Web dizaynerlik kasbi qanday kasb va u nima ish bilan shug’ullanadi?

Web dizaynerlik kasbi

Assalomu aleykum, uzinterbiz.com blogining hurmatli o’quvchilari va mehmonlari. Bugungi kunda talab eng yuqori bo’lgan yana bir internet kasblardan biri, web-dizayner kasbi haqida sizga malumot bermoqchiman. Maqoladan, web-dizayner kim va u nima ish bilan shug’ullanadi, bu kasbning kamchilik va afzalliklari, xususiyatlari va shu kabi boshqa savollarga javob topishingiz mumkin. Maqola, maxsus badiiy yoki texnik ma’lumoti bo’lmagan, web-dizayn sohasida kodlash nima ekanligini bilmaydigan va ish tajribasi yo’q o’quvchilarga mo’ljallangan.

Bitta maqola bilan, web-dizayner bo’lish uchun zarur ko’nikmalar, vositalar va texnologiyalar haqida to’liq aytib berish qiyin, albatta.  Shuning uchun men, bu kasbni mukammal egallashni niyat qilganlar uchun, mavzuga oid maqolalar seriyasini yozishga qaror qildim, keyingi maqolalarni o’tkarib yubormaslik uchun blog yangiliklariga obuna bo’ling!

Agar bu “yo’l”ni bosib o’tish oddiy va tez bo’ladi deb hisoblasangiz,afsuski, yanglishasiz. Web-dizaynerning ishi doimiy rivojlanish va yangi tendentsiyalarga asoslangan bo’ladi. Biroq, barcha professional qiyinchiliklariga qaramasdan, bu ishning eng yoqimli jihatlaridan biri bu yangi bilimlarga ega bo’la olish imkonidir.

Barcha internet kasblar uchun qo’llanmalar

Web-dizayner kim va uning vazifalari nimalardan iborat?

Web dizayner kim o'zi

Web-dizayner bu, web-sahifa dizaynini yaratadigan va ularni veb-saytlarga birlashtiradigan, internet texnologiyalarini tushunadigan, badiiy did va bilimga ega bo’lgan shaxs. Web-dizaynerning asosiy vazifasi, Internet-loyihaga imkon qadar ko’proq foydalanuvchilarni qiziqtirishdir.

Web-dizaynerning ikkinchi asosiy vazifasi, internetning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihaning uslubiy dizaynini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’lishdir. Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga oshirish uchun u, tarmoq tomonidan belgilangan standart talablarga javob berishi kerak, masalan: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va boshqalar) optimallashtirilishi kerak, rang va shriftni tanlashda, foydalanuvchi, loyihaning grafik ko’rinishini qog’ozda emas, balki monitorda ko’rishini inobatga olishi kerak.

Agar grafik-dizayner faqatgina rasmlar va videolar  bilan ishlaydigan mutaxassis bo’lsa, web-dizaynerning ishi keng qamrovli bo’ladi. Bularga:

  1. Sayt dizayni
  2. Server rejasini ishlab chiqish
  3. Server rejasini bajarish uslubini yaratish
  4. Hujjatlarni yuklash vaqtini, ma’lumotlar uzatish kanalining tarmoqli kengligini, hujjatning grafik fayllari hajmini, rang palitrasi sifatini hisobga olgan holda, monitor ekranida web-hujjatlarni qabul qilishni ta’minlash
  5. Web-sahifalarni tartibga solish qoidalarini aniqlash, formatni, fonni, dizayn elementlarining soni va sifatini tanlash
  6. Web-hujjatlarning uslubiy namunalarini yaratish
  7. Internet tugun bilan ishlash
  8. Dastur va sahifa kodini yozish
  9. Gipermatnli hujjatlarni boshqarish
  10. World Wide web(WWW) da firmaning axborot siyosatini olib borish)
  11. Web-sahifalarni tayyorlash va tekshirish vositalarini o’rnatish
  12. Interaktiv veb-ilovalarni yaratish
  13. Web-hujjatni yangilash
  14. Statistik ishlov berish uchun ilovalarni yaratish.

Notanish so’zlardan qo’rqib ketdingizmi? (((. Shoshilmang, maqola davomini o’qing, siz uchun yaxshi yengilliklar bor… 

Web-dizaynerlikni endi boshlayotganlar oldidagi talablar

Dasturlarni o'rganish

Web-dizayner bo’lishni va birinchi web-saytni yaratishni xohlaydiganlar uchun “minimal talablar” juda oddiy. Agar papkalar, grafik matnli fayllar haqida tasavvuringiz bo’lsa, boshlashingiz mumkin.

Biroq, ishni boshlash oddiy tuyilsada, yaxshi sayt dizaynini yaratish haqiqiy san’atdir. O’rganishingiz kerak bo’lgan ko’plab ko’nikmalar mavjud. Rang nazariyasi, elementlarning grafik ierarxiyasi, shriftlar va saytning umumiy tashkiloti haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak bo’ladi. Adobe Fotoshop, Illustrator, Flash, Dreamweaver va Corel Draf kabi dasturlarda ishlashni ham bilishingiz kerak, barchasini emas albatta, o’z sohangizga keragini o’rganing.

Bundan tashqari, agar siz, web dizaynerlikni mukammal egallashni isatasangiz, siz asosiy kodlash tillarini, ya’ni HTML, CSS va JavaScriptlarni ham bilishingiz kerak. Lekin, bularni bilmasdan turib ham bu kasb orqali pul ishlashingiz mumkin. Yani siz, sayt dizaynini fotoshopda tayyorlab, PSD fayllarni buyurtmachiga berasiz, buyurtmachi esa, bu PSD fayllarni HTML, CSS kodlarga moslashtirish uchun boshqa mutaxasistga topshiradi. Bu holda sizning ish haqqingiz ham kamayadi.

Demoqchimanki, yaxshi daromad qilish uchun, web dizaynerlikni mukammal o’rgangan maqul. Faqat, fotoshopda yaxshi dizayn yaratib ham yaxshi daromad qilishingiz mumkin, lekin, html, css larni bilsangiz, undanda ishingiz go’zal bo’lishi aniq.

Ko’nikma va tajriba esa, zarurat bilan, tajriba oshgan sari kelaveradi. Agar siz maqolaning ushbu qismiga qadar o’qigan bo’lsangiz, men “web-dizaynning ajoyib dunyosiga xush kelibsiz, yangi boshlovchi” deb ishonch bilan aytishim mumkin. Maqolani o’qishda davom eting…

Dizaynerlik kasbining xususiyatlari.

Web dizayne kasbining xususiyatlari

Web-sahifa dizayni – grafik dizayn emas, lekin bir-biriga juda ham yaqin. Loyihaning kelajakdagi  muvaffaqiyati bevosita, web-dizaynerning ish jarayonida quyidagi vazifalarni hal qilishiga bog’liq:

  • Sayt foydalanuvchilarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
  • Sayt tuzilishini loyihalash va rejalashtirish;
  • Foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish;
  • Navigatsiyani ishlab chiqish;
  • Foydalanuvchining tizim bilan o’zaro aloqasini boshqarish;
  • Sayt tarkibini tayyorlash va uning sifatini nazorat qilish.

Kasbninig kamchiliklari va afzalliklari.

Web dizaynerlikning afzalliklari va kamchiliklari

Veb-dizaynerlik kasbi haqida bir oz tushunchaga ega bo’ldik, to’g’rimi? Keling endi, kamchiliklari va bu kasbni tanlagandan keyin nimalarga erishishimiz mumkinligi haqida gaplashsak, nima deysiz?

Demak, bu kasbning afzalliklari:

  • Mehnat bozorida doimiy talab,
  • Ish bir mamlakat chegarasi bilan chegaralanmaydi,
  • Masofaviy ish imkoniyati,
  • Kasbiy o’sishning keng imkoniyatlari,
  • Pul xarajatlarisiz deyarli har qanday g’oyani amalga oshirishingiz mumkin,
  • Munosib ish haqi.
  • Maxsus kurslarga bormasdan kasbni mustaqil o’rganish imkoni. Hech qayerda o’qimasdan turib ham bu kasbni egallash mumkin, lekin…

MASLAHAT! Shu yerda bir kichik maslahat – har qanday kasbni ham, shu kasbda malum yutuqlarga erishgan mutaxasistdan o’rgangan maqul, aytishadiku, “ustoz ko’rmagan shogird har tomonga yo’rg’alar” deb. Ustoz bilan vaqtdan yutishingiz aniq, vaqt esa, eng qimmat narsa. Qayerda o’qish mumkinligi to’g’risida keyingi maqoladan o’qing!

Kamchiliklari:

  • Buyurtmachi va ijrochining badiiy qarashlarining nomuvofiqligi. Yani, sizning tasavvuringizdagi dizayn buyurtmachi istak xohishiga to’g’ri kelmasligi mumkin. Agar, aniq bir kelishuvlar asosida ishni boshlamasangiz, kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.

MASLAHAT! Bunday kelishmovchiliklarga uchramaslik uchun, buyurtmachi bergan texnik topshiriqni (TT, TЗ- технические задание) diqqat bilan o’rganing. Tushunmagan joylaringiz bo’lsa, albatta, buyurtmachidan tushuntirib berishini so’rang.

Web-dizaynerlar qancha pul topishadi?

Internetdan bu to’g’rida malumot qidirganimda, quyidagi narxlarga ko’zim tushdi (maqola yozilayotgan paytdagi narxlar):

  • Sayt dizayni – 210$;
  • Bannerlarni yaratish – 30$;
  • Logotip yaratish – 100$;
  • Veb-saytni 0 dan yaratib berish – 460$;
  • Internet magazin – 740$;
  • Flash 160$.

Bu narxlar qanchalik to’g’ri? Shubhasiz, tajribasi 10 yilga yaqin mutaxasistlar, endi boshlayotganlarga nisbatan ancha ko’p haq olishadi. Yakka tartibda, uyda o’tirib, freelanser bo’lib ishlayotgan web dizaynerga nisbatan, o’z komandasiga ega bo’lgan dizaynerlik agenstva va kompaniyalar ancha qimmat turadi. Shulardan xulosa chiqargan holda o’z ishingizni baholashingiz mumkin.

Xulosa.

Yuqorida keltirilgan ta’riflarga asoslanib, web-dizaynerning rassom bo’lishi shart emasligini tushundingiz deb o’ylayman. Web-dizaynerning asosiy vazifasi, qulay, tushunarli va chiroyli sayt dizaynini (foydalanuvchi interfeysini) yaratishdir.

Web-dizaynerlarning juda original va badiiy bezatilgan saytlarini internetda ko’plab misollarlarda kuzatishimiz mumkin.

Har qanday narsaga (matbuot mahsulotlari, web-resurs dizayni elementlari, kompyuter o’yinlari elementlari va boshqalar) original tasvirlarni yaratadigan mutaxassislarni  web-dizaynerlar emas, balki illyustratorlar deb atashadi. Agar siz tayyor tasvirlarni sifatli qayta ishlashni o’rgansangiz-bu saytning dizayni uchun yetarli bo’ladi.

Bugun sizga web-dizayner kasbi bo’yicha bermoqchi bo’lgan ma’lumotlarim shulardan iborat edi. Keyingi maqolalarimda albatta ushbu kasb egalarini ish joylari va maoshlari haqida batafsil ma’lumot berib o’taman. Bu mavzuda fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutaman. Albatta, maqolani ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing va keyingi maqolalardan bexabar qolmaslik uchun blog yangiliklariga obuna bo’ling!

Keyingi maqolada ko’rishguncha, azizlar!

Текст на русском

Что такое профессия веб-дизайнера и чем он занимается?

Здравствуйте, уважаемые читатели и гости блога uzinterbiz.com. Хочу рассказать вам об одной из самых востребованных на сегодняшний день интернет-профессий, профессии веб-дизайнера. Из статьи вы сможете найти ответы на вопросы о том, кто такой веб-дизайнер и чем он занимается, преимущества и недостатки этой профессии, особенности и другие подобные вопросы. Статья предназначена для читателей, не обладающих специальными художественными или техническими знаниями, не знающих, что такое кодирование в сфере веб-дизайна, и не имеющих опыта работы.

Конечно, сложно охватить в одной статье все навыки, инструменты и технологии, необходимые веб-дизайнеру. Именно поэтому я решил написать цикл статей на тему для тех, кто намерен освоить эту профессию, подпишитесь на рассылку блога, чтобы не пропустить следующие статьи!

Если вы думаете, что пройти этот «путь» будет просто и быстро, то глубоко ошибаетесь. Работа веб-дизайнера основана на постоянном развитии и новых тенденциях. Однако, несмотря на все профессиональные трудности, одним из самых приятных аспектов этой работы является возможность получить новые знания.

Руководства для всех интернет-профессий

Кто такой веб-дизайнер и каковы его обязанности?

Веб-дизайнер — это человек, который создает дизайн веб-страниц и интегрирует их в веб-сайты, разбирается в интернет-технологиях и обладает художественным вкусом и знаниями. Основная задача веб-дизайнера — привлечь в интернет-проект как можно больше пользователей.

Вторая основная задача веб-дизайнера — уметь разработать методический дизайн проекта с учетом специфики Интернета. Другими словами, для реализации проекта он должен соответствовать стандартным требованиям, предъявляемым сетью, например: графические элементы (логотипы, баннеры, рисунки и т. д.) должны быть оптимизированы, при выборе цветов и шрифтов пользователь должен создать графическое представление проекта на бумаге.должен учитывать то, что он видит на мониторе.

Если графический дизайнер — это специалист, который работает только с изображениями и видео, то работа веб-дизайнера будет комплексной. К ним относятся:

Дизайн сайта
Разработайте план сервера
Создание стиля выполнения плана сервера
Обеспечение приема веб-документов на экран монитора с учетом времени загрузки документов, пропускной способности канала передачи данных, размера графических файлов документа, качества цветовой палитры
Определение правил организации веб-страниц, выбор формата, фона, количества и качества элементов дизайна
Создание стилистических образцов веб-документов
Работа с интернет-узлом
Написание программы и кода страницы
Управление гипертекстовыми документами
проводить информационную политику компании в сети Интернет (WWW)
Установка инструментов подготовки и проверки веб-страниц
Создание интерактивных веб-приложений
Обновление веб-документа
Создание приложений для статистической обработки.
Вы боитесь незнакомых слов? (((. Не торопитесь, дочитайте статью до конца, есть для вас хорошие послабления…
Требования для тех, кто только начинает заниматься веб-дизайном

Для тех, кто хочет стать веб-дизайнером и создать свой первый сайт, «минимальные требования» очень просты. Если вы имеете представление о папках, графических текстовых файлах, можете начинать.

Однако, хотя начать работу может показаться простым, создание хорошего дизайна сайта — это настоящее искусство. Есть много навыков, которые вам нужно изучить. Вам понадобятся знания теории цвета, графической иерархии элементов, шрифтов и общей организации сайта. Вы также должны уметь работать с такими программами, как Adobe Photoshop, Illustrator, Flash, Dreamweaver и Corel Draft, но не все, конечно, изучают то, что нужно в вашей области.

Кроме того, если вы хотите освоить веб-дизайн, вы также должны знать основные языки кодирования, а именно HTML, CSS и JavaScript. Но заработать на этой профессии можно даже не зная этих вещей. То есть вы готовите дизайн сайта в Photoshop и отдаете PSD файлы заказчику, а заказчик передает эти PSD файлы другому специалисту для адаптации к кодам HTML и CSS. В этом случае ваша зарплата также будет уменьшена.

Я имею в виду, чтобы хорошо зарабатывать, лучше в совершенстве изучить веб-дизайн. Вы можете получать хороший доход, просто создавая хороший дизайн в фотошопе, но если вы знаете html, css, то ваша работа точно будет красивой.

А мастерство и опыт обязательно придут с нарастающим опытом. Если вы дочитали статью до этого места, я могу с уверенностью сказать: «Добро пожаловать в удивительный мир веб-дизайна, новичок». Продолжить чтение статьи…

Особенности профессии дизайнера.

Дизайн веб-страницы- не графический дизайн, но очень близко друг к другу. Будущий успех проекта напрямую зависит от решения веб-дизайнером в процессе работы следующих задач:

Определение целей и задач пользователей сайта;
Дизайн и планирование структуры сайта;
Разработка пользовательского интерфейса;
Развитие навигации;
Управление взаимодействием пользователя с системой;
Подготовка контента сайта и контроль качества.

Недостатки и преимущества профессии.

У нас есть небольшое представление о профессии веб-дизайнера, верно? Теперь поговорим о недостатках и о том, чего мы можем добиться, выбрав эту профессию.

Итак, преимущества этой профессии:

Постоянный спрос на рынке труда,
Работа не ограничивается одной страной,
Возможность удаленной работы,
Широкие возможности для профессионального роста,
Вы можете реализовать практически любую идею, не тратя денег,

Достойная зарплата.

Возможность изучать профессию самостоятельно, не посещая спецкурсы. Получить эту профессию можно, нигде не обучаясь, но…

СОВЕТ! Вот небольшой совет – любой профессии лучше обучаться у специалиста, добившегося в этой профессии определенных достижений. Вы определенно выигрываете время с учителем, а время — это самое ценное. О том, где можно учиться, читайте в следующей статье!

Недостатки:

Несоответствие художественных взглядов заказчика и исполнителя. То есть дизайн в вашем воображении может не соответствовать пожеланиям заказчика. Если не начать работу на основе четких договоренностей, могут возникнуть разногласия.

СОВЕТ! Во избежание подобных разногласий внимательно изучите техническое задание (ТЗ, ТЗ-технические задания), выданное заказчиком. Если есть места, которые вы не понимаете, попросите клиента объяснить.

Сколько зарабатывают веб-дизайнеры?

Когда я искал информацию об этом в интернете, то наткнулся на следующие цены (цены на момент написания):

Дизайн сайта – $210;
Создание баннеров – $30;
Создание логотипа – 100 долларов;
Создание сайта с нуля – 460$;
интернет-магазин – $740;

Флэш 160 долларов.

Насколько точны эти цены? Несомненно, специалистам с 10-летним стажем будут платить гораздо больше, чем тем, кто только начинает. Дизайнерские агентства и компании, у которых есть своя команда, обходятся намного дороже, чем веб-дизайнер, который работает индивидуально, сидя дома и работая фрилансером. На их основе вы сможете оценить свою работу.

Краткое содержание.

Исходя из приведенных выше определений, я думаю, вы поняли, что веб-дизайнер не обязательно должен быть художником. Основная задача веб-дизайнера — создать удобный, понятный и красивый дизайн сайта (пользовательский интерфейс).

Мы можем наблюдать в Интернете много примеров очень оригинальных и художественно оформленных сайтов веб-дизайнеров.

Иллюстраторами, а не веб-дизайнерами, называются профессионалы, создающие оригинальные изображения для чего бы то ни было (продукция прессы, элементы дизайна веб-ресурсов, элементы компьютерных игр и т. д.). Если научиться качественной обработке готовых изображений, этого будет достаточно для дизайна сайта.

Сегодня я хотел дать вам информацию о профессии веб-дизайнера. В своих следующих статьях я обязательно предоставлю подробную информацию о вакансиях и зарплатах этих профессий. Жду ваших мыслей и мнений по этой теме в комментариях. Конечно, поделитесь статьей с друзьями в социальных сетях и подпишитесь на новости блога, чтобы быть в курсе следующих статей!

До встречи в следующей статье, дорогие!

Оцените материал
( 10 assessment, average 4.5 from 5 )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 2
  1. Murodjon

    Asalomalekum men shu yil bu web dizayinerlikga judaham qiziqib qoldim shu vaqtgacha qiziqmagan ekanman, men nimalarga etibor berishim kerak bu kasbni o’rganishim uchun va nima qilishim kerak.Sizni maqolangizni o’qib bormoqdaman , judaham foydali maslaxatlar bermoqdasiz .

  2. Islombek

    Assalomu alaykum Flash- 160$ deb yozilgan ekan bu nima?

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: