- Kishida istisqo illati bo’lsa, 40 kun 3mahal 300 grammdan tuya sutini ichsa, tuzaladi.
- Besh kun 3 mahaldan kaptar bolasining go’shtini qaynatib iste’mol qilsa, orqasidan anorni ko’p yeyilsa samara beradi.
- Qudrat norinning siqib olingan suvi 20 kun 3mahal 3 osh qoshiqdan parhez bilan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
- Sarimsoq piyozni suvda qaynatib, baravar asal qo’shib aralashtirib, 40 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan yeyilsa, yaxshi natija beradi.
- 40 kun 3 mahal och holda echki suti 200 grammdan ichilsa, kasal tuzaladi.
- Petrushka urug’ining talqonini 20 kun 3 mahal 2 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, pechob haydaydi.
- Nazla gulini 20 kun 4-5 mahal oz-ozdan burunga tiqib hidlansa, foyda beradi.
- Mumiyoni kechasi soat birda 2 ta bug’doy kattaligida 20 kun iste’mol qilinsa, samara beradi.
- Chuchukmiya qiyomini 20 kun 3 mahal 2 bug’doy kattaligida qabul qilinsa, yaxshi natija beradi.
- Moychechak (romashka) ning 300 grammini 3 litr suvda 10 daqiqa qaynatib, 20 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa (parhezi bilan), foyda qiladi.
- Abu Jahl tarvuzi suvini 20 kun 1 osh qoshiqdan och holda ichilsa (parhezi bilan), foydasi seziladi.
- Istisqoga qora halila talqonini 20 kun 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, kasal tuzala boshlaydi.
Yuqoridagi dorilarning hammasi deyarli bir xil vazifani bajaradi. Bularning har biri sinab ko’rilgan.
Tavsiyalar
- Meva-sabzavotlardan: yong’oq, limon, apelsin, loviya, uzum, karam, kartoshka, no’xat, shivit, pomidor ko’p yeyish lozim.
- O’simlik moyidan qilingan, suvi qochgan non, qatiqli atala, qatiqli mastava, semiz tovuq go’shtidan qilingan qaynatmalarni va kon tuzini yeyish kerak
Bunday davolanish yaxshi natijalar bergan.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.