Romashka (moychechak) damlamasining 7 ta shifo foydalari

Romashka damlamasining foydalari

Tabiatning o’zi butun o’simliklar dunyosi bilan insonlarning sog’ligiga sog’lik qo’shib, davolab kelmoqda. Shunday davolovchi o’simliklardan bittasi moychechakdir (romashka). Romashkaning quritilgani dorixonalarda sotiladi. Uning foydali xususiyatlari juda ko’p:

  1. Agar moychechak uyquga yotishdan oldin bir stakan qaynoq suvda damlanib iliq holda ichilsa, uyqingiz mustahkamligi taminlanadi. Siydik yo’llaridagi va qon tizimidagi keraksiz zararli moddalarni ertalab o’zi bilan birga siydik orqali olib chiqib ketadi.
  2. Organizmning tabiiy tozalanishi uchun o’zida kerakli moddalarga ega.
  3. Romashka damlamasini ichgan vaqtda, ko’ndalang va dumaloq mushaklarni bo’shashtirishga yordam beradi. Bu esa, charchoqdan va suyak bo’g’imlarining nig’iz holatlaridan olib chiqishga yordam beradi.
  4. Romashka damlamasining foydali xususiyatlaridan yana biri, ayollarning hayz kelish vaqti og’riqli kechadigan bo’lsa, o’sha vaqtda damlama ichilsa, og’riqlar kamayadi.
  5. Moychechak damlamasi toksinlarni o’ziga bog’lab olib, tashqariga chiqishga yordam beradi. Bu esa teri kasalliklarining oldini olishga olib keladi. Tez-tez damlama ichib turilsa, teri tiniqlashib, dog’ tushishini oldi olinadi. Bosh og’riganida aspirin tabletkasining to’rtdan bir bo’lagini til ostiga tashlab ustidan bir stakan romashka damlamasi ichilsa, bosh og’rig’i bir zum o’tgach yo’qoladi.
  6. Qon tomir devorlarini kengaytirish hisobiga qon aylanishini yaxshilaydi. Bu esa immun tizimini yaxshilaydi. Uzoq umr ko’rishga turtki bo’ladi.
  7. Siydik yo’llaridagi shamollashlar, sistit, siydik nayidagi achishishlar kabi kasalliklarda damlama ichilsa yoki romashkali vanna qabul qilinsa, dardga davo bo’ladi. Oshqozon-ichak faoliyatini o’z meyorida saqlab turadi. Shuning uchun moychechak damlamasida har oyda 1-2 marotaba to’yib ichib turish tavsiya etiladi.

Sog’ligingizni avaylang, hamisha sog’-salomat bo’linglar!

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: