Olovdan kuyganda davolash yo'llari

Olovda kuyganda uy sharoitida davolas

Olovdan kuyganni davolash uchun ikki maqsad ko'zda tutiladi: biri qavarishga to'sqinlik qilish, ikkinchisi kuyganni tuzatish. Qavarishga to'sqinlik qilishda achishtirmay sovituvchi dorilarga ehtiyoj tug'iladi.

Kuyganni davolashga kelganda buning uchun ko'p emas, ozgina quritish bilan birga achishtirmaydigan, issiq va sovuqda mo'tadil va biroz gazlash xususiyatiga ega bo'lgan dorilarga ehtiyoj seziladi. Bir yo'la har ikki maqsadga muvofiq tadbir qo'llashga ehtiyoj tug'ilsa, avvalo sovituvchi, so'ngra kerak bo'lsa, ikkinchi maqsadga muvofiq, tozalovchi dori ishlatiladi. Ammo kuygan joyi qavarib bo'lgach, ikkinchi tadbirni qo'llash kerak. Buning dorilari — yengil vaznli loylar, qaynatilgan yasmiq.

Ishlatiladigan dorilar

Abu Jahl tarvuzining suvi, yangi oq pishiq g'isht yoki sopolni olib, ituzum suvi va atirgul suvi bilan qo'shib, kuygan joyga surtiladi. Yoki tuxum sarig'i, gul yog'idan malham yasab ishlatiladi. Sachratqi, yuvilgan arpaning uni , tuxum sarig'i va gul yog'i, shuningdek, qaynatib gul yog'i bilan qo'shilgan yasmiq ham ishlatiladi. Yana uzum sirkasi bilan adir kesagi hamda kerakli usulda tayyorlangan gul yog'i bilan asalari mumi qo'llaniladi.

So'ngra bu dorilarga tamom yuvilgan ohak, qo'rg'oshin upasi, tuxum oqi va biroz sut qo'shiladi. Shuningdek, yovvoyi gulxayri bargini olib, yomg'ir suvida yoki buloq suvida qaynatiladi. Keyin ipsimon moddalardan tozalab, so'ng bunga ishlab kuydirilgan qo'rg'oshin va qo'rg'oshin upasining har biridan ikki yarim bo'lakdan, gul yog'i to'rt bo'lak, ituzum suvi va kashnich suvining har biridan bir bo'lakdan qo'shiladi. Aralashma malhamni kuygan joy ustiga surtib bog'lansa , bemor tuzaladi.

Ohakdan dori tayyorlash

Eng yaxshi dorilardan biri ohak suvidir. Uning tayyorlanishi:

1. Ohak olib, o'tkirligi butunlay ketguncha yetti marta yuviladi. Keyin zaytun yog'i biroz asal aralashuvi bilan pishiriladi. Ba'zan tuxum oqi va biroz uzum sirkasi ham qo'shiladi.

2. Ohakni yuqoridagi kabi yuvib, lavlagi va karam barglarining suvi, gul yoki mum bilan qo'shib malham tayyorlanadi. Aralashma kuygan joyga surtilsa, yara tezda bitadi.

Kuygan joylarda toshma va qavarish yuz berish xavfi bo'lmasa, unga yulg'unning bargi yoki poyasi kuydirilgan kulini sepilsa, foyda qiladi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: