Angina kasalligini davolash yo’llari

Bolalarda anginani davolash yo'llari

Kuz va qish fasllarida, ko’pincha yosh bolalarda shamollash natijasida bodomsimon bezlar yalliglanadi, hatto, yara va yarachalar paydo bo’ladi. Ovqat yeyish qiyinlashadi, nafas olish tartibi buzilib, tomoqdan havo o’tishi ham qiyinlashadi. Bola isitmalab, injiqlanib qoladi. Zamonaviy tibbiyot angina deb atovchi bu kasallik bolaning umumiy salomatligiga salbiy ta’sir qiladi, shu sababli ham oila a’zolari bezovtalanib, uni tezroq davolashga urinishadi. Garchi bu kasallik, ya’ni angina og’ir va xavfli bo’lsa ham, uni xalq tabobati yo’lida osongina davolash mumkin. Buning uchun ozroq tayyorlanish kerak bo’ladi.

Tayyorgarlik jarayoni

Avvalo, uzunligi 15 sm bo’lgan ingichka cho’p olib, uchiga toza doka o’raladi. Endi quyidagi 6 xil dorini alohida piyolada tayyorlab, cho’pning dokaga o’ralgan uchi bilan tomoq ustiga, yonlariga surtib chiqiladi:

  1. Siyoh rangli piyozdan bir donasini olovga ko’mib, 10-15 daqiqa pishirib olinadi, piyozning ustki qavati olib tashlangach, suvini siqib piyolaga quyiladi.
  2. Bir gramm toza mumiyoni sutda eritib, piyolaga quyiladi, u ham iliq bo’lishi kerak.
  3. Aloe bargining suvidan bir qoshiq tayyorlanadi.
  4. Qora qo’chqorning eritilgan dumbasidan bir qoshiq olinadi.
  5. Piyolaga bir qoshiq toza kerosin olinadi.
  6. Oltinchi piyolaga bir qoshiq toza asal solinaadi.

Davolash jarayoni

Shunday qilib, bolaning tomog’iga 6 xil dori surtiladi, surtish har coatda takrorlanishi shart, ya’ni 6 xil dori har soatda birin- ketin surtiladi. Endi qora ziradan 1 choy qoshig’ini 3 piyola suvda, bir piyola qolguncha qaynatib, u bilan bolaning og’zini chayqash, ya’ni g’arg’ara qildirish kerak.

Kasal bolaga na’matakdan choy qilib berish lozim. Uni uzoq qaynatib, suvini issiq-issiq ichirish lozim. Anjir qoqini qaynatib, suvini ichirib turish kerak. Yotish oldidan oyoqlarini issiq suvda to u soviguncha ushlab turish, so’ng oyoq kaftiga kompress qilib, paypoq kiydirib yotqizish darkor. Ovqatlari suyuq bo’lishi, qovrilmagan bo’lishi shart. Suyuq xamir ovqatlar mumkin emas. Shirinliklar ham vaqtincha yeyilmaydi. Sutli ovqatlar ham yeyilmaydi.

Yuqoridagi dorilar yordamida bola 2-3 kunda sog’ayib ketadi. Biroq, kichik til ustida yaralar bo’lsa, davolanish biroz cho’ziladi. Davolash davrida bolani issiq tutish, sovuq narsalar edirmaslik va ichirmaslik shart. Yana bir muhim dori – yotish oldidan tomog’iga asal kompress qilinsa va bola o’rab uxlatilsa, u tez va oson tuzaladi. Kichik til yallig’langanda uning harorati bemorning badan haroratidan yuqori bo’ladi. Surtilgan dorilarning issikligi esa, kichik tilning haroratidan pastroq bo’lishi shart.

Yuqorida anginani davolashning birgina usulini izohladik, xolos.

Zirk po’stlog’ining 300 gramini 3 litr suvda bir kun qoldirib, so’ng 30 daqiqa past olovda qaynatib, qaynatmani og’izga olib, 12 daqiqa ushlab turib so’ngra tashlansa, angina kasalligi tuzaladi. Kichik til kasalligining yana bir qancha davolash usullari ham bor. Kichik tilning faoliyati, tuzulushi, kasal bo’lish sabablari va ularni davolash haqida, hatto, butun boshli risola yozish ham mumkin. Lekin eng yaxshisi kichik til kasalligining oldini olish, binobarin, bolalarning shamollashiga yo’l qo’yilmaslikdir.

Tomoq og’rig’i (angina) qondan yuz bersa, uning alomati ko’zning qizilligi, tomirning to’laligidir.

Undan davolanishga ushbu tartibda tayyorlangan nilufar gul sharbati kerak bo’ladi: nilufar gulidan to’rt misqol olib, bir piyola suvda yarmi qolgunicha qaynatiladi, so’ng dokadan o’tkazib, qirq misqol oq qandga qo’shib, qiyom hosil bo’lgunicha qaynatiladi.

Davolash: qaynatmadan sakkiz kun 3-5 mahal bir qoshig’ini og’izda 12 minut ushlab, to’kib tashlansa, tomoq og’rig’i tuzaladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: