Ko’z ojizligini qanday davolash mumkin

Ko'z ko'rish qobiliyati pasayishini davolash yo'llari

Odam yoshi o’tgan sayin har qanday odamning ko’rish qobiliyati pasayib, ko’zda har xil kasalliklar paydo bo’lib, ko’z ojizligi kuzatiladi. Lekin shunday kasalliklar borki, ularni turli muolajalar yordamida davolash mumkin. Quyida shunday kasalliklarni davolash haqida gaplashamiz.

  1. Shuningdek uyqudan oldin va tinchlik vaqtida burunga 3-4 mahal nazla talqonini oz-ozdan yuborib hidlansa ham, yaxshi samara beradi.
  2. Agar sabab ko’z ichida bolsa, davolash qiyin kechadi. Ko’rish kuchsizligi ho’llikdan bo’lsa, bo’shatilishlardan keyin shimdiruvchi dorilardan foydalanish kerak.
  3. Agar ko’rish ojizligiga ko’ruvchi ruhning g’alizligi sabab bo’lsa, o’tkir dorilar ishlatilganda ular bilan birga burishtiruvchi dorilarni ham ishlatish lozim. Yuvilgan to’tiyoning sovuq suvi yoki arpabodiyon suvi, tog’ qora rayhonining suvi 20 kun 3 mahal 2-3 tomchidan ko’zga tomizilsa, ko’zni ravshan qiladi.
  4. Bilingki, sholg’omni qo’y yog’ida qovurib yoki qaynatib, 20 kun 3 mahal och holda 10 grammdan yeb turish ko’zni juda kuchli qiladi, hatto, ilgaridan kelayotgan ojizlikni davolaydi.

Ko’z ko’rishi kamayganda surtiladigan va tomiziladigan dorilar

  1. Ko’rish kuchsizligining sababi qururlik bo’lsa, ho’llovchi dorilar iste’mol qilinadi. 30 kun boshga echki yoki sigir sutini issiqlay 3 mahal surtib ishqalash, 3 mahal och holda 100 grammdan echki yoki sigir sutini iste’mol qilish kerak bo’ladi. Ayniqsa, boshga ho’llovchi zaytun yoki kunjut moylarini 2mahal surtilsa, yaxshi foyda beradi.
  2. Arab surmasini ko’zga 15 kun 3 mahal surilsa ham foydasi tegadi.
  3. Ko’zda harorat va qichishish bilan birga suyuq rutubat bo’lganda, halila kukunini atirgul suvi bilan qo’shib 15 kun 3 mahaldan ko’zga tortilsa juda yaxshi foyda qiladi.
  4. Turli jonivorlarning o’tlari ham ko’zga tortiladigan foydali dorilardandir. Ular ham 15 kun 3 mahal yakka-yakka yoki bir-biriga qo’shilib tomiziladi. Masalan, kaklik o’ti, oq lochin, zog’ora baliq o’ti, ho’kiz o’ti, ayiq o’ti, taka o’ti, quyon o’ti, qaldirg’och o’ti, chumchuq va echki o’tlari. Ayniqsa, tog’ echkisi o’ti bu kasallikka ajoyib davodir.
  5. Kanakunjut yog’i foydali yog’dir. Tog’ rayhonning suvini 20 kin 3 mahal ko’zga tomizish tavsiya qilinadi.
  6. Yaxshi va mo’tadil dorilardan biri mana bu: 2 dona yong’oq va 30 ta sariq halila danagini kuydirib, yanchib, undan 1 misqol surma qilinadi va ko’zga suriladi.
  7. Oq piyoz suvini asal bilan baravar qo’shib, 15 kun 3 mahal ko’zga tomiziladi.
  8. Mis idishda sirkadan 10 gramm, sutdan 2 gramm va asaldan 2 gramm olib , hammasini qo’shib, keyin to qoraygunicha qaynatiladi va 15 kun 3 mahal ko’zga surmaday surtiladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: