Teri rangini ravshan va chiroyli qilish yo’llari

Yuz terisini yoshartirish uchun surtmalar

Bilingki, har qachon qon va ruh teri tomonga harakat qilganda , terini ravshan, toza va qizil qiladi. Bunga yengil tozalash xususiyati bo’lgan narsalar yordam beradi. Ular terini yupqalashtirib, teri yuzasida o’lib qolgan narsalarni latif ravishda shilib oladi. Ayniqsa, ularda bo’yash xususiyati bo’lsa, issiqdan, sovuqdan va shamollardan saqlanish kerak.

Qonni teri tomonga harakat qildiruvchi narsalar to’rt yo’l bilan amalga oshadi. Shu yo’llardan biri suyuq qon tug’dirishdir. Yaxshi qon ko’paysa va badanga tarqalsa, hamma joyga yetib boradi. Yana biri qonni tozalash, boshqa biri qonni sirtga qaratib va uning yo’llarini ochib badanga tarqatish va yoyish. Yana biri majburiy ravishda qonni uchkaridan sirtga qarab tortishdir.

Yuz terisini silliq va ko’rkam qiluvchi tabiiy usullar

Birinchi yo’l- rangni chiroyli quluvchi narsalar: no’xat, ilitilgan tuxum, go’sht, xushbo’y sirka, anjir iste’mol qilishdan iborat. Anjir teriga qarab haydaladigan suyuq qon paydo qiladi. Kasallikdan yangi turgan kishining rangi xunuklashganda, uni avvalgi rangiga qaytarishmoqchi bo’lishsa, anjir va pishmagan xurmo foyda qiladi. Bir necha kun ketma-ket sirka va sut ichish eng yaxshi tadbirlardan. Qonni badanga yoyib tarqatib, rangni chiroyli qiluvchi narsalar sarasiga murch va qalampirmunchoq kiradi. Ovqatga qo’shib 30 kun 3 mahaldan yeyilsa, rangni chiroyli qiladi.

Zafaron uni shinniga solib ichilsa, qonni bo’yaydi. Sabzavotlardan turp, piyoz, ayiqkaram va sarimsoq piyoz yeb turilsa, yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Tashqaridan turib qonni tortish va tozalash orqali rangni yaxshilovchi narsalar, po’sti archilgan boqila uni, bug’doy uni, no’xat uni, guruch uni, gulsapsar ildizi uni, baliq yelimi, qo’rg’oshin upasi, ro’yan, shirin va achchiq bodom , bodring va qovun uruglari, ismaloq, qovoq va taratezak urug’larining hammasini tuyib qaynatib, betga chaplanadigan va yuviladigan dorilar tayyorlanadi. Buzoq tuyoqlarining qynatmasi, tuxum oqi, sariq yo’ng’ichqa qaynatmasi va qashqarbeda qaynatmasi ham 20 kun ichida 3 mahaldan surtilsa, rangni chiroyli qiladi.

Po’sti archilgan boqila, turp urug’i, po’sti archib yanchilgan qovun urug’i, no’xat va kraxmaldan olib, 20 kun davomida 3 mahaldan yuz yuvilsa, chiroyli bo’ladi.

Yoshartiruvchi surtmalar tayyorlash

Yaxshi surtma dori: boqila uni va arpa ekini, no’xat unidan bir bo’lak, qovun urug’idan ikki bo’lak va za’farondan bo’yash uchun yetarli miqdorda olib, shu tarkibni kechasi 20 kun ichida yuzga surtilsa, chiroyli qiladi. Kunduz kuni qovun po’chog’i, binafsha qaynatmasi va shunga o’xshashlar bilan 3 mahal yuvib tashlansa, yuzni silliq va ko’rkam qiladi.

Yana boshqa surtma: boqila, arpa va no’xat unlari va kepaksiz bug’doy unini olib, tuxum oqi bilan qo’shib, 20 kun ichida 3 mahal surtilsa, yuzni tiniq va chiroyli qiladi. Ho’l meva qaynatmasi ham juda foydali.

Kuchli surtma: boqila, no’xat uni va po’sti ajratib yanchilgan qovun urug’larini bir-biriga qo’shib, yuqoridagi qaynatmaga aralashtirib, 20 kun 3 mahaldan surtilsa, yuzni ochib chiroyli qiladi.

Boshqa xil surtma: shom shishasi, za’faron, boqila, chigit mag’zining har biridan bir misqol olib, bodom yog’i bilan qo’shib, 20 kun 2 mahal surtilsa, yuzni chiroyli qiladi. Bu dorilar kuchli tozalovchi dorilar bo’lib, moxov kasalligining boshlanishida paydo bo’ladigan «niqobli», «toshmali semirish» deb ataladigan yuz ko’rinishiga qarshi foyda beradi.

Yuzni tozalovchi vositalar

Tozalash xususiyati kuchli bo’lgan dorilardan biri quyidagicha: oq mum, sariq oltingugurtdan barobar bo’laklarni olib, unga sirka qo’shib, kulcha yasaladi. Keyin bu kulchalarni quritib, 20 kun mobaynida 3 mahal yuzga surtilsa, yuzni silliq va ravshan qiladi.

No’xat, yasmiq, boqila, arpa, gilsapsar ildizi va nargiz ildizlaridan barobar bo’laklar, arab yelimi va chuchukmiya ildizidan yarim bo’lakdan olib, kulcha yasaladi. Kulchaga kerak paytda sirka va asal aralashtirib surtiladi.

Sepkil, qora sepkil, turli izlar va qon xiralanishida foyda qiladigan har bir dori bunga kuchli ta’sir qiladi va ozginasi 20 kun 3 mahal yuzga surtilsa, kifoya qiladi.

Hoki Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan,

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: