilar

Shuning uchun, sobiq boshlig’ingizni oldindan ogohlantirib qo’yishni maslahat beraman. Ish beruvchilar qo'ng'iroq qilishlarini ayting va sizni mutaxassis sifatida qisqacha ta'riflashlarini so'rashingiz mumkin.

To'ldirilgan rezyume namunasi: Rezyume


Tavsiya qiluvchilarni quyidagi formulada ko’rsating: tashkilot nomi + mansabi + Fam. Ism. Sharif + telefon nomeri


Rezyumeni oxirida ishni qaysi sanadan boshlay olishingiz va o’zingiz istagan haq darajasini belgilashingiz  mumkin.

Noyob rezyume yaratish uchun 3 ta xizmat

Rezyume tuzish uchun servislar

Yangi ish izlab rezyume yozayotganingizda, shunga ahamiyat berinki, professional tarzda tuzilgan rezyume, sizni bir qarashda boshqa ish izlovchilardan ajralib turishingizni taminlasin. Birinchi taassurot ish beruvchilar uchun, ish izlovchilarni tanlashda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun sizning rezyumeingiz eng yuqori darajada bo'lishi kerak.

Boshqalarnikiga o’xshamagan rezyumeni yaratishda ayrim xizmatlar sizga ko’maklashishi mumkin. Quyida ular haqida gaplashamiz.

  1. https://www.canva.com/ru_ru/sozdat/rezyume/ — bu xizmat sizga rezyumeyingizni noyob uslubda yaratishga yordam beradi. Chunki, saytda siz hujjatingizni xohlagan rangda va shriftlarda yozishingiz, va tayyor shablonlardan foydalanishingiz mumkin.
  2. https://rezume.me/— rezyumeni onlayn tarzda tuzish va yuklash uchun eng yaxshi joy. Bu xizmat nafaqat bepul, balki ro'yxatdan o'tishni ham talab qilmaydi.
  3. https://zety.com/resume-templates#1— Ingliz tilidagi xizmat. U yerdagi rezyumelar shablonini to’ldirib, bo’lajak ish beruvchingizga yuborishingiz Zetyning rezyume shablonlari ish beruvchilar va xodimlarni boshqarish bo'yicha amaliyotlarga tayangan holda yaratilgan.

Xulosa

Tabriklayman! Endi siz, yaxshi rezyumeni qanday yozishni bilasiz. Biznes uslubiga va tuzilishiga rioya qiling va muvaffaqiyatga erishasiz. Ishni qanday topish kerakligini va ishga qabul qilishlari uchun, suhbatdan qanday o'tish kerakligini, keyingi maqolalarimda men yordam beraman. Blog yangiliklariga obuna bo'ling.

Siz yaxshi rezyume yozishni uddaladingizmi? Izohlarda yozing.

Ko’rishguncha, xayr.

Maqolaga baho bering!
( 19 , average 4.58 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 3
  1. Dasturning mukammalligi

    hozirgi vaqtda resume koplab ish izlanuvchilarning, ish topish va boshlash uchun muhum narsa ekanligini anglab yetgani aniq. shunday ekan bu dastur kopchilikka maqul va maqbul bolgani aniq, ammo dasturni yanada rivojlantirish kerak, ya'ni biron bir dasturlash tili bilan shugullanadigan yoshlarni topib ulardan iltimos qilish yoki qandaydur kelishuv orqali bu dasturni yetarlicha mukammallashtirish maqsadga muvoffiq bolardi. Dasturdagi barcha bo'limlarini aftomatik yonaltirish orqali koplam resume yaratuvchilarga yanayam qulay va osonlik qilish mumkin, misol uchun (Europass) kabi

  2. Qiyom

    :sad:

  3. Oybek

    Kerakli ma'lumotlarni oldim rahmat :idea: :idea: ;-) ;-) ;-) ;-) ;-)

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: