Salom do’stlar! Bugungi mavzuda jigar kasalliklarini uy sharoitida tabiiy davolash haqida gaplashamiz.
Jigarning sog’lig’ini mos narsa bilan saqlash, bemorligini zid narsa bilan qaytarish, uning shishlari va yaralarini davolash, yetgan zararlarni qaytarish, tiqilmalarni ochish va bulardan boshqa tadbirlar, boshqa a’zolarga ham zarur bo’ladigan muolajalar bilan qilinishi kerak.
Jigar kasalliklarida, ayniqsa tiqilmalar va shunga o’xshash sabablardan bo’lgan kasalliklarda dori ichirishning eng yaxshi vaqti me’dadan jigarga o’tib, undan paydo bo’lgan narsa hazm bo’ladi va jigardan ajralishi zarur narsalar ajraladi, deb taxmin qilinadigan vaqtdir. Shu holat bilan ovqat yeyish o’rtasida anchagina vaqt o’tishi kerak. Odatda, bu vaqt kechki uyqudan turgandan keyin va issiq suvda yuvinishdan oldingi vaqtdir.
Bundan tashqari jigarni davolashda ishlatiladigan tarqatuvchi va ochuvchi dorilarning burishtiruvchi va kuchaytiruvchi narsalardan xoli bo’lmasligi kerak. Lekin haddan tashqari quritib yuborishi gumon qilinsa, ular qo’shilmaydi. Imkoniyati boricha jigarni juda ko’p sovutish kerak emas. Bu istisqo kasallligiga olib keladi. Juda isitish ham kerak emas, bu jigarning so’lishiga olib keladi.
Agar jigarni davolashda xato qilinsa, kasallik avval tomirlarga, keyin badanga o’tadi. Kasallik jigarning chuqurligida bo’lib, surgi zarur bo’lgan joyda peshobni haydash yoki kasallik jigar do’ngida bo’lib peshobni yurgizish kerak bo’lgan joyda surgi berish y’ani ichni surish katta xatodir.
Jigarga ishlatiladigan dorilarni mayin qilib yanchish kerak. Dorilar xoh issiq, xoh sovuq, xoh burishtiruvchi bo’lsin, baribir ular jigarga borib yetishi uchun javhari latif bo’lishi zarur.
Suyultiruvchi dorilar ichilsa, ular qonni o’tkir qilib yuboradi, bu narsani ko’zda tutish kerak. Ma’lum o’simlik ildizlari suv ochuvchi va suyultiruvchi dorilar jumlasidan bo’lib, ular goho jigarda turli xiltlarni tug’diradi. Shunday bo’lgach, ularni ikki yoki uch kun ketma-ket ichgandan keyin ketidan ich yumshatuvchi dorilarndan berish kerak.
Peshobni haydashga keladigan bo’lsak, buni o’simlik ildizlari qaynatmasining suvi bajaradi. Sachratqining hamma turi, ayniqsa, uning cho’lda o’sadigan achchiq xili va issiqlikka yaqin bo’lgan jigar og’riqlariga foyda beradi.
Issiq mijozli kishilarga sachratqini iskanjubin bilan, sovuq mijozlarga esa asal suvi bilan beriladi.
Jigar kasalliklarini uy sharoitida tabiiy davolash
- 500 gramm sachratqini 1 sutka 5 litr suvda ivitib, ertasi 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
- Iskanjubin qaynatmasiga 4 litr sachratqi suvi qo’shib 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, sovuq mijozlarga foyda beradi.
- 200 gramm isiriq talqonini 15 kun och holda 3 mahal yarim choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, yaxshi samara beradi.
- Yarim siqim taratezak bargini och holda 20 kun 3 mahal choynakka tashlab, 10 minut damlab, choy qilib ichilsa, sovuq mijozli kishilarga foydasi tegadi.
- Aloe suviga teng barobar asal qo’shib, 3 mahal och holda ichilsa, sovuq va issiq mijozlarga foyda beradi.
- Paq-paqni 20 kun 3 mahal quyuq choy qilib ichilsa, peshobni haydaydi, jigar faoliyatini yaxshilaydi.
- Dolchin qaynatmasini och holda 3 mahal 25 kun 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
- G’ubbak daraxti po’stloq qaynatmasini och holda 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, bemor asoratsiz tuzaladi.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.