Bolani emizish
Bolani mumkin qadar ona suti bilan boqish kerak. Bola organizmi ona sutini tezroq qabul qiladi va unga odatlanadi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bola onasini emganda turli xil tashqi ta’sirlardan saqlanadi.
Bolani avvalgi emizishda ko’p emizmaslik kerak. Unga asal yalatib, so’gra emizish yaxshiroqdir. Ayniqsa emiziladigan sut aynigan bo’lsa, ona ovqatlanmasdan ilgari nahorda emizmasligi, sutni uch bor sog’ib tashlab, keyin emizish kerak.
Bolaning mijozini kuchaytirish uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri bolani cekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo’lib qolgan allalashdir. Agar bolaga o’z onasining suti yoqmasa, unda bir emizuvchi ayol tayinlanadi. Emizuvchining shakli, sutining sifati, o’sha vaqt bilan tuqqan vaqt o’rtasidagi miqdori va tuqqan bolasining jinsiga qaraladi.
Emizuvchi ona qanday ovqatlanadi
Emizuvchi onaning ovqati bug’doy non, qo’zi go’shti, uloq go’shtlaridan va baliqdan tayyorlangan bo’lishi kerak. Shirin bodom, yong’oq yaxshi ovqatlardan hisoblanadi. Ona uchun sabzavotlarning yomoni indov, gorchitsa, limono’tdir. Bularning har biri ona sutini buzadi. Oddiy yalpiz ham sutni buzadi.
Ba’zan sutning suyuqligini tirnoq ustiga tomizish bilan tajriba qilinadi. Agar tirnoqdan oqsa, u suyuq, oqmasa quyuq sutdir. Sutni shisha idishga solib ham tajriba qilianadi. Yaxshi sutning chirigan qismi va zardobi barobar bo’ladi.
Ona sutining muammolarini davolash
Onani davolash tadbiri shuki, agar suti juda quyuq bo’lsa, cho’l yalpizi, kiyik o’tlarini barobar qo’shib, qaynatib ichilsa, sut suyuladi.
Suti suyuq bo’lsa, quyuq qon paydo qiladigan narsalar bilan ovqatlaniladi. Ba’zan uzum sharbati ichish va ko’p uxlash kerak.
Agar ona kam sut bo’lsa, sababi tekshiriladi. Badanni yoki ko’krakni ushlab ko’riladi. Agar issig’i bor bo’lsa, bodring va ismaloqlarni barobar qo’shib, 20 daqiqa qaynatib, och qoringa 3 mahal 100 grammdan ichiladi.Agar onaning suti kamligi kam ovqat yeyishdan bo’lsa, arpa ,kepak va turli dorilardan tayyorlangan suyuq oshlar bilan ovqatlanish kerak. Ularga mol yog’i va uzum sirkasi ham foyda qiladi.
Onaning suyuq osh va ovqatlariga arpabodiyon ildizi va urug’i, shivit, sedana solinadi. Qo’y va echkilarning sutli elinlarini suti bilan yeyish ham kamsutlikka davodir. Zaytun yog’i, kepak va turpni sharbatda qaynatib, 10 kun ichida 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi. Shivit urug’idan 3 uqiyadan va beda urug’idan 2 uqiyadan olib, arpabodiyon suviga, asalga va yog’ga aralashtirib 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, ona suti ko’payadi.
Agar ona suti ko’p bo’lib, turib qolib buzilsa, ovqatni ozaytirish va oziqligi kam narsalar istemol qilish kerak. Yalpizni ko’p miqdorda istemol qilish ham sutni ko’paytiradi. Ko’krakning suti hidli bo’lsa, rayhonni yanchib, uzum sharbatiga aralashtirib, 10 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.
Ko’pincha ona emizish davrida homilador bo’lib qoladi. Bunda har ikki bolaga ham katta zarar bo’ladi. Sutining yaxshi qismi qorindagi bolaga sarflanadi. Qorindagi bolaga zarari shuki, emuvchi bolaning sutga ehtiyoji sababli qorindagi bolaga sut keladi.
Emishdan avval bolaning ozgina yig’lashi foydalidir. Emishning tabiiy muddati ikki yildir.
Bolani ko’krak sutidan ajratish
Agar bola sutdan boshqa ovqatni talab qilsa, asta- sekin bera boshlash kerak. So’ngra oldingi tishlari chiqa boshlasa, kuchliroq ovqatga o’tkaziladi, lekin qattiq narsa berilmaydi. Suv va asal bilan, yo meva sharbati yoki sut bilan non beriladi. Agar bolada ortiqcha to’yish, qorin ko’pchish va siydikning oqarishi yuz bersa, unga hech bir ovqat berilmaydi. Ovqatlantirishning eng yaxshi vaqti bola badaniga yog’ surtib, issiq suvga cho’miltirishdan, keyingi paytdir. Qachonki, bola sutdan ajratilsa bo’tqalar va yengil hazmli go’shtlardan pishirilgan ovqat beriladi. Ko’krakdan ajratish bir yo’la bo’lmay, asta-sekin bolaga un va shakardan pishirilgan bo’g’irsoq berib ovutiladi. Agar bola emizishni qattiq talab qilib yig’lasa, cho’l yalpzidan bir dirham (3, 975) vaznda olinib eziladi va ko’krakka sirtiladi.
Bolani yurishga o’rgatish
Agar bola o’zi oyoqqa turishga harakat qilsa, qo’pol harakatlarga yo’l bermaslik kerak. Ozicha yurishga intilmasa uni majburlash mumkin emas. Bola o’tirishni va emaklashni boshlaganida ostiga yumshoq narsalar tashlab qo’yiladi. Uni yuqoridan sirg’antirmaslik lozim.
Oziq tishchalari chiqayotganda nimalarga e’tibor berish kerak.
Bolaning oziq tishlari chiqyotgan davrda, qattiq narsalarni tishlatish va chaynatish man etiladi. Chunki bunday narsalarni tishlash bilan oziq tishlarning moddasi buziladi. Bolalarning tishlari ko’ringan vartda milklari quyon miyasi va tovuqning charvisi bilan 7 kun davomida 3 mahaldan yog’lanadi. Bu esa tishlarning chiqishini tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Agar tishning milklari tishning chiqishiga yo’l bermasa, bolaning boshi va bo’yni issiq suv bilan chayqab yuvilib, qurigach, 15 kun 3 mahal zaytun yog’i surtiladi. Chuchuk miyaning ildizidan yoki shirasidan bir o’lagini, y’ani 300 grammini suvda 10 daqiqa qaynatib, 3 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichirilsa, juda foydalidir.
Tish milkida og’riq va yaralar paydo bo’lmasligi uchun bolaning og’zi tuz va asal bilan isqalanadi. (20 kun 3 mahal). Tishlar o’sib mustahkam bo’lgach, chuchuk miyaning shirasidan tayyorlangan uncha qurimagan ildizidan bolaning og’ziga solinadi. Bolalarning tishlari o’sish vaqtida chuchuk zaytun yog’i yoki boshqa chuchuk yog’ bilan moylash maqsadga muvofiqdir. Bolalar so’zlay boshlaganida ham tishlarning tagini chuchuk yog’ bilan moylab turish kerak.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «dard borki, Darmon bor» kitobidan.