Tirnoq zamburug’i keyingi paytlarda juda ko’p tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, uni davolash yo’llari ham turlichadir. Bu kasallik bilan aynan o’zim ham og’riganman. Shaxsan o’zim qo’llagan davolash yo’llari, hamda, tabiiy davolash yo’llari haqida bugun siz bilan o’z tajribalarimni o’rtoqlashmoqchiman.
Demak boshladik, birinchi navbatda, zamburug’ni uy sharoitida davolash haqida gaplashamiz. Quyidagi davolash usullari har biri alohida bajariladi.
Tirnoq zamburug’ini uy sharoitida davolash
- Olma uksusi iliq suvga 1/3 nisbatda aralashtiriladi va tog’orachaga solib oyoqlar 20 daqiqaga vanna qilinadi. Keyin oyoqlar qurutilib, ikki litr suvga ikki osh qoshiq istemol sodasi aralashtiriladi. Va yana 15 minut oyoqlar vanna qilib o’tiriladi. So’ngra oyoqlar quritilib, zamburug’lari tozalanadi. Bu muolaja har kuni yotishdan oldin yangi tirnoqlar o’sib chiqqunga qadar takrorlanadi.
- 30 gr munchoq qalampir (gvozdika) ning yanchilgani 100 gr o’simlik yog’iga aralashtiriladi. 40 gradusgacha olovda qizdiriladi. Sovuganidan keyin kuniga ikki mahal tirnoqlarga surtiladi. Qolgan maska shisha idishda, sovuq va qorong’u joyda saqlanadi. Tirnoq ko’rinishi yaxshi tomonga o’zgarguniga qadar davom ettiriladi.
- Bitta tuxum, bir osh qoshiq o’simlik yog’i, bir osh qoshiq 70% li uksus aralashtirilib, tirnoqlarga surtiladi. Va oyoqqa salafan kiydirilib, ustidan noski kiyiladi. Maska asosan kechqurun uyquga yotishdan oldin qilinadi. Qolgan maska muzlatgichga qo’yib keyingi kunlar ishlatiladi. Bir marta tayyorlangan maska 3-4 kunga yetishi kerak. Keyin esa yangidan tayyorlanadi.
- Ichimlik sodasi uch choy qoshiq, suv 2-3 qoshiq, 2-3 tomchi limon suvi tomizilib aralashtiriladi. Tirnoqlarga 10 minutga surtib qo’yiladi. Keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Bu muolaja har kuni bajariladi.
- Tirnoq osti pilkalab tozalaniladi va pereks vodorot bilan yuviladi va oyoq qurigunicha kutiladi va yana surtiladi va yana yuviladi. Shunday qilib 3-4 marta takrorlanadi. Quriganidan keyin yod surtiladi. Bu kun ora ancha vaqtgacha takrorlanadi.
- Bir choy qoshiq olma uksusiga bir choy qoshiq qizil yod aralashtiriladi. Tirnoqlarga paxtali tampon qilib, kechqurun bir necha soatga tirnoq ustiga qo’yiladi. Tampon shaklida qo’ymasdan shunchaki maskani tirnoqqa surtadigan bo’lsak, kuniga ikki mahal surtiladi. Bu muolaja o’n kun davomida takrorlanadi. 10 kun dam olinib, yana 10 kun takrorlanadi.
- Bolalar kremi bir idishga siqib olinib, ustiga yarim osh qoshiq 70% li uksus quyib aralashtiriladi. Har kuni kechqurun tirnoqlarga va tovonga surtiladi. Qolgan maskani bankachaga olib qo’yib, har kuni ishlatish mumkin. Maskani surtishdan oldin, o’yoqlar 15 daqida iliq suvda vanna qilinadi. Muolaja bir oy davomida takrorlanadi.
- Oyoqlar 15 minut iliq suvda vanna qilinadi. Quriganidan keyin har bir tirnoqqa bir tomchidan 5% li yod surtiladi. Har kuni kechqurun yotishdan oldib ikki oy davomida qo’llaniladi.
- Najdak qog’ozi bilan tozalangan tovon va tirnoqlarga levomikol mazi surtiladi. Har kuni kechqurun yotishdan oldin surtilib, ustidan salafan va noski kiydirilib yotiladi.
Tirnoq zamburug’ini tibbiy yo’l bilan davolash
Dermatologiya klinikasida vrachga uchrashib, qon tahlili va tirnoq zamburug’idan analiz topshiriladi. Analiz javobiga qarab tashhiz qo’yiladi.
Agar jigarda muammo bo’lsa, immunitet past bo’lsa, ba’zi vitaminlar etishmovchiligi bo’lsa, zamburug kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu muammolar vrach tomonidan o’rganib chiqilib, kompleks davolaniladi. Men aynan shu yo’l bilan davolandim va shifo topdim.