Zaharlanishdan ehtiyot bo’lish chora va tadbirlari

Hashorotlardan zaxarlanishdan qanday saqlanish mumkin

Zaharlanishdan saqlanish

Ba’zan kutilmagan joyda zahar ichib qo’yish mumkin. Goho qaynatilayotgan qozonga yoki sirka solingan idishlarga katakesak, qoraqurt va chayon kabi yomon narsalar tushib qoladi. Chunki ko’p hasharotlar sharob hidini yaxshi ko’radi va unga tezda yetib boradi. Goho ular sharob idishlarida o’lib qoladi. Ba’zan sharobni ichib idishga qusadi. Shuning uchun uy shiplari, katta daraxtlar tagi va sero’t joylardan ehtiyot bo’lish kerak.

Zahar o’z kayfiyati, surati va butun javhari bilan ta’sir qiluvchi bo’ladi. Birinchi xil zaharlar «Dengiz quyoni» kabi o’yib yeb, chiruvchi yoki afyun kabi qizdiruvchi yoki kuydirilgan qo’g’oshin kabi badandagi nafas yo’llarini to’suvchi bo’ladi.

Butun javhari bilan ta’sir qiluvchi zaharga kelsak, bu zaharlarning eng yomonidir. Ba’zi zaharlar bir a’zoning o’ziga, masalan, qovuqqa, o’pkaga ta’sir qiladi. Zaharning inson mijozini o’zgartirishi, biror a’zoni qizitishi yo unga ta’sir ko’rsatishi to’g’risida gapirilganda, uning biror muddatdan keyin ta’sir qilishi mumkinligi ko’zda tutiladi. Bundan terlash va zaharni tarqatib yuborish orqali yoki unga qarshi davo qilish bilan qutulib qolinadi. Bilingki, uvishtiruvchi zahar juda kuchsiz va boshqa jihatda juda kuchli ta’sir qiladi.

Qaysi jihat g’olib bo’lsa, hukm o’shanda bo’ladi. Yurak issiq mijozli bo’lsa, bunday zaharlarga qarshi turadi.

Issiq badan zaharning og’ir javharini suyultiradi. Arteriyalar esa o’zining kuchli harakati bilan ergashib, siqilgan paytlarida tortadi.

Shu sabab bu xil zahar issiq badanlarga ko’proq zarar yetkazadi. Buning ustiga bu zaharlar bilan mijoziga zid bo’ladi. Issiq mijozlizaharlar haqidagi so’z ham shundan iborat. Chinki issiq mijoz issiq zaharlarga qarshi turib, ularni yurakdan haydaydi va quvvatini tarqatadi. Lekin issiq mijozli badan arteriyalari ularni tortadi. Natijada sovuq zaharlardagidek holat yuz beradi. Jolinus deydi: «Quniyun, aqonit yoki boshqa biron o’ldiruvchi zahar olamni o’ldiradi, ammo chug’urchuqlarni o’ldira olmaydi.

zahar chug’urchiq badanidan ta’sirlanib, ozuqaga aylanganidan keyingina uning yuragiga yetib boradi. Oqsilda badan yo’llarining kengligi, haroratining va zahar tortivchi arteriyalar harakatining kuchliligi sababli yurakka tezroq yetib boradi. Ammo ta’sir qiluvchi va ta’sirlanuvchi quvvatlar o’rtasidagi munosabatlarni ham ko’zda tutish kerak». Jolinusning aytishicha, keksa ayollar oldin aqonitdan juda ozginadan yeb, keyin uni davom ettiraveradilar. Nihoyat tabiatlari shunga o’rganadi va uni qo’rmasdan iste’mol qiladigan bo’lib qoladilar hamda aqonit ularga hech bir zarar qilmaydi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: