Ilovalar:
- Xalq tabobatida uzum urug’i (suyagi) ning 300 grammini 3 litr suvda 1 soat qaynanib, shu qaynatmadan 5 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa,peshob haydaydi.
- Uzum g’o’rasining suvini 10 kun mobaynida 3 mahal 5 grammdan ichilsa, tomoqni tuzatadi, ishtahani ochadi, issiqni tushiradi. Boshqa kasalliklarga foyda qiladi.
- Muskullar bo’g’imlar og’risa, go’ra uzum suvi 10 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
- Tokning novda va barglaridan tayyorlangan qaynatmasini 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, sariq kasalligi, kamqonlik, qandli diabet kasalliklarini tuzatadi.
- Qaynatmadan 12 kun 3 mahal 2 qoshiqdan ichilsa, quvvatsizlik, me’da- ichak yo’llari kasalliklari, bronxial astma va o’pka kasalliklari tuzaladi, begumon.
- G’o’ra suvini 10 kun 3 mahal ozroq anor suviga aralashtirib ichilsa, kamqonlik, buyrak va qovuq yallig’lanishida, ichak og’riganda va asab kasalliklarida foyda qiladi.
- Uzum mevasi suvini ko’z, quloq kasalliklariga 10 kun 3 mahal tomizilsa foyda qiladi.
- Tok bargining suvi ichburug’, teri kasalliklarida 10 kun 3 mahal 2 qoshiqdan ichilsa, darddan xalos etadi.
- Kuzda tok kesilganida oqib chiqadigan suvidan 10 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa, buyrak, qovuqdagi toshlarni maydalab tushiradi. Hatto so’g’alga qo’yib bog’lansa, tushiradi.
- Uzumning meva va barg suvini teng qo’shib, 12 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, qon tuflash, bavosil, teri va saraton kasalliklariga foyda qiladi.
- Mayiz bilan piyoz shirasidan tayyorlangan qaynarmani 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, tamoq bo’g’ilishini davolashda yaxshi samara beradi.