Qanday sabablarga ko’ra bola bo’lmasligi mumkin? Agar bola bo’lmasligiga issiq mijoz va issiq xiltlar sabab bo’lsachi? Bunda homilador bo’lish uchun organizmni u xiltlardan bo’shatib, mijozni ma’lum oziq va ichimliklar bilan mo’tadillashtiriladi. Bachadonga ma’lum shiralar, sovuqlik va yog’lardan tayyorlangan, haroratni e’tidolga keltiradigan tovuq yog’iga aralashtirilgan mumiyoli surtmalar 19 kun bir mahaldan qo’yib davolaniladi.
Agar bola bo’lmasligiga sabab bachadon og’zining o’rnidan qo’zg’alishi bo’lsa, uni a’zoning o’rnidan qo’zg’alishiga qarshi qo’llaniladigan narsalar, qortiqlar bilan davolaniladi. Tabiblarning aytishicha, munosib tomondagi boldir tomiridan qon ham olinadi.
Homilador bo’lmaslikning sababi yog’ning ko’pligi bo’lsa, badantarbiya va yengil ovqatlar iste’mol qilinadi. Suvli hammomlardan saqlanib, issiq buloq suvlaridagina cho’mila olishlari mumkin.
Agar homilador bo’lmaslikning sababi erlik urug’ining yaxshi o’rnashishiga mone bo’ladigan yel bo’lsa, u chog’da kamuniy kabi dorilar bilan davolanish kerak. Homilador bo’lish uchun, arpabodiyon, petrushka urug’i, gazako’t urug’i ichiriladi. 15 kun 3 mahal 50 grammdan tavsiya etiladi. Shuningdek, bulardan tayyorlangan dorilar, 3 mahal surtilsa, foyda beradi. Uzum, oq va qora murch, gazako’t urug’i va tog’ murchlarini qo’shib, tuyib, 20 kun och holda 3 mahal yarim choy qoshiqdan kapalanadi.
Agar sababi qattiq quruqlik bo’lsa, u chog’da ho’llovchi suyuqliklar ishlatiladi va yumshatuvchi yog’larni farjga surtiladi. Shuningdek, sut, ayniqsa, echki suti va yog’li sho’rvalar ichiladi.
Sabab bachadon og’zining torligi bo’lsa, uni kehgaytirish uchun doimo qo’rg’oshindan qilingan milni bachadon ichiga oz-ozdan 20 kun 3 mahal surtilsa, foydasi yaxshi bo’ladi.
Ayolga karam yeyish, petrushka, zira, arpabodiyon va boshqa narsalarni iste’mol qilish foydalidir.
Sovuqlik va rutubat sabab bola bo’lmaslikni davolashda qo’llaniladigan chora-tadbirlar
Boyida bo’lishga yordam beruvchi dorilarning ko’pchiligi sovuq va ho’llikni yo’qotishga qaratilgan. Agar rutubat bor bo’lsa, ko’taradigan dorilar bilan bo’shatish kerak. Ayolga 20 kun 3 mahal och holda fil sutini ichirilsa, farzand bo’ladi. Fil tishining qirindisini ham 18 kun 3 mahal bir tabletkaday iste’mol qilinsa, bola bo’ladi. Kavrakning urug’ini ham 18 kun 3 mahal och holda bir tabletkaday kapalansa, farzand bo’ladi. Balzam yog’ini 15 kun 3 mahal surtilsa, g’oz yog’ini ham bachadonga 15 kun 3 mahal surtilsa, bola bo’lishiga yordam beradi.
Homilador bo’lishning chora-tadbirlaridan yana biri g’oz yog’i va tuxum sarig’idan ikki uqiya olib aralashtirib, hayzdan tozalangahdan keyin, yungda 3 kun 3 mahal surtiladi. Yung har kuni yangilab turiladi.
Quruq va ho’l sarimsoq olinib, ustiga teng miqdorda kunjut yog’i quyiladi. Keyin uni ezib suv qismi tugaguncha qaynatiladi va yung bilan farjga surtiladi. (15 kun 3 mahal) Bu esa yaxshi foyda qiladi.
Abu Jahl tarvuzining suvini yovvoyi zira talqoni bilan aralashtirib, 15 kun 3 mahal surtilsa, yaxshi natija beradi.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki,Darmon bor» kitobidan.