Boshqa sabzavotlar singari lavlagi ham o’ziga xos xususiyatga ega. Uning tarkibida turli xil vitaminlar va minerallar bor. Lavlagining sharbat olinganida ham, uni qaynatib pishirganda ham u o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotmaydi. Xalq tabobatida kasallikning oldini olish uchun yoki davolash uchun ko’pincha, lavlagi sharbatidan foydalaniladi. Uning tarkibiga odam ichki organlari uchun zarur va kerakli bo’lgan tabiiy minerallar kiradi. Tarkibida B, C, A vitaminlari mavjud.
Lavlagi sharbati qanday kasalliklarda yordam beradi
Lavlagi sharbati vaznni yo’qotish uchun faol ishlatiladi. U ochlik tuyg’usinni mukammal darajada bostiradi. Tarkibidagi С vitamini immunitetni ko’taradi va organizmni kuchaytiradi. Tomirlar devorini tiklaydi va uni elastik qiladi. Qonda temir moddasining hosil bo’lishida ishtirok etadi.
B vitaminlari asab tizimining bir qismidir. Asab impulslarining o’tkazuvchanligini taminlaydi. Magniy, yurak urish tizimini tartibga soladi. Yurak qon tizimi organlarining faoliyatini normallashtiradi. Yurak xuruji kabi kasalliklarning oldini oladi.
- Natriy yurak urish tezligini tartibga soladi.
- Kalsiy suyaklar va mushak to’qimalarining o’sishi uchun juda muhimdir.
Lavlagi sharbati muntazam ichib turilsa, ayollar uchun fayz vaqtida og’riqni kamaytiradi. Menapauza vaqtida gormonal darajasini normallashtiradi. Erkaklar uchun bu sharbat, prostata bezi o’smalarining oldini olishda yordam beradi. Erkak jinsiy garmonlar ishlab chiqarish quvvatini ko’paytiradi.
Lavlagi sharbati tibbiyotda keng foydalaniladi. U eng ko’p foydali va samarali sabzavotdir. U tanadagi zaharli moddalar chiqib ketishini taminlaydi, bu esa jigar faoliyatini yaxshilaydi. Yuqori qon bosimi bilan og’rigan bemorlar uchun haqiqiy nojotdir, qon tomirlarini tiklaydi. Bir vaqtning o’zida 50 mldan ortiq sharbat ichmaslik kerak. Qon bosimi yuqori kasallar uchun, bir stakan sharbat bir kun mobaynida uch dozaga bo’linib ichiladi.
Keng qamrovli davolanish uchun sabzi va selderey sharbati qo’shib ichiladi. Bunday davolanish yurak xuruji va insultning oldini oladi, qon tarkibini narmallashtiradi. Xolisterin miqdorini kamaytiradi. Bir kunda suv yoki sabzi sharbatini qo’shib 20 mldan kam bo’lmagan holda istemol qilish kerak.
Oz miqdordagi lavlagi sharbatiga bir xil nisbatda glitserin aralashtirib gemaroyga qo’llaniladi. Bu esa tugunlarning pasayishiga va yo’qolishiga olib keladi.
Bundan tashqari saraton kasalligining oldini olish va davolashda ajoyib vosita sifatida tan olingan. Unda kuniga 500 ml ichish tavsiya qilinadi.
Shamollaganda uch tomchi sharbatga bir tomchi suv aralashtirilib, har bir burun teshigiga ikki tomchi tomiziladi. Bu muolaja burun yalliglanishini kamaytiradi. Tamoq o’g’riganida bir stakan sharbatga bir choy qoshiq asal aralashtirilib tomoq yo’lida g’ar-g’ara qilinadi. Bu muolaja har 2-3 soatda takrorlanadi.
Lavlagi tarkibida temir moddasi ko’p bo’lganligi uchun u animiyani davolashda qo’llaniladi. To’rt haftagacha muntazam ravishda, kuniga 100 ml sharbati ichiladi. Tarkibida bo’r moddasi borligi uchun podagra xurujini kuchaytirmaydi. Bo’r elementi bo’g’imlarning yallig’lanishini kamaytiradi, asteaparoz rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi.
Qabziyatda xom yoki sharbat holatida istemol qilish mumkin. Ichak muammolarini bartaraf qiladi, shilliq qavatini tiklaydi, toksinlardan tozalaydi.
Tarkibida vitamin va minerallarga boy bo’lganligi sababli, xomilador ayollarga xomilasi yaxshi rivojlanishi uchun ichish tavsiya qilinadi. Lavlagi hayot uchun xavfsizdir, sog’ligimizga ijobiy tasir ko’rsatadigan tabiiy mahsulotdir.
Lavlagi sharbatini tayyorlash usuli
Qizil lavlagi blenderda ezib, siqib suvi olinadi. Ikki soat muzlatgichga qo’yiladi. Yuzida hosil bo’lgan ko’piklar olib tashlanadi. Tayyor bo’lgan sharbat, kuniga 1-3 satakangacha istemol qilish mumkin.
Sharbatdan foydalanish taqiqlanadigan kasalliklar
Siydik tizimining og’ir bosqichlarida, buyrakda tosh bo’lganida, qon bosimi o’ta past bo’lgan hollarda bu sharbatdan foydalanish taqiqlanadi. Sakkiz oygacha bo’lgan chaqaloqlarga ham berish tavsiya qilinmaydi. Deareyada, oshqozon-ichak traktida bu mahsulot qo’llanilmaydi.