Inson salomatligi uchun turli xil tabiiy dorivor mahsulotlar juda ham zarur. Shunday mahsulotlarning ayrimlarini, ya’ni imbir, asal va limonning foydalari haqida gaplashamiz.
Damlamani tayyorlash usuli
Bir bo’lakcha imbir (zanjabil) ni mayda bo’lakchalarga bo’lib, bir stakan suv solib biroz qaynatib oliinadi. Suvi ajratib olinib ichiga bir osh qoshiq asal qo’shiladi. Va uning ustiga limonning uchdan bir bo’lagi solinadi. 10 daqiqa tindirib qo’yiladi va issiq holida ichiladi. Imbir tuproq ostida yashaganligi uchun yer osti minerallariga boy bo’ladi. Uning tarkibida inson organizmi uchun kerak bo’lgan tilla mineral moddalari mavjud.
Bu moddalarning birinchi foydasi, organizmni tetik tonusda saqlab turadi. Ikkinchi foydasi, limon, zanjabil (imbir) va asalning tarkibidagi moddalar, qondagi suyuqlikning suv elektrolit balansini saqlab turadi. Qon tarkibini tabiiy ravishda yaxshilab berishga o’z hissasini qo’shadi. Qon aylanishin yaxshilaydi. Qon bosimini normal holatda bo’lishini taminlaydi. Immun hujayralar tez-tez harakat qilishiga yordam beradi. Yuqumli kasalliklar yuqushining oldini oladi.
Bundan tashqari bu ichimlikning tarkibidagi vitamin va mineral moddalar qon tomir devorlarining mustahkam bo’lishiga va elastik cho’ziluvchan bo’lishiga yordam beradi. Oqibtda, infarkt, insult kabi kasalliklardan yiroqda tutadi.
Agar bilmasdan zaharli ichinliklardan ichib qo’yib organizm bezovta bo’lsa, shu imbirli ichimlikdan ikki-uch stakan ichilsa, zaharli moddalardan tozalaydi. Bundan tashqari bu ichimlik ovqatdan keyin ichilsa, o’zi bilan birga xolesterinlarni olib chiqib ketadi. Semizlikning oldini oladi.
Yana foydali xususiyatlaridan, o’t haydashda, ishtahani ochishda va ichaklarning matorli xususiyatini oshiradi. Buning natijasida qabziyatning oldi olinadi. Xomiladorlarga va chaqalog’i olti oydan oshmagan emizikli onalarga, bu ichimlik mumkin emas. Oshqazon va o’n ikki barmoqli ichaklarida yarasi bor bemorlarga ham ichish mumkin emas.
Damlamani tayyorlashning yana bir oson yo’li
Bir barmoq kattaligidagi imbir stakanga to’g’raladi, uchdan bir bo’lak limon po’chog’idan tozalanib, maydalab solinadi va ustidan bir osh qoshiq asal (agar asal bo’lmasa, ikki dona qand yoki shakar) solinadi. Tayyor masalliq ustidan qaynab turgan qaynoq suv solinadi. Usti yopib o’n minut tindiriladi va aralashtirilib issiq holda ichiladi. Damlamani ichgandan keyin, issiq o’ranib yotish kerak bo’ladi. Kechki payt ichilsa yanayam yaxshiroq bo’ladi.
Sog’ligingizni asrang!