SMM menejerlik kasbi — u kim, bu kasb sizga nimaga kerak, uning imkoniyatlari va u qancha haq oladi

Smm menejer

Assalomu-aleykum uzinterbiz.com blogining o’quvchilari. Sizlar bilan men Tuychiyeva Malika. Bilamizki xozirgi kunda insonlar o’z hayotini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar, Internet nafaqat ma’lumot manbai, balki, uyda o’tirib pul ishlash uchun qulay platforma bo’lib qoldi. Agar siz boshqalar kabi ertalab turib ishga borishni yoki qattiqqo’l xo’jayinlar bilan ishlashni yoqtirmasangiz, uy bekasi  yoki nogiron bo’lsangizda, pul topish ilinjida bo’lsangiz, bugun sizni uyni tark etmasdan  daromad topish mumkin bo’lgan kasb bilan tanishtiraman.

Agar siz logist, jurnalist yoki marketing bo'yicha mutaxassis bo'lsangiz, lekin o'zingizning ish qobiliyatingizni qanday qo'llash mumkinligini bilmasangiz, SMM menejeri kasbiga e'tibor berishingiz kerak. SMM menejeri qanday kasb va uni egallash  uchun qanday asosiy qobiliyatlarga ega bo'lish kerakligini bilish uchun, quyidagi ma’lumotlarni o’qing.

 

Internet kasblarning barcha turlari haqida qo’llanmalar

SMM-menejeri kim va u nimaga javobgar?

Smm menejeri

SMM menejer kim va nima ish qiladi? SMM so'zi qisqartirilgan “Social Media Marketing”, ya'ni ijtimoiy media marketingining deb ingliz tilidan tarjima qilinadi. SMM menejer, ijtimoiy platformalar orqali ommani jalb qilish bo'yicha mutaxassis bo'lib, qisqa vaqt ichida Facebook, Instagram, Odnoklassniki kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlarda jonli trafikka ega bo'ladi.

SMM menejerining asosiy faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda brendni reklama qilishdir. Turli firmalarda ushbu mutaxassis uchun professional talablar mutlaqo boshqacha bo'lishi mumkin: ba'zida u faqat ijtimoiy tarmoqlarda postlarni chop etish va obunachilar  bilan onlayn muloqotni amalga oshirish bilan shug’ullanadi, ba'zida esa uning vazifalari  murakkab jarayonlarni o’z ichiga olishi mumkin: masalan, maqsadli auditoriya bilan muloqot, tahlil qilish, guruhlarni (internetdagi) reklama qilish va boshqalar.

SMMdagi asosiy e'tibor, tashkilotchining ishtirokisiz foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar orqali o'z-o'zidan ma’lumot tarqatadigan qiziqarli kontent yaratishiga qaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda uzatiladigan xabarlar potentsial iste'molchilarda ko'proq ishonch tug'diradi. Bu o'zaro ta'sirning asosiy ijtimoiy aloqalari orqali ijtimoiy axborot vositalarida tarqatishning tavsiya etilgan sxemasiga bog'liq.

Ideal SMM menejerining vazifalari nimalardan tashkil topgan bo'ladi?

Smm menejer vazifalari

Kompaniyadagi SMM uchun javobgar shaxsning asosiy vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Ijtimoiy tarmoqlarda brendni yaratish uchun umumiy strategiyani ishlab chiqish va ushbu strategiyani haqiqatga aylantirish
  • Brendni his qilish va tushunish, barcha harakatlarni maqsadli auditoriyaga yo'naltirish va uning tilida muloqot qilish qobiliyati
  • Buyudjetni oqilona boshqarish, reklama kampaniyalarini tashkil qilish va tahlil qilish;
  • Chiroyli suratga olish qobiliyati. Hatto telefonda ham, chunki, kichik biznesni endi Instagramdagi go'zal profilsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Har doim professional fotosuratchini ishga jalb qilish arzon variant emas. Shuning uchun foto-kontent ko'pincha SMM menejeri tomonidan yaratilishi kerak;
  • Go'zallik tuyg'usiga ega bo'ling va tendentsiyalardan xabardor bo’ling
  • Savodli yozma til, matn tarkibini yozish va so’zlash qobiliyati;
  • Ijtimoiy tarmoqlar uchun veb-saytni optimallashtirish;
  • Va, albatta, odamlar bilan ishlash qobiliyati va psixologning ko'nikmalar juda muhimdir;
  • Rus tili va ayrim holatlarda ingliz tilini mukammal bilish. Rus tilini bilmasangiz ishlay olmaysiz !

SMM menejer qanday fazilatlarga ega bo’lishi kerak va nimalarni bilishi kerak?

smm menejer kasbi

SMM mutaxasisti bo'lishni istaganlar uchun ba'zi maslahatlar:

  1. Juda kech bo'lmasdan o'ylab ko'ring! Yo'q, jiddiy aytayapman, odamlar bilan doimo ishlashingiz kerak bo’ladi, bu esa haqiqiy do'zaxdir. Agar avtobusda sizni yo’lovchilar turtganidan g'azablanadigan inson bo’lsangiz, unda bu kasb siz uchun emas.

Mijoz bilan muloqot qilish oson emas, lekin agar siz professional bo'lsangiz, agar siz nuqtai nazaringizni himoya qilsangiz va qaror qabul qilsangiz, hamma narsa yaxshi bo'ladi.

Misol uchun:

— Keling, bir kunda5 ta post chop etamiz, — deydi mijoz.

— Yo'q, — deydi smm menejer.

 Barchasi shu tarzda davom etsa, albatta, ziddiyat kelib chiqishi aniq. Ziddiyatga bormaslik uchun siz, qarshiligingizning sabablarini asoslab berishingiz kerak, yani, masalan quyidagicha davom etishingiz mumkin:

— Yo'q, men buni tavsiya qilmayman. O'zingiz o’ylab ko’ring, biz 5 ta postni yaratamiz, ularni har birini kuniga kamida 5 dollarlik reklama qilish kerak. Afsuski, bizning byudjetimiz kuniga 25$ ajratish imkonini bermaydi, bizda faqat oyiga 200 $ bor.

  1. Fikringiz o’zgarmadimi? Yaxshi, avvalo ijtimoiy tarmoqlarning barcha nozikliklarini yaxshilab o'rganishingiz kerak. Bu, albatta, Odnoklassniki, keyin Facebook va Instagram.
  2. Endi nazariya haqida. Agar internetda sahifa yaratish oson deb hisoblasangiz va obunachilar daryo bo’lib oqib keladi desangiz , qattiq yanglishasiz. Sizning sahifangiz aslini olganda hech kimga kerak emas, maksimal 3 ta layk to'playsiz: onangizdan, o'zingizdan va mushugingizdan. Shuning uchun men sizga, quyida ajoyib resurslar ro’yxatini beraman va albatta, ijtimoiy tarmoqlarda imkon qadar ko'proq marketingni rivojlantirish haqida postlar o'qing:
  • siliconrus.com
  • cossa.ru.
  1. Resurslar va maqolalar to'plamlarini o'qish uchun uch kecha o'ldirdingizmi? Tabriklayman, siz hali ham SMM haqida hech nimani Asosiy mahoratni smm menejer “tajriba jang maydoni” da orttiradi. Ushbu bosqichda sizga Odnoklassniki, Facebook yoki Instagramda qiziqarli kontentga ega bo’lgan sahifa ochishni tavsiya etaman. Agar 1000 ta obunachi yig’a olsangiz, bu juda katta yutuq hisoblanadi.
  2. Eng oddiy narsalarni, sahifalarini reklama qilishdan boshlang. Masalan, tumovdan tabletkalarmi, eshik va romlarmi farqi yo’q. Sizga tajriba kerak!
  3. Siz foydalanuvchilarning manfaatlariga befarqlik qila olmaysiz. Ijtimoiy tarmoqlar aloqalar va axborot uchun ishlatiladi, shuning uchun taniqli internet jamoa foydalanuvchilarini fikrini hisobga olishingiz kerak. Ba'zan kulgili suratlarni joylashtirishingiz kerak va ba'zan maslahat va foydali tavsiyalar berishingiz kerak Bundan tashqari, maqsadli auditoriyani do'stlar bilan baham ko'rishga nima undaganligini bilish ham muhimdir.
  4. Ma'lumotni oqilona hajmda va o'z vaqtida joylashtirsangiz, potentsial xaridorlarni jalb qilish imkoniyati ortadi. Faqat muntazam chop etishni ta'minlash kompaniya brendini targ'ib qilishga yordam beradi.

Bu kasb sizga nima uchun kerak? Qancha oylik oladi? Kasbning kelajagi 

Smm menejer oyligi

Bu kasbning eng katta afzalligi, bu uyni tark etmasdan ishlay olish imkonidir. Ya’ni hozirda ko’p qulog’ingizga chalinayotgan “freelancer” so’zi aynan shunday kasb egasidir. Albatta freelanceda boshqa ishlar bilan ham shug’ullansa bo’ladi, bu haqda keying maqolalarimda to’xtalib o’taman.

Endi esa mavzuimizning eng qiziq qismiga keldik. Maosh! Yuqorida   aytib o’tganimdek , SMM mutaxassisining vazifalari ko’p qamrovlidir. Qilingan ish va majburiyatlariga qarab oylik pul ham har xil bo’ladi.

Masalan: Siz reklama agentligida SMM menedjer bo’lib faoliyat yuritsangiz, farqi yo’q siz “inhouse” mutaxassismisiz yoki “outsource”mi oyligingiz 2 million so’mdan 3,5 milliongacha bo’lishi mumkin. Lekin agar hech bir joyda ishlamay, yakka o’zingiz proyektlar bilan shug’ullansangiz oyligingiz 8 million so’mga ham yetishi mumkin.

Xursand bo’lishga shoshmang, bu 8 millionni olish uchun , siz reklama agentligida ishlayotgan 8 ta odamni ishini qilishingizga to’g’ri keladi. Ya’ni siz targetolog, kopirayter, dizayner, fotosuratchi, ekonomist va analitik bo’lishingiz kerak bo’ladi (Bitta proyektni yaxshi olib borish uchun shunday mutaxassislar kerak bo’ladi). Sizni tinchlantiradigan  bir narsa bu — yuqorida keltirilgan kasblarni bitta odam ham mukammal  egallashi mumkinligidir. Faqatgina katta xohish va vaqt kerak bo’ladi xolos.

SMM menejerlikga qanday va qaerda o'rganish mumkin? 

Smm menejer onlayn maktabi

Agar SMM  menejmentni teztroq o’rganmoqchi bo’lsangiz, sizga maslahatim reklama agentliklariga borib  tekinga amaliyot o’tang.  Albatta barcha agentliklar ham amaliyotchilarni qabul qilishmaydi, lekin ayrimlari yordamchi qo’ldan voz kechishmaydi. Agentllikda ishlayotgan SMM menejerlarga yordamchi bo’lib, siz 100ta kitobdan o’qiganingizdan ko’ra ko’proq ma’lumot olasiz.

Hozirgi paytda Toshkent shahrida bunday agentliklar juda ko’p. Ulardan eng mashxurlari “Alpha-education” “X-marketing”, “Africa agency”, “22 Agency”, “Space Agency”, “Yes Agency”. Ular haqida to’liq ma’lumotni  ijtimoiy tarmoqlardan olishingiz mumkin. Bu o’quv maskanlarida o’qish narxi 500 000 so’mdan 6 000 000 million so’mgacha tashkil etadi (maqola yozilayotgan payt).

Nima uchun Toshkent yoki boshqa shaharlarda o’qishdan onlayn o’qish afzal?

Smm menejerlikka masofadan o'qish

SMM – menejerlikni, ijtimoiy tarmoq marketinggini o’rganish uchun ko’proq onlaynda bo’lishingiz kerak. Chunki, siz ko’proq bloglar o’qishingiz, video ko’rishingiz, mutaxasistlar gruxlarida qatnashishingiz kerak bo’ladi. Sinfda, o’quvchi partasida o’tirib o’qish, bu ishlar uchun emas.

Eng yaxshi mutaxasistlar Toshkentda, Moskvada, Londonda va shunga o’xshash katta shaharlarda, lekin, ular ham internetda onlayn o’qitish orqali ko’proq o’qituvchilarni jalb qilish maqsadida chet joylarga intilishadi. Shuning uchun ham uzoq — uzoq joylardan kelib, ortiqcha xarajatlar qilib, poytaxtda yoki boshqa shaharlarda o’qishga hojat yo’q deb hisoblayman.

Onlayn maktablar ro’yxati

Agar onlaynda, uydan chiqmasdan o'rganishni istasangiz quyidagi onlayn maktablarga e'tiboringizni qarating! Bu maktablarda o’qish ancha arzonga tushadi, chunki, siz uchun o’qish pulidan tashqari hech qanday ortiqcha xarajat qilmaysiz. Masalan, yo’l puli, yotoqxona puli va hokazo.

O’qish narxlari har xil, siz har oy uchun alohida oyiga to’lab o’qishingiz ham mumkin, bundan tashqari boshlang’ich kurslarni bepul o’rganasiz. Agar, kurs sizga yoqsa, keyin pulini to’lab o’qishni davom ettirishingiz mumkin. Umumiy narxlar 29 000 rubldan (taxminan maqola yozilayotgan payt 3770 000 so’m) 50 000 rublgacha (taxminan 6 370 000 so’m).

  1. Convert Monsterdan SMM-menejer kasbi

O’qituvchi va kuratorlar promo-loyihalar tuzishni, raqobatchilarni tahlil qilish, bellashuvlar o’tkazish va Odnaklassniki, Vkontakte, Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda 20 ta o’quv mashg’uloti doirasida o’rgatishni vada qilishyapdi. Oqish vaqti 90 kunga mo’ljallangan. O’qishni tugatganlarga ishga joylashishga ko’maklashishadi. To’liq malumot va ro’yxatdan o’tish uchun bu yerga bosing.

Videokurs yozuvlari bu yerda.

Ijtimoiy tarmoqlar mutaxasisti

  1. Нетология dan SMM-menejer kasbi

Smm menejerlikni o'rganish

  1. Instagram – marketolog, SMM – menejerlik kasbi

Instagram marketologlikni o'rganish

  1. Geekbrains va Mail.rudan SMM – menejerlik kasbi.

Smm menejerlik kasbi

  1. 1day1step.rudan BEPUL onlayn marafon

smm menejer onlayn marafon

SMM menejer bo’lib ishlash uchun ishni qayerlardan topish mumkin.

Ushbu kasbni  mukammal o’rganganingizdan keyin, sizda qayerdan ish topsam ekan, degan savol tug’iladi. Ko’pincha marketologiyaga bog’liq bo’sh ish o’rinlarini quyidagi saytlaridan topishingiz  mumkin:

  • Rabota.uz
  • OLX.uz
  • Ishko’p.uz

Chet tilini bilsangiz, masofadan turib boshqa davlatda  ham ishlasangiz bo’ladi. Masalan, Rossiya uchun quyidagi saytilarda aniq ish topasiz:

  • hh.ru
  • Work-Zilla.com
  • KWORK

Maoshni odatda valyuta kartasi yoki electron hamyonlarga o’tkarishadi.

Yuqorida yozib o’tilgan agentliklarning internet sahifalarida ham bo’sh ish joylari haqida ma’lumotlar paydo bo’lib turadi, ularni muntazam kuzatib boring. Ko’pgina xollarda SMM mutaxassis amaliyot o’tagan agentligida ishga joylashadi, agar o’zini yaxshi tomondan ko’rsatsa, albatta.

Xulosa

O'ylaymanki, SMM mutaxassisi har bir kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bilan shug'ullanadigan muhim bir birligi ekanligini tushunib yetdingiz. Xozirgi kunda, bozorda aqlli mutaxassislar juda ko'p emas, talab taklifdan  ancha yuqori va ish haqi mehnat xarajatlarini to'liq oqlaydi. Bu yo'nalishning asosiy afzalliklari menimcha, bu katta raqobatning yo'qligi va ushbu xizmatga bo'lgan talabning ortishihamdir. Axir, kimdir pul uchun biznesni rivojlantirishga yordam beradi, bu ham bir biznesku!

Bundan tashqari o’z oilangizdan yiroqlashmay ishlash imkoniyati ham,  oxirgi o’rinda turmaydi. Har xil insonlar bilan muloqot qilib o’zingizni kommunikativ jihatlaringizni ham rivojlantirasiz. Bitta tovarni reklama qilish uchun juda ko’p ma’lumot yig’ishingiz va izlanishingiz kerak bo’ladi, bu esa tajribangizni  yanada oshiradi.

Umid qilamanki, ushbu maqola sizga o’z yo’lingizni topishga va maxoratingizni ko’rsatishga yordam beradi. Maqola haqidagi fikr va mulohazalaringiz bilan quyida izohlarda bo’lishing. Qiziqtirayotgan savollar bo’lsa, to’liq javob berishga harakat qilaman. Yanada qiziqarli va foydali maqolalarni o’qish uchun bizning sahifamizga obuna bo’ling. Sog’ bo’ling!

Hurmat bilan Malika Tuychiyeva 

Maqolaga baho bering!
( 9 , average 4.44 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 4
  1. Zor chiqibdi

    SMM haqida juda yaxwi maqola yozibsiz.Bu haqida yanada ko'proq yozish mumkin edi,llekin siz qisqa va lo'nda qilib yozibsiz, bu juda yaxwi ;-)

    1. Umidjon Obudov (author)

      Raxmat, sizga ma'qul bo'lganidan xursandmiz.

  2. YORKINBEK

    assalomu aleykum SMM haqida judayam br tushunarli qilb yozibsz katta raxmat hec nima bilmasdm endi yaxshigina malumotga ega man bundan tawqari marketing haqida yozganizi ham oqidm yena wunaqa mavzularda yozing

    1. Umidjon Obudov (author)

      Valeykum salom. Sizga foydasi tekganidan xursandman.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: