O’t qopi kasallanishi va uni davolash yo’llari

O't qopi kasallanishi va uni davolash

Salom do’stlar! Bugun o’t qopi kasalini qanday davolash mumkin va qaysi yo’llar bilan davolash haqida gaplashamiz. Bilingki, o’t qopi jigardan me’daga tomon qarab osilgan xaltacha bo’lib, devori bir qavat va asab tolalariga boydir. Uning jigarga qaragan og’zi va yo’li bor. Jigarga muvofiq keladigan sariq o’t shu yo’ldan tortiladi. Bu yo’l jigarning o’ziga va qon vujudga keladigan tomirlarga tutashadi. Shu erda uning jigar tanasiga botib kirgan anchagina shoxobchalari bor. Vaholangki bu yo’ldagi asosiy tarmoqning kiradigan joyi jigarning chuqur tomonidadir.

Ichki kasalliklar haqida

Uning yana boshqa og’zi va me’da ham ichaklar tomoniga boradigan kanali bor. Shu kanaldan safroning ortiqchasi me’da va ichaklarga yuboriladi. Bu kanal shaxobchalarining ko’pi o’n ikki barmoqli ichakka tutashadi.

Ba’zan kichkina bir tarmoq me’daning quyisiga tutashadi. Goho ish aksincha bo’lib, yo’g’on tomirlarga tutashgan katta qismi me’da quyisiga yo’naladi, kichiklari o’n ikki barmoqli ichakka tutashadi. Ko’p kishilarda bu on’ ikki barmoqli ichakka tutashgan bitta yo’ldan iborat bo’ladi.

O’tni so’rib oluvchi nayning o’t qopiga kirish yo’li siydik pufagidagi nayning pufakka kirish yo’liga o’xshaydi. Qadimgi tabiblar siydik pufagini odatda «katta xalta»deb ataganlaridek, o’t qopini «kichik xalta» deb ataganlar.

O’t qopining vazifalari

O’t qopining yaratilishidagi manfaat jigarni ko’pikli chiqindilardan tozalashdir. Jigarni qozon tagidagi olov singari isitish, qonni latiflashtirish, chiqindilarni tarqatish, axlatni chiqishga qo’zg’atish, ichaklarni tozalash va ularning tevaragidagi mushakni pishiqlashtirishdan iborat.

Ko’p kishilarning o’t qopida me’daga tomon yo’l yaratilmagan. Yaratilganida ichaklardagi rutubat o’t bilan yuvilgandek , me’da rutubatlari ham yuvilar edi. Bunga sabab shuki, me’da o’tdan aziyatlanib kishi behuzur bo’ladi. Ovqatga yomon xilt aralashuvi sababli ovqat hazmi buziladi. O’t qopiga arteriyadan jigarga tutashib turadigan asablardan juda kichik ikkita shaxobcha keladi.

O’t qopi siydik pufagiga o’xshash bir qavat bo’lib, uch turli toladan tuzilgan. O’t qopi o’tni tortmasa yoki tortsa ham jigarni tozalab turmasa, turli ofatlar yuz beradi. Safro o’t qopidan yuqorida to’xtalib qolsa, jigarni shishiradi va sariq kasalligini paydo qiladi. Ba’zan u sasib yomon isitmalarni keltirib chiqaradi.

Agar o’t siydik a’zolariga juda ko’p oqib borsa, yara qiladi. Biror boshqa a’zoga oqib borsa, saramas va boshqa kasalliklarni paydo qiladi. Agar butun badanga tarqalib, o’rnashib qolsa va qo’zgalmasa sariq kasalligini keltirib chiqaradi. Agar o’t ichaklarga haddan tashqari ko’p oqsa, safroli va ich ketish, ichaklar shilinishini keltirib chiqaradi.

Davolash yo’llari

Xalq tabobatida o’t kasalligini parhezlariga amal qilgan holda bemalol davolash mumkin.

  1. Qudrat norinning 300 grammini 2 litr suvda 45 minut qaynatib, qaynatmani 8 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan och holda ichilsa, o’t bukilishi daf bo’ladi.
  2. Temirtikanning 300 grammini 3 litr suvda 50 minut qaynatib, qaynatmani 10 kun och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, o’t qopi kattalashganda, shamollaganda, qalinlashganda foyda beradi.
  3. Dolchinning 400 grammini 4 litr suvda past olovda 50 minut qaynatib, qaynatmani 12 kun och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, o’t va buyrak shamollasi daf bo’ladi.
  4. Agar qudrat norin qaynatmasini 6 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ertalab og’iz qurishi kasali tuzaladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: