Baqlajonning qon tomirlari uchun foydasi qanday

Baqlajonning odam salomatligiga qanday foydasi bor

Boqlajonlar tomatdoshlar oilasiga mansub foydali mahsulotdir. Uning turli xil rangli, shaklli navlari mavjud. Siyohrang eng ommalashgan turi hisoblanadi. U nafaqat ozuqa, balki dorivor sifatida ham foydalaniladi. Tarkibida vitamin va minerallar mavjud, kaliy va xolinga boy. Bu elementlar jigar va yurak uchun foydali. Organizmga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:

  1. Selelyuza hisobiga ichak tozalanadi va ortiqcha xolesterin chiqarib yuboriladi. Bu esa tomirlarda ateraskeleroz kasalining oldini oladi.
  2. O’t pufagida tosh paydo bo’lishining oldini oladi. Safro ajralishi va chiqarilishiga yordam beradi. Moddalar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Qondagi qand miqdorini me’yorda saqlab turishga yordam beradi.
  3. Organizmdan tuzlar, siydik kislotasining chiqarib yuborilishini taminlaydi. Doimiy istemol qilinganida qabziyatni bartaraf qiladi. Gemoglabin miqdorini oshiradi.

Xalq tabobatida qanday qo’llaniladi

Davolanish maqsadida mahsulotning lahm qismi, po’chog’i va suvi ishlatiladi.

  1. Qirg’ichdan o’tkazilgan baqlajon suvi siqib olinadi. Kuniga bir necha marta bir choy qoshiqdan ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Bu muolaja ateroskeleroz kasali uchun 10 kun davom ettiriladi. Tomirlarni tozalovchi va yurak mushaklariga tonus beruvchi sifatida qo’llaniladi. Bundan tashqari suvini, jarohatlarni davolashda ishlatsa bo’ladi.
  2. Po’stlog’i ajratib olingan baqlajon mayda to’g’ralib ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi. Usti yopib 30 daqiqa tindirib qo’yiladi. So’ngra ichidagi mahsulot siqib olinib kuniga 3 mahal yarim stakandan istemol qilinadi. Bu muolaja peshob haydovchi vosita hisoblanadi.
  3. Viruslardan tomoq va og’iz bo’shlig’ini tozalash uchun po’chog’i quritilib, qahva maydalagichda kukun holiga keltiriladi. Kukuni qaynoq suv bilan aralashtirilib sovutiladi. Tayyorlangan malham bilan og’iz va tomoq chayiladi.

Kimlarga mumkin emas

Tarkibida zaharlanishni keltirib chiqaradigan salamin moddasi mavjud, bu modda ko’p pishib yetilganining tarkibida uchraydi. Bundan zaharlangan kishining ko’ngli aynib holsizlanadi, o’zini anglay olmaydi. Diareyani olib keladi. Xavfdan yiroq bo’lish uchun, mahsulot bo’laklarga bo’linib, tuzli suvga solib, keyin qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Buyrak va o’t yo’lida toshi bor bemorlarga baqlajon qo’llash mumkin emas. Chunki, tarkibida oksalat kislotasi mavjud bo’lib, buyrakda tuzlar hosil bo’lishiga olib keladi. Bundan tashqari, qand kasali borlar qand miqdorini nazorat qilib turishlari lozim. Baqlajon tarkibidagi moddalar hujayralarning insulinga bo’lgan sezuvchanligini oshirishi mumkin. Buning natijasida qand miqdori tushib ketish xavfi tug’iladi.

Oshqozon gasteriti va yarasi bor kishilarga istemol qilish mumkin emas. Baqlajonning eng yoshini tanlab olib istemol qiling!

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: