Ko’zdan yosh oqishining sabablari va uni davolash

Ko'z yoshlanishining sabablari va uni davolash yo'llari

Ko’zdan yosh oqishi, ko’zning doimo suvsimon bir namlik bilan ho’l bo’lib turishidan iborat. Ba’zan u namlik yosh bo’lib oqadi. Uning ba’zisi tug’ma va ba’zisi keyin paydo bo’ladi. Bir xili biror kasallikka, isitmalardan bo’lgan kabi ergashib keladi. Agar u kasallik tuzalsa, ko’zdan yosh oqishi ham tuzaladi.

Keyin paydo bo’ladiganining sababi tuzatuvchi quvvatning yo hazm qilib yetiltiruvchi quvvatning kuchsizligi yoki ko’z ichki burchagida etning aslida kam bo’lishidir. Ba’zan o’tkir dorilar ishlatish yoki noxunani kesish natijasida kelib chiqadi. U namlik miyadan chiqib, ikki yo’lning biridan ko’zga oqadi. Ko’z yoshlanishi tugma bo’lsa yoki u ko’z burchagi etning kesilish natijasida paydo bo’lgan bo’lsa, tuzalmaydi.

Ko’zda kasallik bo’lmay turib isitmalar va o’tkir kasalliklarda bo’ladigan ko’z yoshi miyadagi biror ofat va uning ishi sababli bo’ladi. Uyqusizlik sababli bo’ladigan isitmalarda ham ko’z yoshlanishi ko’p uchraydi. Goho tortilish kasalida ko’payadi. Shundan keyin paydo bo’ladigan ko’z yoshlanishi turlarining hammasi tez tuzaladigan kasallik jinsidan bo’lib, biror kasallikka ergashib keladi. Agar kasallik tuzalsa, birgalashib u ham ketadi.

Ko’z yoshlanishini davolash

  1. Ko’z yoshlanishini davolashdagi qonun- qoida mo’tadil (o’rtacha) burishtirish xususiyatiga ega bo’lgan dorilarni ishlatishdir. Noxunani kesish yoki dori bilan yoyiltirish natijasida paydo bo’lgan ko’z yoshlanishi sariq dori, arab za’faroni talqonini15 kun 3 mahal surma qilinsa, foyda beradi. Agar o’sha burchakdagi et tutashib tagidan ko’tarilgan bo’lsa, albatta, et o’smaydi.
  2. Noxuna kesilishidan bo’lmay, boshqa sababdan bo’lgan ko’z yoshlanishini davolash uchun 15 kun 3 mahal to’tiyo talqoni ko’zga surtilsa, yaxshi natija beradi.
  3. Pillani maydalab kesib, 10 grammini 40 gramm qaynagan suvda bir sutka ivitib, so’ng past olovda 10 minut qaynatib, 15 kun 3 mahal ko’zga tomizilsa, ko’z yoshi to’xtaydi.
  4. Ko’zdan yosh oqsa, 15 kun dumba yog’i bo’laklari va ozgina miqdorda zarcho’ba qo’shib qilingan xamirni qo’rada pishirib, issiq holda burun kavshariga qo’yish yoki surtish kerak.

Hoji Mengnazar Rustam o’glining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: