Namatakning (Shipovnik) shifobaxsh xususiyatlari

Namatakning shifobaxsh xususiyatlari

Namatak tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan C, B2, E, K vitaminlari mavjud. Mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino tarifiga ko’ra namatakning barcha turi tozalovchi va suyultiruvchi xususiyatga ega. Quloq ichidagi qurtlarni o’ldiradi, quloq shang’illashi va tish og’rig’iga foyda beradi. Namatakni bargi, mevasi va ildizi xalq tabobatida keng qo’llanilib kelingan. Namatak damlamasi o’pka sili, terlama, o’t qobi yallig’lanishi, meda-ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Uning mevasi tanaga quvvat bag’ishlaydi, modda almashinuvini yaxshilaydi, chidamlilikni oshiradi, yo’talni ketkazadi. Hazm qilish yo’llari yallig’lanishini davolaydi, jigar og’rig’idan xalos etadi. Sovuq mijozli va qon bosimi past kishilarga damlama as qotadi.

Qovuq va buyrak shamollaganda ham namatak damlamasini issiq holda tez-tez ichib turish kerak. Damalama semizlikni sekin-sekin bartaraf etadi, sababi u ichni yuvib tozalaydi, kichik tahoratni tezlashtiradi. Agar kuniga ikki gramdan quritilgan mevasidan istemol qilib turilsa, yoshlikni uzaytiradi, jinsiy quvvatni saqlashga yordam beradi.

Namatak damlamasi qanday tayyorlanadi

Namatak donalaridan 10-15 dona olib yuviladi. Sirli idishga solib 15 daqiqa qaynatiladi. Sovutilib, tindirilib ichiladi. Namatakga o’rik, shaftoli, qizil do’lana kabi mevalarning quritilgani bilan aralashtirilib damlama tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Uning shifobaxsh xususiyatlari yanada ko’payadi. Choy o’rnida bemalol istemol qilish mumkin.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: