Bachadon kasalliklarini qanday yo'llar bilan davolash mumkin

Bachadonday qanday kasalliklar bo'lishi mumkin

Bachadon bavosili

Ba'zan bachadonda bavosil paydo bo'ladi. U gohida bachadondan o'tib, qo'shni a'zolarda ko'rinadi. Hatto u qovuq suyagini va bachadon bo'ynini buzib chiritadi. Ko'pincha qovning mo'yini tushirib yuborib, mayda teshikchalar paydo qiladi. Ba'zan qov tomondan boshlanib, ko'ton va uning mushaklari tomon yo'naladi. Bu chog'da bavosilning bir qismi bachadon ichida seziladi. Goho ular bachadonning hamma tarafida bo'ladi. Bachadon bo'ynida bo'lgan bavosilni davolash mumkin emas. Qovuq va uning og'ziga hamda har bir asabli a'zoga kelib yetgan bavosilni va boshqalarini qiyin bo'lsa ham, davolash mumkin.

Bachadon yorilishi

Bachadonda yorilish bo'lishiga sabab — unda to'satdan, ayniqsa, tug'ish vaqtida yuz beradigan kuchli quruqlik yoki shishdir. Bu oldin bilinmaydi, biroq ushlab ko'rilganda yoriq juda aniq bilinadi. Ko'pincha yoriq juda qalinlashib, o'rni birikib ketsa ham so'galdek bo'lib qoladi.

Yorilish belgilari: Goho yoriqni oyna bilan ko'rish ham mumkin. Buning uchun farjining qarama-qarshi tomoniga bir oyna qo'yiladi va farjni yirib, oynaga tushgan narsaga qaraladi. Jinsiy aloqa qilganda og'riq bo'lishi va olatning qon bo'lib chiqishi ham bachadonda yoriq borligidan dalolat beradi. Yoriq yo bachadon ichida, yoki bachadon bo'yni va unga yaqin joylarda bo'ladi.

Qanday davolash mumkin:

  1. Achchiq tosh talqonini 3 kun davomida 2 mahal 5 grammdan och qoringa kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, bachadon yorig'idan qon kelmaydi.
  2. 20 gramm qo'rg'oshin upasiga, 60 gramm shumgiyoh talqoni aralashtirib, malham qilib, 25 kun davomida 3 mahal farjga qo'yib yurilsa, bachadon yorig'i bitib ketadi.
  3. Mis kulini ham 15 kun davomida 3 mahal farjga sepib yurilsa, foyda qiladi.
  4. Yoriqning tashqarida bo'lganiga kelsak, to'tiyoning yaxshilab yanchilganini tuxum sarig'i bilan aralashtirib, 15 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan iste'mol qilinsa, yaxshi samara beradi.
  5. Kanakunjut yog'ini yara bitgandan keyin 15 kun 3 mahaldan farjga surtib yuriladi.

Bachadon qichimasini davolash

Ba'zan bachadonda o'tkir safroviy xiltlar, buruqli va sho'r xiltlar yoki savdoviy o'yuvchi xilt sababli qichima paydo bo'ladi. Bu xiltlarning qaysi biriligini hayz qonini quritib rangidan aniqlanadi. Xiltlardan tug'ilgan toshmalar yoki tuxumning issiq va juda o'tkir bo'lishi ham bunga sabab bo'ladi. Ba'zan qichima haddan tashqari bo'lib quvvat tushishigacha olib boradi.

500 gramm devpechakni 4 litr suvda 30 daqiqa qaynatib, 18 kun davomida 3 mahal paxtani to'yintirib, farjga qo'yib yuriladi.

Bachadon kuchsizligi

Buning sababi mijoz buzilishi, tiqilishining siyrakligi va boshqalar. Bachadon kuchsizligidan jinsiy aloqaga bo'lgan xohish kamayadi, hayz, urug' va boshqa narsalar ko'p oqadi va bola bo'lmaydi.

  1. Jiyda gulining 20 grammini choynakka tashlab ustiga qaynoq suv quyib 10 daqiqa tindirib, 7 kun 3 mahal shunday choy ichilsa, aloqa ko'payadi.
  2. Kuchala talqonidan 200 gramm, 400 gramm toza asal va 2 litr suv qo'shib 40 daqiqa qaynatib, och qoringa 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, bachadonning quvvati ko'payadi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: