Yaqinda bola tuqqan ayolning ahvoli qanday bo'ladi

Yangi tuqqan ayol

Tuqqan ayolning qoni o'g'il bolada o'ttiz kundan ziyod, qiz bo'lsa esa qirq kundan ortiqqa bormaydi. Yangi tuuqqan ayolda qon ketish va qon tutilish kabi ko'p kasalliklar paydo bo'ladi. qon ketish quvvatning ketishiga, qon tutilish esa qattiq isitmalarga va qattiq shishlarga olib keladi. Qinalib tuqqan ayolga ba'zan chipqon chiqadi va goho qorin ko'pchishi paydo bo'ladi. Tuqqan ayoldan keladigan qon hayz qonidan qoraroq bo'ladi. Chunki u uzoqroq tutilib qolgan qondir.

Qon ko'p ketganda ishlatiladigan tadbir.

Tuqqan ayoldan qon ko'p ketsa, uning qorni ustiga uzum sirkasi bilan ho'llangan latta yopishtirish kerak. Anor guli, qahrabo (sariq tosh), qizil atirgul va o'simliklardan olinadigan yelimlardan taxir sharob-shamcha yasab, bachadonni ko'tarish kerak. Dog'lovchi dorilardan qochish munosibdir. Chunki bachadon asabga boy bo'lganidan bu xil dorilar unga zarar qiladi.

Qon kam kelganda ishlatiladigan tadbir.

Ayol tuqqanda yoki bolasini tushirganda qonning kamligini bilib qolsa, qonni yurgizishga va suyultirishga kirishish lozim. Chunki qon qamalib qolsa, shishlar paydo bo'ladi. Bunda ayolga nazla hidlatib, aksirtirish ham foydadan xoli emas. Tuzlangan baliq ko'zi ot tuyog'ini 10 kun 2mahaldan bachadon ostuga tutatiladi. Agar bular kifoya qilmasa, 7 kun davomida 3 mahal 100 grammdan bo'yimodaron qaynatmasi ichilsa, qonni haydaydi.

Yangi tuqqan ayolning haroratini tushirish

  1. Bunda 500 gramm arpa 5 litr suvda bir kecha-kunduz ivitib, 30 daqiqa past olovda qaynatib, och qoringa 150 grammdan ichilsa, isitmasi tuzaladi. Shu bilan birga hayz qonini to'xtatmaydi, anor suvi ham shunday foyda qiladi.
  2. G'o'ra uzum suvini 2 kun ichida 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, isitmani daf qiladi.

Ko'pchilik ayollarning isitmasi hayz qoni tutilishidan kelib chiqadi. Agar ular boldirdan qon olish bilan davolansa, yaxshi foyda beradi.

Yangi tuqqan ayoldagi jarohatlarni davolash

  1. Aloe qaynatmasidan 13 kun davomida 3 mahaldan och qoringa 2 osh qoshiqdan ichilsa, jarohat tuzaladi.
  2. Sedana yog'idan bir hafta 3 mahaldan 1 choy qoshiqdan ichilsa ham jarohat bitadi.
  3. Kanakunjut yog'idan 7 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, foyda beradi.

Ayollardagi bachadon og'rig'ini davolash

  1. Tovuq yog'ini9 kun davomida 3 mahaldan farjga surtilsa, foyda qiladi.
  2. Zatun yog'ini ham 5 kun 3 mahaldan surtish tavsiya etiladi.
  3. Asalarining mumi qaynatmasini ham 5 kun 3 mahal farjga surtish mumkin.
  4. 500 gramm muxallasni 6 litr suvda bir kecha qoldirib, 30 daqiqa davomida past olovda qaynatib, 16 kun davomida,3 mahal 50 grammdan och qoringa ichilsa, bachadon og'rig'idan tuzaladi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: