Uy sharoitida tishlarni oqartirishning 3 asosiy usuli

Tishlarni qanday oqartirish mumkin

Tishlarning chiroyli, oppoq bo’lib ko’rinishi insonning go’zalligi va sog’lomligini ko’rsatib turadi.Erkaklarda ko’pincha tishlarning sarg’ayishiga nos bilan sigaret sabab bo’ladi. Ayollarda kofe va rangli ichimliklar ko’p ichishi natijasida yoki vitamin , minerallar sabab tishlar sarg’aya boshlaydi. Sog’lom tishning rangi oqimtir sariq bo’ladi. Tishlarni oqartirish uchun har xil usullardan foydalansangiz tishlarning emali ketib qoladi. Emal – tabiiy qobiqdir. Tishlarni oqartirishning 3 ta asosiy usuli bor:

  1. Bir choy qoshiq oshxona sodasi , bir shoy qoshiq perekis vodorod, bir choy qoshiq distirlangan oddiy suv. Uchchalasi yaxshilab aralashtiriladi va ustidan bir choy qoshiq limon suvi qo’shib aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashmaga tish cho’tkasini botirib olib tepaki jag’ 10 minut, pastki jag’ 10 minut tozalanadi. Cho’tka yumshoq va qalin bo’lishi kerak. Bu jarayon haftasiga 3 marotaba kechki payt uxlashdan oldin bajariladi. Bir oy shu usuldan foydalanish mumkin.
  2. Ugol aktivirovan (qora dori tabletkasi) tabletkasidan bir donasi xuddi un kabi maydalanadi . Ezilgan kukunning yarmini odatiy bir marta yuvilganda ishlatiladigan pasta massasiga qo’shiladi. 5 grammlik shipris olinib unga 3 ml degan joyigacha tish pastasi solinadi. Ustidan maydalangan ugol va pasta aralashmasi solib aralashtiriladi. Bir marta yuvganda 1,5 ml tayyorlangan massa ishlatiladi. Qolgan teng yarmi ikkinchi kuni ishlatiladi. Tayyorlangan massani ikki kundan ortiq ishlatmaslik kerak. Bir oy ichida 4 martadan ko’p ishlatmaslik kerak.
  3. Tishlarni yana stomatolog qabuliga maxsus kimyoviy ishlovlar yordamida oqatirish mumkin.

Tishlarimiz go’zalligimiz va rizqimizdir. Shuning uchun ularni asrang!

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: