Tabiatdagi barcha o’simliklarning xosiyatlari va foydalari

Tabiat o'simliklari xosiyatlari va foydasi
Tabiatdagi barcha o’simliklarning xosiyatlari va foydalari 0.2
Tabiatdagi barcha o’simliklarning xosiyatlari va foydalari 0.3

Qalampirmunchoqning xosiyatlari

Qalampirmunchoq Xitoy va Hindiston mamlakatlaridan keltiriladi. U ikki xil bo’lib, erkagi zaytun danagiga o’xshash, uzunroq va to’q qora rangda bo’ladi.

  • Uning talqoniga ozroq sirka aralashtirib, 1 kun qoldirib, 8 kun 3-4 mahaldan 1 choy qoshiqdan og’izga olib, 7-8 daqiqa ushlab turib, keyin tashlansa, og’iz hidlari ketadi.
  • Qalampir munchoq talqonini 12 kun 3 mahal ko’zga surmaday tortilsa, ko’z pardasiga foyda qiladi. Agar yarim choy qoshiqdan yeyilsa ham ko’zga foyda qiladi.
  • Agar talqonini 10 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa ,me’da va jigarga foyda qiladi.
  • Agar talqonini 3 kun ovqatdan 1 soat oldin och holda 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, qusish va ko’ngil aynishiga yaxshigina foyda beradi.

Lolaning xosiyatlari

Bahor paytida qir-adirlar lolazorlarga burkanadi. Lola kishilarda yaxshi kayfiyat uyg’otishi bilan birga uning bargi, guli va urug’i har xil kasalliklarga davo bo’ladi.

  1. Lola gulining suvini ikki kun uch mahaldan ko’zga tomizilsa, ko’z og’rig’i va ko’z yarasi tuzaladi.
  2. Badan terilari yorilsa, lola gulining suvini besh kun uch mahaldan surtilsa, teri yorilishiga foyda qiladi.
  3. Gulining suvini 10 kun uch mahaldan ko’zga tomizilsa, ko’z nurini ko’paytiradi.
  4. Urug’ini yanchib, malham qilib, ikki oy har kuni ikki mahaldan pes (oq) ga bog’lab yurilsa, yaxshi foyda beradi.
  5. Kishining sovuqdan oyoq-qo’li, kafti yorilsa, urug’ini qaynatib 12 kun ikki mahaldan yorilgan joylarga paxta yoki dokani qaynatmaga to’yintirib bog’lab turilsa, tuzatadi.

Bananning xosiyatlari

Bananning bargi yoyiq va uzun bo’lib, hind qamishining barglariga o’xshaydi. U faqat issiq mamlakatlarda o’sadi.

  1. Mevasini 12 kun 3 mahal och holda 3 donadan yeyilsa, bo’g’iz va ko’krakning achishib kuyishiga foyda qiladi.
  2. Bananni 15 kun uch mahal och holda parhezi bilan yeyilsa, erlik urug’ini ko’paytiradi va buyrak og’rig’iga foyda qiladi hamda peshobni haydaydi.
  3. Ko’p istemol qilinsa, medani og’ritadi, tiqilmalar paydo qiladi, safro va balg’amni ko’paytiradi.

Yulg’unning xosiyatlari

Bu o’simlik buta hisoblanib, hamma joyda: daryo, quruqlik va toshlik joylarda o’sadi.

  1. Agar yaprog’ining talqonidan ozgina olib, qon ketayotgan joyiga sepilsa, qon ketishini to’xtatadi.
  2. Talqonining 20 gramiga 50 gramm sirka qo’shib, 10 daqiqa qaynatib, og’iz chayilsa, tish og’rig’iga foyda qiladi.
  3. Suv va sirkadagi qaynatmasi taloqning qattiqlashganiga 15 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, juda foydalidir.
  4. Shilliqli yaralarga yulg’unning tutuni 5 kun 3 mahaldan tutatilsa, yaralar tuzaladi. Bitishi qiyin yaralarga tutatilsa, yaxshi tasir qiladi.

Murchning yosh novdasi va bargining xosiyatlari

  1. Murchning yosh novdasi va barglarini teng miqdorda qo’shib, 300 gramini ikki litr suvda bir kun qoldirib, so’ng past olovda 20 daqiqa qaynatib, 15 kun uch mahal uch osh qoshiqdan ichilsa, taloq kasalligiga foyda qiladi.
  2. Yaralarga murch bargi talqoniga teng miqdorda zaytun yog’ini qo’shib, surtilib bog’lab qo’yilsa, yiringdan tozalaydi.
  3. Qaynatmasini 10 kun 3 mahal och holda ikki osh qoshiqdan ichilsa, ko’krakdagi quyuq chiqindilarni chiqarib tashlaydi va foyda qiladi.
  4. Taloq qattiqlashganda talqonini issiq suv bilan aralashtirilib, ustiga surtilsa, foyda beradi.

Jiydaning xosiyatlari

  1. Jiydaning 500 gramini 5 litr yomg’ir suvi yoki qaynab chiqqan suvda bir kun qoldirib, so’ng 30 minut past olovda qaynatib, 5 kun 3 mahal och holda 100 gramdan ichilsa ichdan ketayotgan har qanday noxush narsani to’xtatadi, kishining ichki a’zolariga quyiladigan safroni yo’qotadi.
  2. Qaynatmasi 5 kun uch mahal 100 gramdan ichilsa, issiqdan bo’ladigan yo’tallarga foyda qiladi. Jiyda ich ketishini to’xtatadi. Jiyda ko’p siyishga qarshi foyda qiladi.
  3. Jiyda qaynatmasi ichilsa yoki mevasi uch mahal yuz gramdan yeyilsa, qayd qilish va ko’ngil aynishining oldini oladi.
  4. Jiydaning barg talqoniga ho’kiz o’tini aralashtirilib, yurak ustidan qo’yib taqib yurilsa, farzand ko’rmaganlarga foyda beradi.
  5. Jiyda gulidan 10 kun 3 mahal kichik choynakga 2 osh qoshiq tashlab, 10 daqiqa bostirib, issiq-issiq 4-5 piyoladan ichilsa, ayollarning hissiyoti jo’sh urib ketadi.

Ituzumning xosiyatlari

Ituzum issiq mamlakatlarning sug’oriladigan ekinzorlafida o’sadi. Yashil bargli sariq va qora mevasi bor. Uning besh xil turi mavjud.

  1. Ho’l yaprog’ini ezib, issiq shishlarga 10 kun uch mahaldan qo’yib bog’lansa, yaxshi foyda beradi.
  2. Mevasini ezib siqib olingan suvidan ichki issiq shishlarga 10 kun 3 mahal ikki osh qoshiqdan ichiladi.
  3. Bargining suvi bilan 6 kun 3 mahaldan g’ar-g’ara qilinsa, tildagi shishlarga foyda qiladi. Agar ildizining po’stlog’idan bir misqolini uzum sharbatiga yoki sirkaga qo’shib ichilsa, uxlatadi.
  4. Ho’l barglarini ezib, uch mahal boshga bog’lansa, bosh og’rig’i tuzaladi. Miya pardalaridagi shishlarni 5 kun ikki mahal boshga qo’yib bog’lansa, tuzatadi.
  5. Yaprog’idan siqib olingan suvini quloq og’riganida uch kun uch mahaldan tomizilsa, foyda qiladi. Ildizini qaynatib og’iz chayilsa, tish og’rig’i tuzaladi.
  6. Ituzum shirasini ko’zga surma qilib 6 kun uch mahaldan qo’yilsa, ko’rish quvvatini kuchaytiradi.
  7. Bargining 300 gramini 3 litr suvda past olovda 20 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal ikki osh qoshiqdan ichilsa, meda va buyraklar yallig’lanishidan xolos etadi.
  8. Qora ituzumining urug’ini 3 kun 3 mahal 10 gramdan yeyilsa, peshob haydaydi, buyrak va qovuqni tozalaydi.
  9. Hamma turining qaynatmasini 8 kun 3 mahal uch osh qoshiqdan ichilsa, hayz qonini to’xtatadi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: