Zahar turlari qanday bilinadi va davolanadi

Zaharlanishdan saqlanish

Goho zaharlarning qaysi turidan ekaniga qarab badanga foyda bo'ladigan ma'lumotlar olinadi. Agar achishish, shol bo'lish, ich burash va o'yib yeyish kabi holat paydo bo'lsa, zaharning zirnix, margimush va o'ldirilgan simob kabi o'tkir, tez va issiq dorilar xilidan ekanligi bilinadi. Agar qattiq alangalanish, ko'p terlash, ko'z qizarishi, behuzurlik va tashnalik, og'ir uyqu, uvishish va sovuq qotish paydo bo'lsa, zaharning uvishtiruvchi narsalar jumlasidan ekani ma'lum bo'ladi.

Quvvat tushishi, sovuq ter, behushlikdan boshqa holat yuz bermasa, bu butun javhari bilan insonga zidlashadigan zaharlardan bo'lib, eng yomonidir. Goho ularning hididan dalil olinadi. Masalan, afyun ichgan kishidan uning hidi kelib turadi. Yoki biror a'zoning hididan, masalan «aqonit» chirituvchi zaharlar ichilganda og'iz hididan dalil olinadi. Yoki qustirib ko'rib, ichilgan zaharga dalil olinadi. Zahar ichgan kishi qustirilsa, ichilgan zaharning javhari ko'zga tashlanishi ehtimoldan uzoq emas. Goho buzuq hidining mazasidan ham bilinadi. Masalan , kuydirilgan qo'rg'oshin, ganch, qotgan qon va ivigan sutni ko'rib bilinadi.

Zaharlanishning belgilari

Zaharlangan kishi o'zidan ketsa va ko'zi olayib, ko'z qorachig'i ko'rinmay qolsa, uning tuzalishi qiyinlashadi. Ko'zi qizarib, tili osilib qolsa ham, puls tushib sovuq ter chiqsa, yomonlik belgisidir. Bu holda kamdan-kam kishi tirik qoladi.

Zaharga qarshi dorilar

Zaharga qarshi dorilar zaharning yurakka yetishiga yo'l qo'ymaydi. Ular Abu Jahl tarvuzi, qizil kesak, tog' archasining bujuri va sambitguli bu sohada ajoyib va tengsiz dorilardir. Shuningdek, daraxt pokagidan ikki dirhami sirka bilan istemol qilinadi.

Yovvoyi gulxayri, uning urug'i, bargi, zaytun yog'i bilan bo'yimodaron ichiriladi. Temirtikanning siqib olingan suvi, sabzi urug'i, sassiq kavrak ildizi va urug'i juda ajoyib dorilardan sanaladi.

Zaharli zamburug' va qo'ziqorin

Zamburug'ning zaharli xilini iste'mol qilish xavflidir. Uning zararli xili zararsiz deb tanilgan joylarda o'smaydi. Balki iflos joylarda, hasharotlarning inlari oldida va daraxtlar tagida bitadi. Qorasi, ko'ki va tovus ranglarining hammasi yomondir. Bunda zabha, nafas qisilishi, qorin va me'da dam bo'lishi, hiqichoq, ich burab og'rishi, rang sarg'ayishi, puls tushishi, qaltirash, behushlik va sovuq ter paydo bo'ladi, so'ng o'ldiradi.

Qovurilgan go'shtning zaharga aylanishi

Qanday go'sht bo'lishidan qat'iy nazar, uni qovurilgandan keyin o'rab berkitib qo'ymaslik, balki havo tegib turishi uchun ochiq qoyishi kerak. Chunki o'rab qo'yilganda bu go'sht zaharlikka aylanib, behuzurlik va ich ketishiga sabab bo'ladi. Uni yegan kishi, bir ikki kun aqlini yo'qotadi, og'ir uxlaydi, ba'zan o'ladi.

Davolash: Kasalga behi qaynatmasi va Gilsapsar qaynatmasiga olma shirasini qo'shib, xushbo'y sirka ichirilsa, foyda qiladi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: