Buyrak og'rig'i va peshob tutolmaslikni davolash

Buyrak og'rig'i va peshob tutolmaslikni davolash

Salom do'stlar! Bugungi maqolada buyrak og'rig'ini va peshob tutolmaslikni davolash uy shatoitida tabiiy usuldan foydalanish qanday bo'ladi shu haqda so'z boradi.

Belgilari:

Buyrakda ba'zan ozish, so'lish va charvisi kamayish hollari paydo bo'ladi. Ko'p jinsiy aloqa va ortiq bo'shalish ta'sirida buyrak yog'i butkul yo'qoladi. Buning belgilari — jinsiy aloqa xohishining kamayib ketishi, peshobning oq va ko'p bo'lishi, belning zaif bo'lishi va unda engil og'riq bo'lishidir. Ba'zan gavdaning ozishi ham sodir bo'ladi.

Buyrak og'riqlarini davolash

  1. Shirin bodomning 400 grammiga 400 gramm shakar qo'shib tuyiladi. 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste'mol qilinsa, ozish va charvi yog'i kamayishiga foyda qiladi.
  2. Xuddi shunday pista mag'iziga teng baravar shakar qo'shib tuyiladi. Talqonini 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan iste'mol qilinsa, jinsiy aloqa xohishining pasayib ketishini davolaydi.
  3. Tovuq va g'oz yog'larini, echkining buyrak yog'ini, charvi yog'i solingan issiq nonni 15 kun 3 mahal to'yib iste'mol qilinsa, foydasi tegadi. Bu narsalarga peshob haydovchi dorilar va quvvat beruvchi dorilar aralashtiriladi.
  4. Uzoq muddat sigir suti ichib yurilsa, buyrak ozishini davolaydi.
  5. Buyraklari og'rigan kishilarga qo'zi go'shti, jo'ja go'shti va qo'y kallalari sho'rvasida maydalangan buyrakni pishirib, sho'rvasi ichilsa , foyda qiladi.
  6. Dumba solib tayyorlangan ovqatlarni istemol qilish yanada foydaliroqdir.
  7. Semiz qo'zining kallasini qozonga solib, unga bir yarim litr suv quyiladi. So'ng qozonni berkitib loylab bir kecha- kunduz et suyakdan ajralgunicha tandirga qo'yib pishiriladi. Unga sariyog' aralashtirib iste'mol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.
  8. Sariq yo'ng'ichqa bargi, temirtikanni teng baravar olib, talqoniga ozroq piyoz aralashtirib, 10 kun 3 mahal iste'mol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.

Buyrak og'rig'ini va peshob tutolmaslikni davolash

Davosi:

  1. Kunjut talqonini tozalab, ho'llab, ozroq namakob sepib qovurib, teng baravar shakar qo'shib tuyiladi. Och holda 13 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan qabul qilinsa, bemor tuzaladi.
  2. Sovuqdan bo'lgan peshob tutolmaslikni igir, qora andiz talqonini 10 kun 3 mahal och holda 2 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, yaxshi foyda beradi.
  3. Temirtikanning 700 grammiga 8 litr suv qo'shib bir sutka ivitib qo'yiladi. Ertasi 40 minut past olovda qaynatiladi. 7 kun 3 mahal ichilsa, yaxshi samara beradi.
  4. Behining 1 kilosiga 1 litr suv qo'shib, 1 soat qaynatiladi. 7 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, peshob tutolmaslikni davolaydi,
  5. Bodringni 12 kun 3 mahal och holda 2-3 donadan yeyilsa, buyrak kasaliga foyda qiladi.

Parhezlari:

Achchiq, sho'r, nordon, moshli, lavlagi, qovun va sovuq narsalar yeyilmaydi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: