Qandli diabetdan butunlay tuzalish mumkinmi?

Qandli diabetdan davolanish mumkinmi

Salom do’stlar. Bugungi maqolada, qandli diabetni davolash, butunlay qutilish mumkinmi?- degan savolga javob izlaymiz!

Demak, qandli diabetni davolash, butunlay qutilish mumkinmi… Afsuski, qandli diabetga chalingandan keyin batamom tuzalib ketish hozircha imkonsiz, lekin bu xastalikni bedavo dard deb atash ham noto’g’ri. Chunki bemor qondagi qand miqdorini doimiy nazorat qilib yursa, diabet asoratlarining rivojlanishi ortga suriladi.

Buning uchun bemor, shifokor ko’rsatmasi asosida dori vositalarini o’z vaqtida qabul qilib, rejali ravishda tibbiy tekshiruvlardan o’tib turishi kerak. To’g’ri ovqatlanishi, jismoniy faol bo’lishi talab etiladi. Ana shunda bemor sog’lom odamdek kun kechiradi.

Aksincha, yuqoridagi qoidalarga rioya qilmasa, diabetning og’ir asoratlari rivojlanib, bemorning yashash sifati pasayadi, hattoki umri ham qisqarishi mumkin. Shuning uchun qandli diabetni kasallik emas, balki «boshqacha turmush tarzi» ham deyishadi.

Bemor nimalarni bilishi kerak?

Aytish joizki, diabetik bemorlar o’zlarini muntazam nazorat qilib turishlari uchun hozirgi kunda diabet maktablari tashkil etilgan. U yerda bemor qondagi qand miqdorini nazorat qilishni o’rganadi. Buning uchun ularga maxsus apparat (glyukometrlar) tavsiya etiladi.

Kasallikni boshqarib turishda parhez alohida o’ringa ega. Uni esa bemorlar diabet maktablarida o’rganishadi. Chunki har bir tur o’zgacha yondashuvni talab etadi. Birinchi turdagi kasallikda ovqatlanishdan asosiy maqsad insulin miqdorining iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga mutanosibligini ta’minlashdir. Buni yaxshilab o’rganib olgan bemor xuddi sog’lom kishilarday ovqatlanishi mumkin bo’ladi.

Aksincha, kasallikning ikkinchi turi bilan og’rigan bemorlarda tana vazniga qarab oziq-ovqatlar tarkibi va hajmiga cheklovlar kiritiladi.

Parhez qanday tutiladi

Parhez qandli diabetni davolashning asosidir. Masalan, ikkinchi tur bilan og’rigan, buning ustiga, tana bazni ortiqcha bemorlarga shirinliklar, hayvon yog’ida tayyorlangan taomlar, pishiriqlar, yog’li sut va sut mahsulotlari, spirtli ichimliklar, dudlangan va sho’r, achchiq va sun’iy xamirturushli (droja) taomlar iste’mol qilish umuman mumkin emas.

Jismoniy mashqlarni bajarish bunday turdagi bemorlar qonida qand miqdorini pasaytirishga yordam beradi.

Qand miqdori nega ortadi?

Qondagi qand miqdorini ortishiga nafaqat oziq-ovqatlar, balki kuchli ruhiy zo’riqishlar ham sabab bo’ladi. Shuning uchun bunday kasallikka chalingan bemorlar parhezga amal qilishi barobarida, qattiq hayajon va ruhiy zo’riqishlardan ehtiyot bo’lishlari zarur.

Hamida Boymurodovaning «Qandli diabetda shifobaxsh dasturxon» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: