Taloqning kasallanishi va uni davolash yo'llari

Taloqning kasallanishi va uni davolash usullari

Salom do'stlar! Sarlavhadan bilganingizdek, bugungi maqolamiz taloqning kasallanishi va uni davolash yo'llari haqida bo'ladi.

Taloq qon quyqasini va quyindisini tabiiy tozalaydigan muhim organ hisoblanadi. Taloqning ma'lum ishi va quvvati bor. U yurakning past tomonida jigar va o't qopiga yon tomondan ro'para turadi. Taloq qonning quyqasini tortib olib hazm qiladi. Shu quyqa qon achib yoki taxirlanib me'da og'ziga boradi.

Taloq jigarni va uning yon atrofini chiqindilardan tozalashga kuchsizlik qilsa, badanda saraton, oyoq venalarining kengayishi, fillik kasalligi, temiratki, qora dog', qora pes, hatto, moxov va boshqa xil savdo kasalliklari paydo bo'ladi.

Agar taloq o'zidan chiqarilishi kerak bo'lgan chiqindilarni chiqarishga kuchsizlik qilsa, u zaruriy suratda kattalashib va qalinlshib shishadi. O'zidan tug'iladigan chiqindiga joy qolmaydi va me'da og'zini qitiqlaydigan savdo (chiqindi) to'xtab qoladi. Taloq va me'da og'zida savdo (chiqindi) haddan tashqari ko'p bo'lmasa-da, ko'ngilni aynitib qustiradi. Ba'zan ichaklarda savdodan bo'ladigan va o'ldiradigan shilinish paydo boladi.

Taloq shishsa, butun badan, jigar ozadi, bu jigarga juda ziddir. Goho savdo taloqda kuyadi, lekin mo'tadil nordonlikda bo'ladi. Ba'zan u me'daga juda ko'p quyilib savdo qustiradi. Ba'zan me'daga vaqti-vaqti bilan quyiladi va bundan «ko'ngil ag'darilishi» deb ataladian kasallik paydo bo'ladi.

Ichdan ko'p savdo o'tsa-yu, isitma bo'lmasa, bu ichaklardagi tutuvchi quvvat yoki haydovchi quvvatning kuchsizligidan bo'ladi. Agar ko'p savdo to'xtalib qolsa, unga teskari bo'ladi.

Taloqning organizmda joylashuvi

Taloq tilga o'xshash uzunroq bir a'zo bo'lib, me'daga chap va orqa tomondan yondashgan. Umurtqa turgan joyga borib tutashgan. Taloq o'zining jigar chuquriga o't qopining bo'yni tutashgan joyidan pastroqda tutashgan bo'yni orqali savdoni tortadi va o'sib chiqqan bo'yin orqali uni haydab chiqaradi. Taloqning chuqur tomoni me'daga, do'ng tomoni qovurg'alarga yondashib turadi. U qovurg'alarga osilib turmaydi, balki tolasimon ozgina boyloqlar bilan qovurg'a pardalariga birikib turadi. Chuqur tomoni bilan vena va arteriyalarga tutashadi.

Taloqning do'ng va tekis tomoni jigarning pastki bo'lagiga ro'para va me'daning tagida bo'lsa ham, jigar va me'da tomon osilib turadi.

Taloqni o'ragan ikki qavat yupqa po'st tarqalgan shaxobchalari bilan uni tutib turadi. Shaxobchalari ko'p sonli mayda-mayda bo'lib, taloqqa va yog' qavatiga kirishib ketgan. Taloqda ko'p sonli arteriya va venalar bor, bularda qon yetilib, taloq moddasiga aylanadi. Chiqindilar esa haydab chiqariladi.

Taloqning tanasi o'ziga kiradigan quyuq va ortiqcha savdoni oson qabul qilishi uchun g'ovak qilib tuzilgan. Uni qorin pardasidan o'sib chiqqan parda o'rab turadi. Shu sababli taloq ko'krak-qorin to'sig'iga hamkorlik qiladi. Chunki ko'krak-qorin to'sig'i ham shu qorin pardasidan o'sib chiqadi.

Taloqning kasallanishi va uni davolash mumkin...

Taloqni davolash usullari

  1. Murchni yog'ochi va bargi bilan baravar qo'shib, 500 grammini 7 litr suvda 1 sutka ivitib, eritib 30 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, taloq kasalidan xalos etadi.
  2. Murchning yog'och va barg qaynatmasini 12 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, ko'krak qafasi qisilishida foyda qiladi.
  3. Achchiq bodom yog'ini 14 kun 3 mahal parhezi bilan 2 osh qoshiqdan ichilsa, taloq va jigar tiqilmalarini ochadi va shishlarni qaytaradi.
  4. Kovul ildizining 300 grammini 2 litr suvda 40 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, taloq shishiga katta foyda qiladi.
  5. Anjirni 15 kun och holda 3 mahal 10 donadan yeyilsa, taloq tiqilmalarini ochadi.
  6. Taratezak bargidan 10 kun 3 mahal yarim siqim choynakka tashlab, 10 minut bostirib hammasi ichilsa, taloq va jigar shishlariga foyda qiladi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: