Bachadon og’riqlari
Bachadon og’rig’i mijozning mos kelmaydigan buzilishidan, tortishuvchi ellardan va bachadonda paydo bo’ladigan rutubatlardan kelib chiqadi. Hatto, bachadonda ham ichakda bo’ladigan qulanj bo’ladi. Ba’zan og’riqlar bir qancha muddatlardan keyin, ikki yonboshga tushib o’rnashib oladi.
- 300 gramm asalari uyasini, 1,500 gramm buloq yoki yomg’ir suvida 30 daqiqa past olovda qaynatib, 10 kun 3 mahal paxtani to’yintirib, farjga qo’yib yurish kerak.
- 8 kun 3 mahal kanakunjut yog’ini farjga surtib yurilsa, foyda beradi.
- Yonbosh og’rig’iga 10 kun 3 mahal yulg’un bargini choy qilib ichilsa, kasaldan tuzaladi.
- Bosh og’rig’iga 3 kun 3 mahal shaftoli bargini choy qilib ichilsa, og’riq daf bo’ladi.
Davolanish eng qiyin qov mo’yini qirib tushirishga borib yetgani, ayniqsa, qov suyagida mayda teshikchalar paydo qilganidir.
Belgilar:
Bavosil chirishining uzoq muddatga cho’zilishi, og’riqning doimiy bo’lishi, ilgaridan davolanish bilan tuzalmaydigan yaralar bo’lgani va yaralarga uzoq muddat bo’lishiga qaramay ulardan zardob oqib turishi, keyin saraton og’riqlari bo’lishidir. Bavosilning o’rnini mil tegizib bilinadi. Bavosilning borib yetgan yeri go’sht yoki suyakka o’tganligini milning uchi yumshoq va silliq narsani sezyaptimi yoki qattiq va dag’al joyga tegyaptimi, shunga qarab bilinadi.
Davolash:
Ehtiyot choralari – qurituvchi dorilarni ishlatish hamda badanni tozalash va bachadonni kuchaytirib davolashdan iborat.
- 15 kun davomida 3 mahal kanakunjut yog’iga ozgina paxtani to’yintirib, farjga qo’yib yurish kerak.
- Misvok qaynatmasiga ham 19 kun 4 mahal paxtani shimdirib , farjga qo’yib yurilsa, yaxshi foyda beradi.
- 500 gramm dub daraxt po’stlog’ini 5 litr yomg’ir suvida bir kecha qoldirib, past olovda 30 daqiqa qaynatib, issiq suvda 18 kun 2 mahal 40 daqiqadan atrofini o’rab, vanna qilinadi.
Bachadonda suv yig’ilishi
Goho bachadonda suv yig’ilib, bemorni bezovta qiladi.
Belgilari:Buning belgisi hayz qoning tutilishi, harakat qilgan va yurgan vaqtda qorinda g’uldirashning ko’p bo’lishidir. Qorinning ostki qismida yumshoq shish paydo bo’ladi. Ba’zan kasal ayol istisqo kasali bilan og’rigan kasalga o’xshaydi. Bachadondan suvli rutubat ko’p keladi. Ba’zan ayolni homilador deb gumon qilinadi, goho birdan ko’p suv oqadi.
Davolash:
Davolash uchun zarur bo’lsa – tomirdan qon olinadi va jismoniy harakat buyuriladi. Suv moddasini kuchli haydovchi dorilar qo’llaniladi.
- Gazanda o’tiga zaytun yog’ iaralashtirib atala qilib, 7 kun 1 mahaldan surtib bog’lanadi.
- Bo’yimodaron qaynatmasini 5kun ichida 3 mahal 100 grammdan ichilsa, hayz qonini haydadi.
- Qovurilgan zig’ir talqonini 5 kun ichida 3 mahal 3 osh qoshiqdan kapalansa, siydikni haydaydi.
- Kiyik o’ti choy qilib ichilsa ham siydik haydaydi.
Bachadon yellari
Bu kasalga uchragan ayol hamma vaqt, ayniqsa, sovuq vaqtlarda bachadonda bir narsa osilib turgandek sezadi. Vaqti- vaqti bilan o’ng va chapga ko’chib yuruvchi og’riqlar ham sezilib turadi.
Davolash:
Har kuni bir dirham (3, 975) ko’lob, ingichka zira va bir misqol (4, 25) zanjabil solib qaynatilgan 10 dirham suvda 0,5 dirham qolguncha qaynatib, och qoringa 3 mahal bir choy qoshiqdan ichilsa, ellar daf bo’ladi.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.