Nervning ezilishi va shikastlanishini qanday davolash mumkin

Nervning ezilishi va shikastlanishini uy sharoitida davolash

Bukun biz nervning ezilishi va shikastlanishi va uni davolash haqida gaplashamiz.

Nerv ezilsa-yu, u bilan birga jarohat va shish paydo bo’lmasa, og’riqni to’xtatuvchi narsa bilan davo qilinadi. Shish paydo bo’lganida ham ko’l suvi va shunga o’xshash teshib oqizuvchi narsa bilan davolamay, og’riqni to’xtatuvchi narsalar bilan davolaniladi. Shuningdek, o’sha a’zoga isitilgan yog’ni ketma-ket qo’yib turish kerak, u yog tarkibida bo’shatish va tarqatish xususiyati bo’lsin.

Nervning ezilishi va shikastlanishi yana qanday yo’llar bilan davolanadi

Shuningdek, bunga muvofiq quyuq surtmalar bog’lanadi. Gulxayrini yanchib, ezilgan nervlarga qo’yilsa, foyda qiladi. Agar ezilgan nervda shish paydo bo’lsa, uning og’rig’ini to’xtatish uchun uzum shinnisini sirka, keragicha zaytun yog’i bilan qo’shib, mo’tadil darajada ezib ishlatiladi.

Mazkur aralashmaga chirkli yungni, ayniqsa, qo’y yungini botirib nervga qo’yiladi. Agar bu og’riq bo’g’inlarda bo’lsa, uni to’xtatish uchun eng kuchli va yetiltirib tarqatuvchi, lekin shishni kuchaytirib yubormasligi uchun burishtirish xususiyatiga ega bo’lgan narsalardan tarkib topgan dorini qo’yish yaxshiroqdir. Davolashda og’riq va shishga qarab ulardan eng zaruri oldin davolaniladi.

Agar shish bo’lmasa, davolashni soddalashtirib, kuchli dorilar masalan, ko’l suvi va sirka ishlatiladi. Shish uzoq muddatga cho’zilsa, dorini kuchaytirib, uning tarqatish quvvatini ko’paytirish lozim. Burishtirish xususiyatiga ega bo’lgan dorini, masalan, ko’l suvi bilan tayyorlangan hammom chirki bilan tayyorlanadigan dorilarni hech bir tortinmay qo’yaverish mumkin.

Jarohatli nervni davolash

Ezilgan nerv terisida jarohat bo’lsa, nervning ezilgan qismlarini biriktirish va jarohatga foyda etkazish uchun kichli qiritish, yig’ish va mahkamlash xususiyatlariga ega bo’lgan dorilarga ehtiyoj tug’iladi. Agar teri ham ezilmagan va jarohatlanmagan bo’lsa, baqila uni, sirka va asaldan tayyorlangan quyuq surtma kabi dorilar ishlatiladi. Bu yaxshi dorilardir.

Dorining quritish xususiyati kuchliroq bo’lishi istalsa, shu tarkibga yovvoyi yasmiq uni qo’shiladi. Bundan ham kuchliroq bo’lishi kerak bo’lsa, gulsapsarning uni qo’shiladi. Ba’zan tuz va mumli surtma bilan davolaydilar.

Agar tanadagi shishda qattiq og’riq bo’lsa, dorilarga zaytun yog’i aralashtirib, issiq qilib qo’yib bog’lash kerak. Nerv shikastlanganida unga na issiq va na sovuq tegmaslik, latif va burishtiruvchi rayhonlar va shunday xususiyatga ega bo’lgan xushbo’yliklar quvvati o’tkazilgan yoglarni isitib ishlatish kerak. Nervning chirib buzilishi hukmiga kelganda ba’zan nervning mayda parchasi buziladi. Bunda uni chiqarib tashlash lozim. Uni rishtani chiqarib tashlagandek chiqarib tashlanadi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard botki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: