Jigar og’rishining sabablari va davolash

Jigar og'rishining sabablari va davolash

Salom do’stlar! Bugungi mavzuda qanday sabablarga ko’ra jigar og’riydi va davolash yo’llari haqida gaplashamiz.

Jigarda og’riq uning parda qismining aziyatlanishi sababli, tortishuvchi yel sababli yoki tiqilmalar sababli, issiq yo qattiq shishlar sababli paydo bo’ladi. Chunki sovuq balg’amdan bo’lgan shishlar kamdan-kam holda og’riq paydo qiladi. Goho jigarda xiltlarning qo’zg’alishi sababli ham og’riq bo’ladi.

Yana qanday sabablarga ko’ra jigar og’riydi…

Jigar kuchsizligi sababli og’riydi, chunki u o’ziga kelayotgan oziqni ko’taraolmaydi va uni o’rab turgan parda aziyatlanadi. Goho jigar moddalarning harakatidan ham og’riydi, ular jigarda chiqmasidan og’irlik va og’riq paydo qiladi.

Jigarda bo’ladigan juda qattiq og’riq faqatgina kuchli issiq shishdan yoki yeldan bo’ladi. Shuning uchun isitma og’riq bo’lsa, bunga yel sabab bo’ladi. Isitma paydo bo’lsa, Buqrot aytganidek, u jigardagi yelni tarqatadi.

Jigarda og’riq paydo bo’lib, shu bilan birga boshning orqa qismidagi do’nglik va oyoq bosh barmoqlari qattiq qichishsa, ensada boqilaga o’xshash qora chiziq paydo bo’ladi. Bemor uchun bu xavflidir. Shunday kasallikka uchragan kishilarda a’zoning zararlanishi sababli qiynalib siyish va tomchilab siyish paydo bo’ladi.

Agar zararli suv moddasi peshob orqali haydalib chiqmasa, o’tish yo’llarining boshqa birortasi orqali haydalib chiqmasa, o’tish yo’llarining boshqa birortasi orqali boshqa a’zoga o’tib, o’z achchiqligi va buroqsimonligi bilan qattiq qichishish paydo qiladi.

Tabiiy davolash usullari

  1. Chukri (ravoch) ildizining 400 grammini 4 litr buloq yoki yomg’ir suvida 1 sutka ivitib, ertasi 40 minut ustini yopib qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, jigar kuchsizligiga foyda qiladi.
  2. Gazak o’tini 10 kun 3 mahal choy qilib ichilsa ham, jigar og’rig’iga foydasi tegadi.
  3. Moyi qorazirani 300 grammi, 3 litr suvda 25 minut qaynatib, 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar og’rig’iga yaxshi ta’sir qiladi.
  4. Yana foydali dorilardan sanobar yaprog’i, 500 gramm iskanjubn, 12 gramm chukri ildizi, 18 gramm za’faron, 10 gramm petrushka urug’i va 20 gramm arpabodiyon qo’shiladi. 5 litr buloq yoki yomg’ir suvida 30 minut past olovda qaynatiladi. 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar og’rig’i tuzaladi.
  5. Atirguldan 200 gramm, sunbuldan 300 gramm, ro’yan ildizidan 400 gramm, aloe suvidan 500 gramm qo’shib, 7 litr suvda 30 minut qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar og’rig’i tuzaladi.
  6. Uzum sirka cho’kmasidan 300 gramm, temir chirkidan 300 gramm, sumbul ildizidan 500 gramm qo’shib, 6 litr suvda 30 minut ustini yopib qaynatiladi. 10 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqqa 1 choy qoshiq kashnich suvi qo’shib ichilsa, jigar og’rig’idan xalos etadi.

Surtmalar

  1. Qashqar bedaning 500 grammi 3 litr suvda 30 minut qaynatilib, suviga 3 mahal dokani to’yintirib, 10 kun qoringa yopishtirib salafan bilan o’rab yotilsa, jigar og’rig’i to’xtaydi.
  2. Zaytun yog’i 10 kun 3 mahal qoringa surtib massaj qilinsa ham, og’riq ketadi.
  3. Gazanda talqoniga zaytun yog’ini teng baravar aralashtirib, 2 mahal surtib, salafan bilan o’rab qo’yilsa, qorin og’rig’iga va jigar so’lishini davolashga foyda qiladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: