Qandli diabetda qanday damlamalar va ichimliklar ichish mumkin

Qandli diaber (saxar) da ichish mumkin bo'lgan damlamalar

Salom do’stlar! Bugungi mavzuda qandli diabetda qanday damlama va ichimliklar ichish mumkin, ularning foydali tomonlari va tayyorlanishi haqida gaplashamiz.

Lavr bargi damlamasi

Odatda, lavr yaprog’idan suyuq taomlarga xushta’mlik berish uchun foydalanamiz. Ammo undan kasalliklarni davolash uchun malham tayyorlash ham mumkin. U hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi va ishtahani ochadi. Bo’g’im kasalliklarida, qandl diabet (saxarda)da foyda beradi.

Ma’lumki, qandli diabetning 2 xil ko’rinishida qisqa vaqt ichida organizmdagi qand miqdori o’zgarib turadi. Bu kasallik tomirlarga zarar yetkazadi. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olishda lavr yaprog’i qo’l keladi. Bu oddiy barglar qondagi qand miqdori va uglevod almashinuvini me’yoriga keltiradi.

Damlama quyidagicha tayyorlanadi:

10 ta lavr yaprog’i termosga solinib, ustidan 3 piyola qaynab turgan suv quyiladi. 2 – 3 soat tindiriladi. Damlama kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin yarim piyoladan ichiladi. Bu muolaja ikki hafta davom ettirilgach, ikki hafta tanaffus qilish kerak.

Damlama mumkin bo’lmagan holatlar

Qandli diabetning og’ir formalarida lavr yaprog’i iste’mol qilish mumkin emas.

Pankreatit, xolesistit va qabziyatga moyilligi bor insonlarga bu damlamadan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Yalpizli choyning foydasi

Yalpizli choyning foydasi juda ko’p. Agar ertalab bir piyola qaynoq suvga bir oshqoshiq quritilgan yalpiz solib, o’n daqiqa damlab, so’ngra ichilsa, kun davomida insonda yaxshi kayfiyat bo’ladi. Bunday choy ruhiy bezovtalikni, asabiylikni daf etadi, uyquni yaxshilaydi.

Yalpiz oshqozon osti bezi ish faoliyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Shu bois uni qandli diabet bilan ogrigan kishilarga tavsiya etishadi. Faqat har narsada me’yor bo’lganidek, yalpizni ko’p iste’mol qilish mumkin emas. Aks holda, u ichki a’zolarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Tarvuzli sharbat va uning tayyorlanishi

Qandli diabetda ichish mumkin bo’lgan damlama va ichimliklardan yana biri tarvuz sharbatidir. Unga kerak bo’ladigan mahsulotlar: ikki piyola suv, 5-6 ta yalpiz bargi (quritilgani bo’lsa ham bo’ladi), 2 ta paketchali ko’k choy, yarim choy qoshiq shakar, 300 gramm tarvuz biroz maydalangan muz kerak bo’ladi.

Sirli idishda suvni qaynatib, yalpiz solinadi va 2 daqiqa davomida idish qopqog’ini yopmasdan, past olovda qaynatiladi. Olovni o’chirgach, choy paketchasini solib, idish qopqog’i yopilib 4 daqiqa tindirib qo’yiladi. Massani elakdan o’tkazib, xona haroratiga kelguncha sovitiladi va shakar solinadi. Tarvuzni qiymalagichda (blenderda) maydalab, choyli massaga aralashtiriladi va yana bir bor qiymalagichda ezilib, muz solinadi. Keyin idishlarga solib ichish mumkin.

Diabeti bor kishilar tuya suti ichsa bo’ladimi

Azaldan odamlar tuya sutidan shifobaxsh ichimlik – qimron tayyorlab, kamqonlik, sil, nafas va oshqozon-ichak yo’llari, jigar, buyrak, yurak, asab kasalliklarini davolash uchun iste’mol qilishgan. Qimron faqatgina bemorlar uchun emas, balki sog’lom odamlar uchun ham foydalidir. U chanqoqni bosib, organizmni tetiklashtiradi, salqinlik bag’ishlaydi va kishini to’q tutadi.

Tuya suti boshqa jonivorlarning sutiga qaraganda vitaminlarga boy. Temir moddasi uch barobar ko’p. Bundan tashqari, unda biologik faol moddalar, protein, «B» guruhi vitaminlari, kalsiy, magniy kabi mikro va makro elementlar bor. Tuya sutida daktoza ham ko’p. Shu bois tezda achib , ko’proq nordon moddalarni hosil qiladi.

Tuya suti taloq va jigardagi turli kasalliklarni (shishlarni) davolaydi. Ichni yumshatadi, ya’ni qabziyatda (ich qotishida) foyda beradi. Bavosilga (gemrroyga) malham bo’ladi va bir zumda og’riqni qoldiradi.

Haqiqatdan ham, tuya suti qandli diabetga qarshi davo bo’ladi. U qondagi qand moddasini pasaytirish xususiyatiga ega bo’lib, qandli diabet xastaligiga chalingan kishilar uchun foydali. Buning uchun sutni uzoq muddat ichish kerak. Tuya sutini kattalar kuniga 2 mahal ichishlari mumkin.

Unutmang! Tuya sutini achchiq, chuchuk, sho’r masalliqlar, shuningdek, go’sht, baliq, tuxum, piyoz, turp, ho’l mevalar, ko’katlar bilan iste’mol qilish mumkin emas. Aks holda kishini betob qiladi.

Abduqodir Sattorov «Qandli diabetda shifobaxsh dasturxon» nomli kitobdan.

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: