Shifobaxsh va dorivor o'simliklar xususiyatlari

Shifobaxsh va dorivor o'simliklar xususiyatlari

Salom do'stlar. Kundalik hayotimizda, deyarli har kuni shifobaxsh va dorivor o'simliklar har qadamimizda uchraydi, yoki iste'mol qilamiz. Lekin ularning qanday shifobaxsh tomonlari borligiga e'tibor qilmaymiz. Keling shu shifobaxsh va dorivor o'simliklarnining xususiyatlarini birma-bir ko'rib chiqamiz.

Ismaloqning shifobaxshligi

Ibn Sino ismaloq bargidan tayyorlangan qaynatmani yo'tal, ich qotishga qarshi qo'llagan. U safro-o't haydovchi omil sifatida foydali bo'lib, uning tarkibida C, B1, B3, B6, PP, K, E kabi vitaminlar mavjud. Unda temir, yod, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy kabi ma'danlar uchraydi. Ismaloq bedarmonlik, taloq, o'pka va asab kasalliklariga davo bo'ladi, peshob va dam haydash xususiyatiga ham ega. Ismaloqdan bahorda sho'rva, pyure, ko'k somsa va salat tayyorlanadi.

Jag'-jag' o'tining davoligi

Xalq tabobatida jag'-jag' o't qon to'xtatuvchi va qon bosimini tushiruvchi omil sifatida qo'llanilgan Undan tayyorlangan me'da, o'pka, burun, buyrak va bachadon kasalliklarida qon to'xtatuvchi sifatida tavsiya etilgan. Uni chayon chaqqan joyga ezib bog'laydilar. O'simlikning yerdan ustki qismini qaynatib, bod, suyak og'rig'iga bog'laydilar. Sharbati ich surgiga davo bo'ladi. Jag'-jag' o'z tarkibida organik kislotalar, xolin, atsetilxolin, oshlovchi moddalar, teramin kabi manbalar, C, K vitaminlari, inozat, karotin, saponinlar, zarra singari ma'danlar majmuasini saqlashi aniqlangan.

Jag'-jag'ning murg'ak o'tidan ko'k chuchvara, ko'k manti, ko'k non va ko'k somsalar tayyorlanadi.

Yalpizning shifobaxshligi

Yalpiz ham shifobaxsh va dorivor o'simliklar toifasiga kiradi.

Yalpizning shifobaxshligini Ibn Sino quyidagicha ta'riflaydi. «Bir necha kungacha uni yeb, ketidan suzma zardobi ichib turilsa, venalarni kengaytiradi. Yalpiz moxovga foyda qiladi. Uning shirasi qovuqdagi qurtlarni o'ldiradi. Ayniqsa, anjir bilan birga yeyilsa, ko'krakdagi yopishqoq quyuq xiltlarni haydaydi. Yovvoyi yalpiz ishtaha kamligida, me'da zaifligida, hiqichoq tutganda foyda qiladi».

Xalq tabobati amaliyotida yalpiz qaynatmasi tish og'rig'i, og'iz qaqrashi, milk yallig'lanishi va boshqalarni davolashda qo'llaniladi. Yalpiz qaynatmasiga qand qo'shib tayyorlangan qiyom quyonchiq kasaliga davo bo'ladi. O'simlik shirasi esa shaqiqa va sariq kasaliga foydali omil hisoblanadi. Yalpiz sharbati qo'tirni davolashda ijobiy natija beradi.

Yalpizda efir moylari, organik kislotalar, flavonoidlar, vitamin C karotin, ramnoza, glyukoza, rutin, mineral tuzlar va boshqa moddalar mavjud.

Yalpiz — oshko'k ziravor sifatidan tashqari undan bahorqa jag'-jag', ismaloq, ko'k piyoz, yo'ng'ichqa va boshqa o'tlar bilan birga chuchvara, manti,non va somsalar tayyorlab iste'mol qilinadi.

Bedaning xosiyati

Bedaning tarkibida glikozidlar, efir moylari, kumarin va salitsial kislotalari bor. Xalq tabobatida beda o'pka xastaliklari, kam qonlik, revmatizm, xafaqon kasalligi, yo'tal, siydik haydovchi, yallig'lanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Uning damlama va sharbati esa teri kuyishi, teri-yara kasalliklarida ham qo'llaniladi. Ayni bahor damlari beda o'tidan ko'katli somsa, manti, chuchvaralar tayyorlanadi. Bu esa kushiga darmon bag'ishlaydi, shubhasiz.

Ko'k piyozning foydaligi

Ko'k piyoz tarkibida juda ko'p miqdorda fiton'idlar, efir moylari, karotin, E, C, B1, B6, B15, biotin, folatsin vitaminlari, organik kislotalar, kaliy, kalsiy, kremniy, natriy, fosfor, xlor, temir, yod va boshqa organizm uchun kerak bo'lgan elemetlar bor.

Ko'k piyoz ishtahani oshiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Uning iste'molidan so'ng lanjlik, horg'inlik holatlari yo'qoladi. Ko'k piyoz antitromboz xususiyatiga ega bo'lib, yurak-ishemik xastaligi, xafaqon kasalligi va ularning asoratlarining oldini olishi aniqlangan. Ko'k piyozdan bahorda barcha ko'k va issiq taomlar, salatlar tayyorlashda foydalaniladi.

Otquloqning shifoligi

Otquloq aslida yovvoyi shovuldir. Otquloq turlari tarkibida vitamin C, K, antroglikozidlar, flavonoidlar (rutin va boshqalar), efir moyi, smola, shovul va organik kislotalar, oshlovchi va boshqa foydali moddalar mavjud.

Xalq tabobatida otquloq turlarining ildizidan, bargidan hamda mevasidan tayyorlangan qaynatma yoki damlama ich ketish, dizenteriya, ichak yaralari va boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Quritilmagan bargidan olingan shira bilan qo'tir, temiratki va yaralar davolanadi.

Yangi unib chiqqanida otquloq barglari ko'katlar bilan chopib qiyma qilinadi. Keyin jizza, ko'k piyoz qo'shib ko'k somsa, chuchvara, manti va boshqa taomlar qilinadi.

Safar Muhammadning «Bahoriy shifobaxsh ne'matlar» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: