Bolalar nima sababdan tuproq yeydi

Nima uchun yosh bola tuproq yeyishni yaxshi ko'radi va uni davolash yo'llari

Nima uchun yosh bola tuproq yeyishni yaxshi ko’radi, demak bugungi mavzuimiz bolalarning tuproq (kesak) yeyishi haqida bo’ladi.

Organizmda temir moddasi kamligi, ovqatlanish ratsionining noto’griligi oqibatida kamqonlik kelib chiqadi. Buning oqibatida bolada tuproq yeyish istagi paydo bo’ladi.

Kamqonlikning bir qancha belgilari bor. Holsizlik, bolani o’qishda qiynalishi, tez charchash, o’tirish yoki yurishda kech qolish, tez kasallanish kabi holatlar shular jumlasiga kiradi.

Bolaning kelajak hayotda kamqonlik bilan og’rishining oldini olishning bir yo’li bolani hech bo’lmaganda 6 oyga qadar ona suti bilan emizishdir. 6 oydan so’ngra bola ovqat tarkibiga olma, sabzi sharbati, turli karamlar, go’sht, tuxum, baliq, loviya (dukkakli o’simliklar), turshak, anjir, yong’oq kabilarni qo’shib borish zarur.

Apelsin sharbati C vitaminiga boy bo’lib, temir moddasini ko’paytiradi. Choy va kofe temir moddasi va kalsiyning tanadan chiqib ketishiga olib keladi. Shu sababdan bolalarga choy va kofe tavsiya etilmaydi.

Bundan tashqari, bolada bo’r yeyishni ham kuzatish mumkin. Bu ham organizmda temir yoki sink moddasining yetishmasligidan dalolat beradi.

Nima uchun yosh bola tuproq yeyishni yaxshi ko’radi, buni davolash yo’llari nimada:

Bolaning yaxshi o’smasligi, xotiraning yomonlashuvi, tez asabiylashishi, yara- chaqalarning sekin bitishi, soch to’kilishi, ishtaha yo’qolishi uning belgilaridir.

Tanada sink kamayib ketganda tirnoqda oq dog’lar paydo bo’ladi. Avvalo bolani sink moddasiga boy ovqatlar bilan oziqlantirish lozim.

Dukkakli o’simliklar, arpa, bug’doy, oshqovoq, kungaboqar urug’lari, mol, tovuq, quyon go’shtlari, tuxum sarig’i, yong’oqlar, kepakli non, piyoz, sarimsoq, turli sabzavotlar, baliq, sut mahsulotlari kabilar bolalarga tavsiya etiladi.

Baliq va mol go’shtidagi sink moddasi organizmda yengil hazm bo’ladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining “Dard borki, Darmon bor” kitobidan.

Текст на русском

Почему дети едят землю?

Почему маленький ребенок любит есть грязь, поэтому сегодняшняя тема будет о детях, которые едят грязь.

Анемия возникает в результате недостатка железа в организме и неправильного питания. В результате у ребенка появляется желание есть землю.

Есть несколько симптомов анемии. Среди них такие случаи, как слабость, трудности в чтении ребенка, быстрая утомляемость, позднее сидение или ходьба, быстрое заболевание.

Одним из способов предотвращения развития анемии у ребенка в более позднем возрасте является грудное вскармливание ребенка в течение как минимум 6 месяцев. После 6 месяцев в детское питание необходимо добавлять яблоки, морковный сок, различную капусту, мясо, яйца, рыбу, фасоль (бобовые растения), туршак, инжир, орехи.

Апельсиновый сок богат витамином С и увеличивает содержание железа. Чай и кофе вызывают вывод железа и кальция из организма. По этой причине чай и кофе не рекомендуются детям.

Кроме того, возможно наблюдать поедание мела у ребенка. Это также свидетельствует о недостатке железа или цинка в организме.
Почему маленький ребенок любит есть грязь, какие есть способы лечения:

Ее симптомами являются плохой рост ребенка, ухудшение памяти, раздражительность, медленное заживление ран, выпадение волос, потеря аппетита.
Когда в организме истощается цинк, на ногтях появляются белые пятна. В первую очередь необходимо кормить ребенка продуктами, богатыми цинком.

Для детей рекомендуются бобовые, ячмень, пшеница, тыква, семечки подсолнуха, говядина, курица, крольчатина, яичные желтки, орехи, хлеб грубого помола, лук, чеснок, различные овощи, рыба, молочные продукты.
Цинк в рыбе и говядине легко усваивается организмом.

Оцените материал
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: