Tabiatdagi barcha o’simliklarning xosiyatlari va foydalari 0.1 |
Tabiatdagi barcha o’simliklarning xosiyatlari va foydalari 0.2 |
Xurmo mevasining xosiyatlari
- Har qanday xurmoni yegandan keyin suv ichilsa, qorinni dam qilib, ichda quldirash paydo qiladi’
- Arab xurmosi hamda osiyo xurmosini ko’p yeb, orqasidan suv ichilsa, tanada tiqilmalar paydo qiladi.
- Xurmoni ko’p yeyish gavdada quyuq xiltlarni paydo qiladi, boshni og’ritadi, kishini mast qiladi.
- arab xurmosini 19 kun 3 mahal 100 grammdan och holda parhez bilan yeyilsa,ko’krak og’rigi va o’pka kasaliga yaxshi shifo bo’ladi.
- Bularning ikki xilini 12 kun 3 mahal och holda iste’mol qilinsa, me’dani tozalaydi.
- Bularning har birini, ayniqsa, uzum sirkasi bilan ypki mozi qaynatmasi bilan aralashtirilganini ich ketish kasaliga 10 kun 3 mahal och holda bir osh qoshiqdan ichilsa, ich ketish tuzaladi.
- Ikki xil xurmoni 8 kun 3 mahal 100 grammdan iste’mol qilinsa, peshob haydaydi va qon ketishini to’xtatadi.
- Ko’p iste’mol qilinsa, titratadigan va kishi tuklarini hyrpaytiradiga isitmani keltirib chiqaradi.
Gultojixo’rozning xosiyatlari
Gultojixo’rozning bargi otquloq bargiga o’xshaydi, rangi qoramtirroq bir yillik o’simlik.
- Yaprog’ining talqonini 10 kun 3 mahal yomon, bitmaydigan yaralargasepib, bog’lab qo’yilsa, tezda bitiradi.
- Bargining 200 grammini 2 litr suvda 10 daqiqa past olovda qaynatib, 8 kun 3 mahal og’izda gargara qilinsa, og’izdagi eskirga yaralar tuzaladi.
- Gulining qaynatmasi angina kasalliklarida 10 kun 3 mahal g’arg’ara qilinsa, samara beradi.
- Urug’ qanatmasi bilan 8 kun 3 mahal og’izda chaynalsa, til va milk yaralariga foyda qiladi.
Yalpizning xosiyatlari
- Yalpiz talqonini 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoq suv ichilsa, hiqichoq dardidan xalos etadi hamda ovqatlarni yaxshi hazm bo’lishiga yordam beradi.
- Kishilarning ko’ngli aynib, qusish odati paydo bo’lganda 5 kun 3 mahal 1 choy qoshiqda talqoni kapalansa, yoki qaynatmasi 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
- Meda o’riganda ham 10 kun 3 mahal qaynatma yoki choy qilib ichilsa, og’riqlar tuzaladi.
- Yalpiz bargining 200 grammini 2 litr suvda past olovda 10 daqiqa qaynatib, 10 kun 3 mahal 50 grammdan och holda parhezi bilan ichilsa, xafaqon dardidan xalos etadi.
- Yalpizni yozda kiyimlar orasiga solib qo’yilsa, mita va har xil qurtlardan saqlaydi.
- Yalpizning qyrug’ini 10 kun 3 mahal parhezi bilan och holda 2 osh qoshiqda kichik choynakka tashlab, 10 daqiqa bostirib, issiq holda 4-5 piyoladan ichilsa, sariq kasalligi asoratlari begumon daf bo’ladi.
Shirin ajriqning xosiyatlari
Ajriq hamma sugoriladigan joylarda valalmi qir-adirlarda o’sadi. Chorva mollariga ozuqa bo’lishidan tashqari dorilik xususiyatlari ham bor.
- Ajriq ildizi talqonini 8 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab,orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, pastga tushib ketgan qon bosimi o’z me’yoriga keladi.
- Agar ildiz talqonini 10 kun uch mahal yangi jarohatlar ustiga sepib bog’lansa, foyda qiladi, chunki unda yaralarni bitirish xususiyati mavjud.
- Talqoni sakkiz kun 3-4 mahaldan hidlansa, boshdagi keraksiz chiqindilarni chiqaradi.
- Uning ildiz talqoni uch kun uch mahal bir choy qoshiqdan kapalansa, qusish, kungil aynishini to’xtatadi.
- Ildizining 300 gramini 3 litr suvda past olovda 40 daqiqa qaynatib, 10 kun 3 mahal 100 gramdan och holda ichilsa, qovuqdagi toshlarni maydalab tushiradi.
- Uning qaynatmasi qovuq yaralariga 12 kun 3 mahal 100 gramdan ichilsa, foyda beradi.
- Qaynatmasi 100 gramdan och holda 12 kun 3 mahaldan ichilsa, ichak og’riqlari, siyishning qiyinlashishi va qovuqda paydo bo’lgan yaralar tuzaladi.
Sariqgulning xosiyatlari
Sariqgul o’rta osiyoning deyarli hamma joyida bezak sifatida ekiladi. Ayrim manbalarda chinnigul ham deyiladi.
- Sariqgulning 300 gramini 4 litr suvda bir kun qoldirib, so’ng 20 daqiqa qaynatib, 10 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, meda-ichak, bo’g’in kasalliklariga foyda qiladi.
- Qaynatma 12 kun 3 mahal och holda 50 gramdan ichilsa, nafas yo’llari shamollashi, buyrakning yallig’lanishi va peshob kelishi qiyinlashganda yaxshi foyda qiladi.
- Qaynatmasi parhezi bilan 12 kun 3 mahal och holda 50 gramdan ichilsa, ishtahani ochadi va ovqat hazimini yaxshilaydi.
Oshkadi (oshqovoq) xosiyatlari
Qovoq issiq mamlakatlarda va o’lkamizda ozuqa sifatida yetishtiriladi. Bir yillik qovoqdoshlar oylasiga kiradi. Abu Ali Ibn Sino u haqda shunday deydi: «Qovoqning pishirilgani yengil ovqat bo’lib, ichak orqali tezda o’tib ketadi».
- Yaxshi pishirilgan qovoqni uch mahal och holda 200 gramdan yeyilsa, issiq yo’tal va ko’krak og’riqlariga foyda qiladi.
- Qaynatmasi 11 kun 3 mahal 200 gramdan yeyilsa, quloq og’rig’i, miya shishlarida va tomoq og’riqlariga foyda beradi.
- Qovoq urug’i olti kun uch mahal och holda parhezi bilan ellik gramdan yeyilsa, gijjalarni tushiradi.
- 15 kun och holda 3 mahal 200 gramdan yeyilsa, sariq va istisqo kasalliklarida, peshob haydashda samara beradi.
- Etini ezib, o’n kun ikki mahal temratki ustiga bog’lab qo’yilsa, foyda qiladi.
- Sharq xalqlari tabobatida qovoqni pishirib, qo’l va oyoqlarning og’rigan joylariga issiqligida qo’yib, o’n kun ikki mahaldan bog’lab qo’yilsa, foyda beradi.
- Uning etli (mag’z) qismini kuydirib, kungaboqar yog’ining 200 gramiga aralashtirib, bitmagan yaralarga 10 kun 2 mahaldan qo’yib bog’lab yotilsa, yaralar tuzaladi.
- Qovoq etining 500 gramiga 200 gram toza asal qo’shib, ko’p aralashtirib, 12 kun 3 mahal och holda 200 gramdan yeyilsa, suyak qaqshab og’rish kasali daf bo’ladi. Qovoq o’z tarkibida salmoqli miqdorda pektin moddalarini saqlaydi, u esa o’z navbatida, tanadan xolesterinning chiqib ketishiga ko’maklashadi.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan