Bedana tuxumini ham xuddi tovuq tuxumi singari pishirilgan yoki xom holda istemol qilish mumkin. Tuxumning yaroqlilik muddati 25-30 kundan oshmasligi kerak. Tibbiyotda faqat bedana va tovuq tuxumi xom holda ichish tavsiya qilingan. Boshqa parrandalar tuxumini xom holda ichish lozim topilmagan. Bedana tuxumi xom ichilganda tovuq tuxumiga qaragana 2-3 barobar foydaliroq bo’ladi.
Bedana tuxumining foydalari
Bedana tuxumi erkaklarda ham ayollarda ham jinsiy organlar hujayralarining etilishi uchun tabiiy mahsulotdir. Ayollarda tuxumdonlar, bachadonlar yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Erkaklarda urug’ cperma hujayralarining etilishiga yordam beradi. Bedana tuxumini 5 yoshdan oshgan bolalarga xomligicha ichirsa bo’ladi. 5 yoshdan kichik bolalarga qaynatib beriladi. Qiz bolalar yoshligida istemol qilsalar jinsiy organlari muammosiz rivojlanadi . O’g’il bolalarda moyaklari o’z vaqtida ulg’ayadi. Bedana tuxumini haftasiga 1 yoki 2 marotaba xom holda ichib turish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari xom ichilgan bedana tuxumi sabab insonning ko’rish qobiliyati kuchayadi, xotira mustahkamlanadi, aqliy faoliyati yaxshilanadi, fikrlashi kuchayadi. Tarkibida vitamin B guruxlari, aminakislotalar, oqsillar mavjud. Aynan ana shu moddalar uchun yoshu-qari bemalol istemol qilishlari mumkin.
Qoni kam insonlarga qoni ko’payishi uchun tavsiya qilinadi. Har doim istemol qilib turilsa teri elastik va tiniq bo’ladi. Soch va tirnoqlar sog’lom bo’ladi.
Ayollar haftasiga 2 marotaba 2 tadan xom holda ichsalar ko’krak mastopatiyasidan xalos bo’ladilar. Erkaklar istemol qilib tursalar jinsiy quvvatini oshiradi.
Bedana tuxumi po’chog’ning foydalari
Qaynatilgan bedana tuxumu po’chog’i quritilib kofe maydalagichda un kabi maydalanib qaymoqqa, qatiqqa aralashtiriladi. Aralashmani oyiga 1 marotaba bolalarga berib turish kerak. Suyak bo’g’im kasaliga chalinganlar ham shu aralashmadan ichib turishlari lozim. Yosh 50 dan o’tgandan keyin bedana tuxumi po’chog’ining kukunini oyiga 2-3 qoshiq istemol qilib turish kerak. Bu esa suyaklarning erta qarishining oldini oladi.
Tarkibidagi mikromoddalar bronxial asmada, qichimada, asab-nerv tizimi kasalliklarida juda foydali. Bedana tuxumi istemoliga qarshi hech qanday ko’satmalar yo’q.
Yosh o’g’il-qizlarimizning bo’ylarini o’stirib, qomatining chiroyli bo’lishida asqotadi. Immunitetni ko’taradi, organizmga quvvat beradi.